Qarzdor muassis (ishtirokchi)lari yoki qarzdor mol-mulki
egasining vakili
– bankrotlik taomili o‘tkazilayotganda qarzdorning
muassislari (ishtirokchi) yoki qarzdor mol-mulkining egasi vakolat bergan
shaxs.
Qarzdor xodimlarining vakili
– bankrotlik taomili o‘tkazilayotganda
o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat
bergan shaxs.
Qishloq xo‘jaligi korxonasi
– qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat
xo‘jaligi), fermer xo‘jaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holda dehqon
xo‘jaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi qishloq xo‘jaligi mahsulotini
yetishtirishdan iborat bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar.
SHARTLI QISQARTMALAR
Oʻzbekiston Respublikasi – O‘zR
Fuqarolik kodeksi – FK
Fuqarolik protsessual kodeksi – FPK
Iqtisodiy protsessual kodeksi – IPK
Jinoyat kodeksi – JK
Oliy Sud – OS
16
I bob. Tadbirkorlik faoliyati va tadbirkorlik huquqi
I
BOB.
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA TADBIRKORLIK
HUQUQI
Tadbirkorlik (biznes) faoliyati nima? Tadbirkorlik (biznes)
huquqining predmeti va prinsiplari. Tadbirkorlik (biznes) huquqining
manbalari. Tadbirkorlik huquqiy munosabatlari.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarining joriy etilishi, uning
qonuniyatlarining jamiyat hayotiga keng qo‘llanilishi respublikamiz
iqtisodiyotining rivojlanishiga zamin yaratdi. Bunda iqtisodiyotni
harakatlantiruvchi kuch sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi
tadbirkorlik subyektlari muhim o‘ringa ega. Ular faoliyatini huquqiy
tartibga solish, biznes yuritish asoslari barcha shaxslar, jumladan, xorijiy
tadbirkorlar uchun bir xil qilib belgilangan.
Bozor munosabatlarining rivojlanishida tadbirkorlik subyektlarining,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o‘rni tobora
mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyotimizning tarkibida
bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Jumladan:
2018-yilga “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni
qoʻllab-quvvatlash yili” deb nom berilib, Davlat dasturi doirasida 21 trillion soʻm va
1 milliard dollarga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.
Sanoat, qishloq xoʻjaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va
xizmat koʻrsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qoʻlga kiritildi.
Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli aholining real umumiy daromadlari 2017-
yilga nisbatan 12 foizga oshdi.
“Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz” kabi dasturlar doirasida 2
trillion soʻmga yaqin mablagʻ ajratilib, joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes
loyihalari amalga oshirildi.
Bu yildan boshlab soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan
hududlarda 5,5 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoldirildi.
Bu oʻtgan yilga nisbatan 6 barobar, 2016-yilga nisbatan esa 32 barobar
koʻpdir.
Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot
banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar hajmi
8,5 milliard dollarni tashkil etdi.
Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard
dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo,
keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini
qayd etish lozim:
17
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal
rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish;
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini
oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash;
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish;
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monitar
siyosatni amalga oshirish;
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga
qodir malakali kadrlarni tayyorlash .
Do'stlaringiz bilan baham: |