Тошкент фармацевтика институти



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/103
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#84695
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103
Bog'liq
birinchi tibbiy yordam fanidan maruza matni

BTYO  kursatish  qon  ketishni  vaqtinchalik  to„xtatish,  bemorga  qon  yo„qotishni 

tiklash  uchun kerakli  sharoitni  yaratish,  bemorni davolash muassasasiga junatishdan  iborat. 

Qon quyish yo„qotilgan qonning o„rnini bosish va asoratlarni bartaraf etish maqsadida 

amalga  oshiriladi.  Qon  quyish  butun  organizmga  murakkab  neyrogumoral  ta‟sir  etadi. 

Ushbu  ta‟sir  asosan  quyidagilardan  iborat:  qonning  o„rinbosarlik  ta‟siri,  simullovchi ta‟sir, 

qon to„xtatuvchi ta‟sir, zararsizlantiruvchi  ta‟sir. 

Kuyilgan  qon  bemor  organizmida  2  xaftadan  4  xaftagacha  saqlanib,  kislorod 

ta‟minotida,  fagostitoz  va  boshqa  jarayonlarda  ishtirok  etadi.  Qon  quyilgandan  keyin, 

masalan,    ko„mikning  qon  ishlab  chiqarish  faoliyati  ortadi,  leykostitlarning  fagostitozlik 

xususiyati  yaxshilanadi.  SHuning  bilan  bir  qatorda qon bosimi pasaygan bo„lsa ko„tariladi, 

qonning ivish  jarayoni  tezlashadi. 

Qon  quyilishidan  oldin  uning  guruxlarini  aniqlash  zarur.  Eritrostitlar  tarkibida 

bo„ladigan    agglyutinogen  A  va  plazmadagi    agglyutinin      va    ga  qarab  qon  4  guruxga 

bo„linadi: 

0  (I)    gurux  qonining  eritrostitlarida  agglyutinogenlar  yo„q,  plazmada  esa 

  va   


agglyutininlar  bor. 

A  (II)  gurux  qonida  eritrostitlarida  A-agglyutinogen  va  plazmada  esa  -agglyutinin 

bor. 

B (III)  gurux qoni eritrostitlarida   agglyutinogen  va plazmada esa   agglyutinin  bor. 



AB  (IV)  gurux  qon  eritrostitlarida  A  va  V  agglyutinogenlari  bor,  plazmada  esa 

agglyutininlar  yo„q. 

Agar  qon  quyilganda  A  agglyutinogen 

-agglyutinin  bilan,  V-agglyutinogen 

-

agglyutinin  bilan  uchrashsa,  agglyutinatsiya  reaksiyasi  ro„y  beradi,  ya‟ni  eritrostitlar  bir-



biriga  yopishib,  qon  ivib  qoladi-gemolizga  uchraydi.  Bu  esa  og„ir  holatlarga  (karaxtlikka)  

olib keladi. 

Qon  guruxlari  standart  zardoblar  yordamida  aniqlanadi.  Buning  uchun  chini  tarelka 

yoki shisha bo„lagi olinib,  uchga bo„linadi va I, II, III raqamlari  bilan  belgilanadi. 




 

 

Har  bir  raqam  ro„parasiga  muayyan  (standart)  zardobdan  1  tomchidan  tomiziladi. 



Keyin  barmoqdan  olingan  qonning  1  tomchisidan  uchchala  zardobga  tomiziladi  va  5 

daqiqa kuzatiladi. 

Agar  aralashma  uchchala  guruxda  ham  o„zgarmasa  (ipir-ipir  quyqa  xosil  bo„lmasa), 

tekshirilayotgan  qon  1-gurux  deb  hisoblanadi.  Agar  II  gurux  o„zgarmasa  II  gurux,  III 

guruxda  o„zgarmasa    III  gurux,  aralashmalar  uchchala  guruxda  ipir-ipir  quyqa  hosil  qilsa 

tekshirilayotgan  qon  IV gurux deb hisoblanadi. 

Qon  beruvchi  shaxs  donor,  qon  qabul  qiluvchi-retsipient  deyiladi.  I  gurux  qoni 

universal  donor  deyiladi,  chunki  uni  hamma  guruxlarga  quyish  mumkin. IV gurux qoni esa 

universal  retsipient  deyiladi,  chunki  u  hamma  gurux  qonini qabul qila oladi. Hozirgi vaqtda 

tibbiyot amaliyotida  ko„proq bir xil guruxdagi  qonni quyiladi. 

Qon  quyishda  rezus-faktorni  ham  xisobga  olish  lozim.  Taxminan  15  %  ida  rezus 

faktor  bo„lmaydi  (rezus-manfiy  kishilar),  85  %  kishilarda  esa  u  bo„ladi  (rezus-musbat 

kishilar).  Agar  rezus  manfiy  odamga  rezus  omili  bor  qon  quyilsa,  eritrostitlar  yopishib 

qoladi va gemolitik   shok rivojlanadi.   

Qon  quyishda  albatta  shaxsiy  va  biologik  moslik  tekshiriladi.  SHaxsiy  mos  kelishini 

tekshirishda  2  tomchi  bemor  qoni  zardobi  0,  1  ml  flaqondagi  qon  bilan  CHashka  Petrida 

aralashtiriladi.  CHashka  Petri  10  daqiqa  40-42

0

  S  li  suv  xammomiga  quyiladi.  Agar  shu 



vaqt ichida agglyutinatsiya  bo„lmasa, qon mos hisoblanadi. 

Biologik  sinamada  bemor  venasiga  15-20  ml  qon  yuborib,  2-3  daqiqa  kutiladi.  Agar  

bemor  organizmida  o„zgarishlar-titrash,  bel  og„rig„i,  qayt  qilish,  sovuq  ter  bosishi,  pulsni 

sutslashishi  kuzatilmasa  YAna    shunday  qilib  ikki  marta  qon  yuboriladi,  so„ngra  to„liq 

quyish davom ettiriladi. 

Qon  quyishning  bevosita  va  bilvosita  usullari  mavjud.  Bevosita  usulda  to„g„ridan-

to„g„ri  donordan  retsepientga  qon  quyiladi.  Bilvosita  usulda  qon  maxsus  tekshiruvlardan 

o„tgan  sog„lom  odamlardan  olinib,  qonservatsiya  qilinib,  4-5

0

  S  xaroratda  30  kungacha 



sovutgichlarda  saqlanadi,  so„ngra    foydalaniladi.  Qon  quyish  tomchilab  va  bir  martalik 

bulishi  mumkin.  Bundan  tashqari  suyak  to„qimasining  g„ovak  moddasiga  qon  quyilishi 

mumkin.  Arteriya  ichiga  qon  quyish  bemor  og„ir  (terminal)  xolatda  bulganda  amalga 

oshiriladi. 




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish