murosaga keltirish va umumiy qoidalar ishlab chiqilishiga erishilgan.
Konvensiya, asosan, tadbirkorlik sohasidagi xalqaro oldi-sotdi
shartnomalarini tartibga soladi, shu sababli ham shaxsiy, oilaviy yoxud
uyda foydalanish uchun tovarlar xarid qilishda qo‘llanilmaydi. Ayni
vaqtda, Konvensiya undiruvga qaratilgan mol-mulkni auksionlarda
sotishga, qimmatli qog'ozlar, aksiyalar, ta’minlov qog‘ozlari va muomala
hujjatlari, suv transporti va havo transporti kemalari, elektr energiyasi
sotib olishga nisbatan ham qo'llanilmaydi.
Vena Konvensiyasi faqat oldi-sotdi shartnomasining tuzilishini va
ushbu shartnoma asosida taraflarda huquq va majburiyatlar vujudga
kelishini tartibga soladi. Shu sababli ham agarda boshqacha qoida
belgilanmagan bo'lsa, u shartnomaning o‘zi, uning shartlari haqiqiyligi,
shuningdek sotilgan tovarga nisbatan mulk huquqi haqida shartnoma
belgilagan oqibatlarga taalluqli emas. Shu bilan birga, Konvensiya
sotuvchining tovar biror shaxs sog‘lig‘ining shikastlanishi yoxud o‘limiga
sabab bo'lgan holatlar uchun javobgarlik masalalariga ham qo'llanilmaydi.
Konvensiyaning 11-moddasiga asosan oldi-sotdi shartnomasi yozma
shaklda tuzilishi shart qilib qo'yilmagan, umuman shartnoma shakliga
nisbatan talablar mavjud emas. Shartnomaning mavjudligi yo'l qo'yiladigan
dalillarning barchasi, shu jumladan, guvoh ko'rsatuvlari orqali ham
isbotlanishi mumkin. Vena Konvensiyasida oldi-sotdi shartnomasining
tuzilishi masalalari hal etilgan, sotuvchi va xaridor majburiyatlari, taraflar
tomonidan shartnoma shartlari buzilganda huquqiy muhofaza vositalari
belgilab qo'yilgan, shuningdek unda tovar shikastlangan yoki nobud
bo'lgan hollarda xaridorga zarar tahlikasi (xavf-xatari) qanday o'tishi
haqidagi qoidalar taraflarni javobgarlikdan ozod qilish asoslari va shu
kabi m e’yorlar mavjud.
Konvensiyaning 28-m oddasiga asosan tuzuk taraf shartnoma
shartlarini buzgan tarafdan majburiyatni asl (natura) holicha bajarish
yoxud yetkazilgan zararlami to'la qoplashni talab qilishga haqli1.
Ma’lumki, oldi-sotdi shartnomasida qo'llaniladigan iboralar turli
m am lakatlarda turlicha talqin etiladi. Binobarin, tashqi savdo
munosabatlaridagi subyektlar o'rtasida bu borada turli anglashilmovchiliklar,
nizolar kelib chiqishi mumkin Bu holatlaming oldini olish uchun “Inkoterms”
savdo-sotiq iboralarini talqin etish bo'yicha xalqaro qoidalar ishlab chiqilgan
Qachon sotuvchi o'z majburiyatini bajargan hisoblanishi va demak, sotilgan
tovaming shikastlanishi yoki nobud bo'lishi natijasida vujudga keladigan
zarar va xarajatlar qachondan boshlab xaridor zimmasiga yuklanishi
1 Комаров А. С. Ответственность в коммерческом обороте. М.: Юр. Лит. 1996. -182 б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qoidalarini belgilovchi franko turlarining yagona talqini ham “Inkoterms”da
mustahkamlab qo'yilgan. Bundan tashqari, tegishli shartnoma turida tovarni
sug'urtalash, tovarning eksporti uchun bojni kim (xaridor yoki sotuvchi)
to'lashi masalalari ham nazarda tutilgan. Taraflar «Inkoterms» qoidalari
orqali o'zlari uchun ma’qul variantlami tanlab olishlari mumkin. «Inkoterms»ni
qo'llash tadbirkorlarga turli mamlakatlar savdo-sotiq amaliyotidagi
tafovutlar, bunday farqlar natijasida kelib chiqadigan nizolar va ularni sud
tartibida hal etishda vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va
qiyinchiliklarni bartaraf etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: