huquqiy va protsessual huquqiy jihatlarga ajratiladi.
Da’voga qarshi javobgarning moddiy huquqiy himoyasi moddiy
huquq borasida mazkur da’voning mohiyati bo‘yicha tan olmaslikda
namoyon bo‘ladi. Masalan, javobgar da’vogarning talabi asoslangan
qonun yoki o‘zga normativ-huquqiy hujjatning mavjud emasligini yoxud
mazkur qonun yoki normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan, deb
ta’kidlashi va ushbu holatni isbotlashi mumkin. Javobgar moddiy huquq
me’yorlari nazarda tutgan da’voning barcha yoki alohida asoslarining
yo‘qligiga da’vo muddati o‘tganligini ko‘rsatishi mumkin.