Toshkent davlat yuridik instituti fuqarolik huquqi


  Haq  ev a zig a   xizm at  k o'rsatish  sh a r tn o m a sin in g   tu rlari



Download 30,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/424
Sana31.12.2021
Hajmi30,09 Mb.
#267670
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   424
Bog'liq
@mustaqilishlar Fuqarolik huquqi

2.  Haq  ev a zig a   xizm at  k o'rsatish  sh a r tn o m a sin in g   tu rlari

Haq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bir necha turlarga ajratiladi 

Ularni  biz  xizmat  ko'rsatishning  xususiyatiga  qarab,  aloqa  xizmati,  tibbiy 

xizmat,  veterinariya  xizmati,  auditorlik  xizmati,  huquqiy  xizmat,  m aslahat 

xizmati  va  shunga  o'xshash  boshqa  turlarga  ajratamiz.  Ana  shu  ko'rsatib 

o'tilgan  xizmatlar  o'z  xususiyati,  xizm at  ko'rsatish  holati,  h arak teri  va 

huquqiy  tartibga  solinish  sohasiga  qarab,  bir-biridan  farqlanadi.  Ammo 

ularning  um umiy  o'xshashligi  ham   mavjud.  Shu  sababli  ularni  Fuqarolik 

Kodeksi  haq  evaziga  xizmat  ko'rsatish  shartnomasi  sifatida  bir  mavzuga

www.ziyouz.com kutubxonasi




jamlagan. Chunki bu shartnom ada bir tomonda xizmat ko'rsatuvchi ijrochi, 

ikkinchi tomonda esa ana shu xizmatdan foydalanuvchi buyurtmachi ishtirok 

etadi.  Buyurtmachi  bo'lib  fuqarolar,  shuningdek,  yuridik  shaxslar,  ijrochi 

bo'lib  esa  haq  evaziga  xizmat  ko'rsatish  huquqiga  ega  bo'lgan  va  xizmat 

ko'rsatish  uchun belgilangan tartibda  ruxsat olgan fuqaro yoki  tashkilotlar 

qatnashadilar. Shuningdek,  tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun 

ruxsatnom a  olgan  fuqarolar  ham   haq  evaziga  xizmat  ko'rsata  oladilar.

Haq  evaziga  xizm at  ko'rsatu v ch i  korxonalar  davlat  ro 'y x atid an  

o'tkazilgan paytdan boshlab, yuridik shaxs hisoblanadi va xizmat ko'rsatish 

faoliyatiga  ega  bo'ladi.

Haq  evaziga  xizm at  k o'rsatish  shartnom asi  orqali  ko'rsatiladigan 

xizmat  turlariga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:

1.  Aloqa  xizmati;

2.  Tibbiyot  xizmati;

3.  Veterinariya  xizmati;

4.  Auditorlik  xizmati;

5.  M aslahat  xizmati;

6.  Axborot  xizmatlari;

7.  T a’lim  berish  xizmati;

8.  Advokatlik  xizmati;

9.  Sayyohlik  xizmati  va  boshqa  xizmatlar;

Sanab o'tilgan xizmat turlari respublikamizda jadallik bilan rivojlanib 

bormoqda.  Shu  m unosabat  bilan  respublikamizda  ushbu  xizmat  turlarini 

huquqiy tartibga solishga qaratilgan qator qonun hujjatlari qabul qilingan. 

J u m la d a n ,  O 'zbekisto n  R espublikasining  “A dvokatlik  faoliyatining 

kafolatlari  va  advokatlarning  ijtimoiy  himoyasi  to'g'risida”gi,  “Ahborot 

olish  kafolatlari  va  erkinligi  to 'g ‘risida”gi,  “Ta’lim  to'g'risida”gi,  “Aloqa 

to 'g 'r is id a ”gi,  “P o c h ta   aloqasi  to 'g 'ris id a ”gi,  “A u d ito rlik   faoliyati 

to'g ‘risida”gi,  “Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”gi va boshqa qonun 

hujjatlari.  Shuningdek,  Fuqarolik  Kodeksining  708-moddasida  p u d rat 

to'g'risidagi  um um iy  qoidalar  va  maishiy  p u d rat  to'g'risidagi  qoidalar 

u sh b u   bob  qoidalariga  zid  bo'lm asa,  haq  evaziga  xizm at  k o 'rsatish  

shartnom asiga  nisbatan  qo'llanilishi  nazarda  tutilgan.

R esp u b lik am izd a  m u sta q illik d a n   key in   riv o jla n ib   b o ray o tg a n  

xizm atlardan  biri  bu  auditorlik  xizmatidir.

“Auditorlik  faoliyati  to'g'risida”gi  qonunning  1-moddasida  auditga 

ta ’rif  berilgan.  Unda  belgilanishicha,  audit  m uayyan  vakolatlar  berilgan 

shaxslar  auditorlar  (auditorlik  firmalari)  tomonidan  xo'jalik  yuritayotgan 

xo'jaliklarning  moliyaviy  hisobotlari  to'g'riligini,  ular  amalga  oshirgan

www.ziyouz.com kutubxonasi




moliyaviy  va  xo'jalik  operatsiyalari  O'zbekiston  Respublikasi  qonunlari 

h a m d a   b o sh q a  m e ’yoriy  h u jja tla rig a   q a y   d a ra ja d a   m uvofiqligini, 

shuningdek  mukammalligini,  buxgalteriya  hisoboti  va  boshqa  moliyaviy 

hisobot  yuritishga  doir  talablarga  qay  darajada  monandligini  tekshirish 

m aqsadida  o'tkaziladigan  moliya  hujjatlarining  ekspertizasi  va  tahlilidir. 

Audit,  shuningdek,  konsalting  mijoz  bilan  shartnom a  asosida  xizmatlar 

ko'rsatishni  ham   o‘z  ichiga  oladi.

A udit  belgilangan  tartibd a  auditorlik  faoliyati  bilan  shugullanish 

huqu qini  olgan  va  au d ito rlarn in g   k asb -ko ri  ro 'y x atig a   kiritiladigan 

mutaxassisdir.

A u d ito rlik   xizm ati  a u d ito rlik   firm asi  to m o n id an   olib  boriladi. 

Auditorlik  firmasi  yuridik  yoki  jism oniy  shaxslar  tom onidan  tuzilgan, 

belgilangan  tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan va o'z  ustaviga  ko'ra,  faoliyati 

sohasi  auditorlik  xizm atlari  k o 'rsa tish d a n   iborat  b o 'lg an  korxonalar 

hisoblanadi.

A uditorlik  firm alari  kichik  ko rx o nalar,  m as’u liyati  cheklangan 

jam iyatlar  va  boshqa  tashkiliy-huquqiy  shakldagi  korxonalar  tarzida 

tuzilishi  mumkin.

Auditorlik  va  auditorlar  firm alari  davlat  ro'yxatidan  o'tib,  litsenziya 

olganlaridan  keyin  o'z  faoliyatini  boshlaydilar.




Download 30,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish