EMPIRIK METODLARI
1. So‘rov metodi.
Ushbu metodni ishlab chiqish XVIII asrdan boshlanib ketgan edi.
hozirgi vaqtda bu metod keng tarqalgan va ko‗p qo‗llaniladigan metod
hisoblanadi. So‗rov metodining quyidagi turlarini ko‗rsatishimiz mumkin:
1. Anketalashtirish yozma shakldagi so‗rov bo‗lib, texnikasiga ko‗ra,
tarqatiladigan (anketa tadqiqotchi tomonidan tarqatiladi va yg‗ib olinadi)
matbuot orqali (anketani gazeta va jurnallarda chop ettirish), telefon yoki
telesko‘p orqali, ya'ni texnik vositalari bilan (televizor yoki telefonga oid
qo‗shimcha sifatida) amalga oshiriladigan So‗rov turidir.
2. Suhbatlashish (Intervyu) — suhbat o‗tkazuvchilarni (intervyuer)
bir qanchasini talab qiluvchi, og‘zaki Sarovturidir. Bu So‗rov klinik
(respondentning sub'ektiv dunyosini samimiyligi) bir nuqtaga qaratilgan
155
(o‗rganish uchun bir asosiy savolni ajratib olish) So‗rovlarga bo‗linadi.
3. Sotsiometrik So‗rov—guruhdagi shaxslararo munosabatlarning
yaxshi ko‗rish, yoqtirmaslik, do‗stlik, adovat, qismat va boshqa jihatlarini
o‗rganishga qaratilgan. Amerikalik sotsial psixolog J.Moreno tomonidan
ushbu So‗rov metodi ishlab chiqilgan. Bu metod guruh, to‗planishiga
zarurat tug‗ilganda, liderni aniqlashda, kollektivda psixologik klimatni
aniqlashda va boshqa yo‗llarda qo‗llaniladi.
4. Test o‗tkazish So‗rov — maxsus qayta ishlangan vositalar sxema,
rasmlar, takliflar, savollar yordamida shaxsiy sifat va qobiliyatlarni
namoyon bo‗lishini aniqlaydi. Testlar tematik, birikmalari (assotsiativ)
intellektual qobiliyatlarni aniqlaydigan, takliflarni yakunlaydigan turlarga
bo‗linadi.
5. Ekspert So‗rov — Bu metod ekspertlarga, ya'ni mutaxassislarga
yon beradi. Bular, asosan muammo bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislar
yoki javobgar shaxslardir. Bunda so‗ralayotganlarning qiziqishlari
e'tiborga olinishi kerak.
6. Panel So‗rovlar — kishilarning doimiy doirasiga mo‗ljallangan
so‗rov bo‗lib, tashkilotlardagi boshqarish uslubidagi ma'lum o‗zgarishlarga
ulargacha va ulardan keyin kiritiladigan so‗rov turidir. Bu metod
guruhlarning faqat bir belgisiga ko‗ra bir-birini taqqoslash va farqlash,
ya'ni protsessning sabab va oqibat analizlarini o‗rganish maqsadida
qo‗llaniladi. Ko‗pincha so‗rovning bu turi eksperimental tadqiqotlarga
qo‗shimcha ravishda kiritiladi.
7. Yaxlit So‗rovlar — demografik protsesslarni, jamoatchilik fikrini,
aholini ro‗yxatga olishni o‗rganishda qo‗llaniladi. Yaxlit so‗rovlar barcha
aholini yoki muammo bilan bog‗liq bo‗lgan bosh majmualarning so‗rovini
o‗zida aks ettiradi.
Ushbu so‗rovlarning har biri maxsus xususiyatlarga ega bo‗lib,
o‗tkaziladigan tadqiqot texnik muammosini, informatsiyaning aniqligini
o‗z-o‗zicha hal qiladi. Ularni o‗zaro birlashtiradigan vosita bu — anketa
so‗rovning barcha turlari asosida anketa yoki savol varaqasi yotadi.
Anketa — empirik ma'lum o‘t olish uchun tadqiqotning umumiy
konsepsiyasi va yo‗nalishi bilan o‗zaro aloqadorlikda bo‗lgan, kiritilgan
gipotezani
tekshirishga
layoqatli
bo‗lgan
savollar
sistemasining
ifodalanishidir. Anketa tashkil topishining va savollar tuzilishining bosh
mezoni bu — tushunmoqlikdir, ya'ni savollarni alohida izohlamoqda
intilishdir.
Savollar ob'ektiga ko‗ra: faktlarga, fikrlarga va harakatlarga; shakliga
ko‗ra: to‗g‗ridan-to‗g‗ri, chetdan, ochiq va yopiq bo‗ladi (ochiq savollar,
156
javobni erkin shaklda bo‗lishini ta'minlaydi, yopiq savollar tekshirilgan va
respondentning tomonidan tanlangan bo‗lib, uning fikriga mos kelishi
kerak); funksiyasiga ko‗ra: psixologik (aktivlikni, ishtirok etishni, ishochni
kuchaytirmoq maqsadida), bo‗linuvchi (diqqatni bo‗linishi uchun, bir
guruhni ikkinchi guruhdan ajratmoq uchun), nazoratlangan (asosiy
savollarni javobini tekshirish uchun, xotirani tiklash uchun, savol-tuzoq
ya'ni chiqib ketolmaydigan savol berish) turlarga bo‗linadi.
Savol-So‗rov metodining asosiy instrumenti hisoblanadi. Savol — bu
anketa yoki blankga tadqiqotchining fikri joylashtirilib respondentga
yo‗llangan bo‗ladi va undan javobning u yoki bu tomonini talab qiladi.
Sotsiologik tadqiqotda savollarning bir qancha konsepsiyalari mavjud.
Masalan, test konsepsiyasi shaxsning belgilari yoki uniig qobiliyatlarini
aniqlashda savolning alohida elementini emas, balki bir qancha
elementlarni aks ettiradi. Bunda so‗rovning natijalari baholanadi, alohida
savollarga javoblar ahamiyat kasb etmaydi va ko‗p javoblarning elementi
sifatida analiz qilinadi. Savolning bu turi kam qo‗llaniladi. Savolning bir
muncha an'anaviy turi informatsion konsepsiyadir. Uning har bir savoli
voqelikni yagona semantik informatsiya bilan ta'minlaydi. Bu ko‗rinishi
tez-tez qo‗llanilganligi sababli, sotsiolog ikkita masalani hal qiladi:
a) tadqiqot birligini o‗rganishni qo‗llaydi:
b) har bir birlikdan informatsiya to‗plash uchun qanday savol berish
kerak.
Savolning uchinchi konsepsiyasi, indikator konsepsiya bo‗lib, anketa
ishlab chiqishda va aniq, ma'lumot olishda maqsadga yo‗naltirilgan
natijalar beradi. Shundan keyin savollar konsepsiyasi aniqlab olingach,
sotsiolog har bir savolni ishlab chiqishga kirishadi. Buning uchun
quyidagilarni nazarda tutish kerak: faktlar to‗g‗risidagi savollar yengil
formulirovka va analiz qilinib, respondentga qiyinliklar tug‗dirmasligi
kerak. (Siz transport vositasidan foydalanasizmi? Oliy ma'lumotlimisiz?
Va x.k.) Fikrlar, nigohlar, sabab (motiv)lar to‗g‗risidagi savollar
qiyinchiliklar tug‗dirilishi mumkni. Bular qiyin formulirovka qilinib aniq,
javoblar olish uchun qo‗shimcha kuchlar talab qiladi. Taniqli nemis
tadqiqotchisi E.Noel quyidagicha misol keltiradi: Janubiy Germaniyada
nima uchun ma'lum markadagi televizorlarni kam sotib olishlarini
o‗rganish uchun kamida 70 ta savol berish kerak, shu bilan birgalikda bu
savollar nafaqat ushbu xududda, balki boshqa xududlarda ham taqqoslash
uchun tarqatilishi kerak.
Olingan informatsiyani nazorat qilish uchun nazorat savollar
tayyorlanadi, ular ma'nosiga ko‗ra asosiy tadqiqot savollariga o‗xshash
157
tasavvur qoldiradi, lekin birinchi ko‗rinishni aniqlaydigan birmuncha
bekitilgan formada bo‗ladi. Nazorat savollar chetdan beriladi. Shuni
ta'kidlash
lozimki,
to‗g‗ridan-to‗g‗ri
berilgan
savollar
salbiy
munosabatlarni keltirib chiqaradi, agarda asosan «nima uchun» degan
savol bilan boshlansa. Shuning uchun sotsiologlar «nima uchun» degan
savol bilan tadqiqot boshlashni tavsiya etishmaydi va chetdan savol berish
formasini ishlatishni ta'kidlaydilar (Marhamat qilib ayting, Sizning
fikringizga nisbatan...?).
Sotsiologning anketa tuzishda yana to‗qnash keladigan boshqa bir
muammosi bu — standartlashtirish bo‗ladi. Standartlashgan So‗rov —
ommaviy so‗rovlarda kerakli bo‗lib, bir xillilikka, terminologikka,
mohiyatga keltirishdir. Standartlashtirish natijalarni taqqoslashga imkon
yaratib, ma'lumotlarni qayta ishlashni engillashtiradi. Standartlashgan
so‗rov yopiq, savollarni qo‗llashni imkoni baland ekanligini tahmin qiladi,
ya'ni anketada javob bor bo‗lgan savollarni, respondent, o‗z fikriga
(variant) mos kelganini tanlaydi. Standartlashgan So‗rovning kamchiligi bu
— individual xossasining yetarli bo‗lmaganini hisobga olish, ko‗rilayotgan
savollarga sub'ektiv munosabatda bo‗lishni tashkil etadi, qachonki
kishilarning sub'ektiv dunyosiga chuqur kirib borilar ekan, bunda standart
bo‗lmagan so‗rov qo‗llaniladi. Savollar ochiq formada formulirovka
qilinadi va har bir anketa informatsiyaning alohida birligi sifatida olib
qaraladi. Standartlashning darajasi muammo va tadqiqot maqsadidan qat'iy
nazar tadqiqotchi tomonidan belgilanadi. So‗rov metodida asosiy
tomonlardan biri bu tushuntirish muammosi yoki interpretatsiya asosiy
tomonlardan biri hisoblanadi. Savollarni tuzilishi — bunda konsepsiya
tushunchasinnng terminlarini So‗raluvchi tarjima qilihdan iborat. Savollar
asosan, So‗raluvchining pozitsiyasidan, uning hayot faoliyati darajasidan
kelib chiqib tuziladi. Bu tilning o‗ziga xos xususiyatining hisobini,
respondentning konkret tafakkurini, psixologik xususiyatlarini (alohida
shaxsiy savollarda, foydada va boshqalarda salbiy reaksiya berish),
ma'lumot darajasi (chuqur bilimga egalik), diniy yoki siyosiy xarakterdan
qo‗rqish va boshqalarni farz qiladi. Savollar qisqa va aniq, ikki xil
tushunishga yo‗l qo‗ymaydigan, imkoniyatiga ko‗ra bir xil ma'noli
formulirovka qilish kerak. Tushuntirish muammosi nafaqat anketani qayta
ishlashda, balki tadqiqotchi tomonidan informatsiyani analiz qilish
jarayonida ham ishlatiladi. Bunday yo‗lda, u tadqiqotchining mahorati va
tadqiqot apparatining qayta nshlangan darajasiga bog‗liq, bo‗ladi.
Endi anketaning umumiy kompozitsiyasiga to‗xtalib o‗tamiz, bunda
anketaning joylashishi va uning ketma-ketligi o‗rin olgan. Empirik
158
tadqiqotlar
praktikasida
maqsadga
muvofiqlashgan
ketma-ketlik
anketasining mazmuniga ko‗ra tarqatish murakkabdir. Anketa har doim
So‗ralayotgan shaxsga murojaatdan boshlanadi va unda quyidagilar
ko‗rsatiladi:
a) qanday tashkilot, boshqarma So‗rov o‗tkazyapti;
b) umumiy yo‗llarda tadqiqotning maqsadi tushuntiriladi va natijalar
qanday qo‗llanishi, tadqiqotda respondent ishtirokining shaxsiy ahamiyati
ko‗rsatiladi;
v) javoblarning yashirincha bo‗lishi anonimlik kafolatlanadi.
Bulardan keyin anketani to‗latish qoidalari va qaytarib berish usuli
keladi. Murojaat va qoidalar, odatda anketaning tashqi tomoni, ya'ni
muqovasiga
joylashtiriladi.
Keyin
boshqa
varaqalarga
savollar
joylashtiriladi.
Anketa murakkab vaziyatda emas, balki oddiy savollar bilan
boshlanadi. Bu savollarga faktlar, egallab turgan darajasi (lavozimi),
shug‗ullanadigan ishi va o‗.q.lar kiradi. Undan keyin anketaning markaziy
qismida ma'nosiga ko‗ra asosiy bo‗lgan savollar joylashtiriladi. Ular
belgilangan mantiqiy izchilligi, ko‗rilayotgan dasturi nazorat savollari
bilan almashinib turadi. Asosiy qismning ikkinchi bo‗lagida bir muncha
murakkab va qaltis masalalar joylashtiriladi. Sotsiologik tadqiqot
praktikasining
ko‗rsatishicha,
anketa
savollariiing
katta
qismini
to‗ldirgach, respondent ishni oxiriga yetkazishga psixologik jihatdan
tayyor bo‗ladi. Anketaning, so‗ngi qismida bu pasport deb ham yuritiladi,
shaxsning ob'ektiv ahvoli va statusi ko‗rsatilgan savollar joy oladi (jinsi,
yoshi, oilaviy ahvoli). So‗rov o‗tkazish vaqtida sotsiolog yana tadqiqot
o‗tkazishning texnikasini aniqlaydi; tarqatiladigan, matbuot orqali, pochta
orqali, telefon orqali. Shuni aytish mumkinki, tarqatiladigan so‗rov boshqa
so‗rovlarga nisbatan birmuncha effektivdir, bunda sotsiolog guruhga kelib,
anketani tarqatadi va birmuncha vaqtdan keyin uni yig‗ib oladi. Bunda
respondentlarni 100% so‗rovga jalb etish mumkinligi kutiladi, matbuot
yo‗li bilan o‗tkaziladigan so‗rovda, anketani yig‗ib olish 5% tashkil etishi
mumkin.
So‗rov o‗tkazishda «neytral xudud» tanlanadi, ya'ni rahbar
xodimning kabineti emas, intervyu iloji boricha bir xil yondashish turli
jinsdagi kishilar orasida do‗stona, xotirjamlik, yaxshi kayfiyat bilan
o‗tkazilishi kerak. Tadqiqotni xoxlovchilar orasida emas, tanlab olinganlar
orasida o‗tkazish kerak.
159
2. Xujjatlarni o‘rganish metodi
Bu metod sotsiologiyada keng tarqalgandir. Sotsiologiyada xujjatlar
deganda nimani tushunasiz? Sotsiologiyada xujjatlar deganda tekstlardagi
bosma va qo‗lyozma shaklida yozilgan informatsiyalarni, magnit lentasiga,
foto va kinoplenkalarga yozilgan iiformatsiyalarni tushunamiz. Xujjatlar
bir necha asoslarga bo‗linadi: informatsiyaning qo‗lyozma, bosma, kino,
foto, magnitafon lentalariga yozish shakllari qayd etiladi; gavdalantirish,
ya'ni jonlashtirish darajasiga ko‗ra shaxsiy va o‗ziga xos xususiyatlarga
ega bo‗lmagan bo‗ladi; status darajasiga ko‗ra rasmiy va norasmiy bo‗lib,
o‗ziga xos guruhlarni ommaviy axborot vositalarining (ro‗znoma, jurnal,
radio, televideniya) ko‗p sonli materiallari tashkil etadi.
Xujjatli manbalarning ko‗rinishlari, belgilari, maqsadlari, tadqiqot
tekstlar, informatsiyalar, ma'lumotlarni analiz qilish usullarini aniqlaydi.
Statistik xujjatlar, guvohnomalar, protokollar, hisobga olish ma'lumotlari,
statistik
tendensiya
va
aloqalarni
aniqlashning
umumlashgan
ko‗rsatmalarini
olish
maqsadida
o‗rganiladi. Shaxsiy xujjatlar:
avtobiografiya, xotiranomalar, xat, protsesslarning sub'ektiv tomonini
tadqiq qilish uchun shaxsiy ishlar, fikrlar, qadriyatlar, shaxsiy sifatlar
kiradi. Ijtimoiy informatsiyani tashkil qiluvchi ommaviy axborot
vositalarining tekstlari kontent-analizni keltirib chiqaradi. Shundan kelib
chiqib, xujjatlarni o‗rganish metodini quyidagilarga bo‗lish mumkin:
1 statistik.
2 avtobiografik.
3 kontent-analiz.
Statistik tadqiqotga misol qilib, qanday qilib umumdavlat (zemskoy)
statistika xujjatlarining analiz qilinganligini misol qilib olishimiz mumkin.
Xujjatlarni o‗rganishning avtobiografik metodini F.Znanetskiy
ishlab chiqqan. Sotsiologiyani u ijtimoiy fan deb hisoblab, ijtimoiy
protsesslarning spetsifikatini tashkil etuvchi «inson koeffitsienti»ga katta
ahamiyat berdi. Bu inson koeffitsentlari (sezgi, tafakkur) avtobiografiyada,
shaxsiy xatlarda, xotiranomalarda, qonunlarda, san'at asarlarida paydo
bo‗ladi. Sotsiologiya ushbu xujjatlarni psixologiya nuqtai nazaridan emas,
ijtimoiy sharoitdan, ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, shaxsiy sifatlar bilan
aloqadorlikda o‗rganadi. Ba'zan aytiladiki, xujjatlarning bunday ko‗rinishi,
informatsiyaning ishonchli manbasi emasdir, chunki avtor hech qanday
ma‘lumot to‗plamay, qandaydir faktlarni aytishi mumkin deyiladi.
Znanetskiy bu to‗g‗risida ishonch bilan informatsiyaning sifati, analizning
160
qay uslubda ekanligiga bog‗liqligidadir, deb ta'kidlaydi.
Sotsiologiyaning vazifasi shundaki, avtorning biografiyasi yoki
xotiranomasidagi barcha ta'kidlarga ishonch bildirish uchun va turli
yozilgan faktlarga uning munosabati orqali o‗tiladi, uning muhitni qo‗yib
bergan bahosi, muhitning shaxsiy belgilari sotsiolog orqali baholanadi.
Sotsiolog xujjatlarni keng kontekstini (xujjatning tugallangan parchasi)
ko‗rib chiqib o‗rganadi. Shuning uchun xujjatlarning bunday turi
sotsiologga, tarixchiga nisbatan qimmatbaho material hisoblanadi. Shaxsiy
xujjatlarni analiz qilish vaqtida sotsiolog quyidagi informatsiyalarni bayon
qiladi:
a) avtobiografiya yozilgan muhitni;
b) avtor tomonidan faktlarni, hodisalarni, unga bo‗lgan munosabatni,
baholarni qabul qilinishi;
v) ushbu davr vaqtida avtorning xohishlari, maqsadlari;
g) tekstda nimalar aytilmagan va bekitilgan.
d) avtorning shaxsiy sifatlari va boshqalar.
Xujjatlarning analiz qilishning uchinchi xususiyati - kontent-analiz
bo‗lib, u formallashgan miqdoriy yondashuvdir. Yuqorida bayon qilingan
xujjatlarni analiz qilishning kamchiligi natijalarni tadqiqotchining
tayyorgarlik darajasi va fikrlariga tobeligi hisoblanadi. Shuning uchun
sub'ektiv
ta'sirlardan
qochish
uchun
xujjatlarni
o‗rganishning
formallashgan miqdoriy tomonini ko‗rsatuvchi kontent-analiz metodi
ishlab chiqiladi. Kontent-analiz termini ―mazmun‖ ma'nosini anglatadi.
Amerikalik sotsiolog R.Xoleti bunday deydi: «Bu metod ma'lum
ma'lumotlarni xarakteristikasini ob'ektiv va sistematik asosida o‗rganib, bir
qancha xulosalar keltirib chiqaradi».
Kontent-analizning mohiyati shundaki, u o‗rganilayotgan belgilarni
maxsus kodlar sistemasi yordamida tekst ma'lumotlarni (yoki uning
tarkibidagi informatsiyani) ilmiy kategoriyaga o‗tkazadi. Shunday qilib
miqdoriy analiz vujudga kelishi mumkin. Bu metodning mohiyati
shundaki, xujjatlar tekstidan mazmunli tushunchalar ajralib chiqadi. Bu
metod formallashgan metod deyiladi. Chunki kontent-analizda asosiy
diqqat tekstlar mazmunini, ifoda tarzining formasiga ko‗ra, kategoriyasiga
ko‗ra, informatsiyaning hajmiga ko‗ra klassifikatsiya va kodirovka qilishga
qaratiladi.
Kontent-analizning barcha texnikasi biror natija chiqarish uchun
quyidagilarga bo‗linadi:
1) Analiz birligining taqsimlanishi;
2) Tekst indikatoridan ularni izlamoq;
161
3) Statistik ishlov berish.
Kontent-analizning asosiy instrumentariysi - kodifikator, ya'ni kod
blankasidir. Masalan, Rossiya Akademiyasi boshqarmasining xatiga ko‗ra
millatlararo munosabatlarni va konfliktlarni tadqiqot qilishda kodifikator
4 ta sermazmun-tematik blokka ega edi, bular:
1. sotsial-demografik;
2. xatning xarakteri;
3. vatandoshlaridan kutayotgan yordam.
Har bir blok ko‗pgina belgilarni namoyon qilgan edi. Masalan:
sotsial-demografik blok 5 ta belgini, yashash joyi, yoshi, qaysi millatga
mansubligi, ish faoliyati va boshqalar. Jami 130 ta belgi bor bo‗lib, har bir
belgi o‗z kodiga ega edi.
Kategoriyalashtirish muammosi turlicha hal qilinadi. Lassuell
ikkinchi jahon urushida targ‗ibotni o‗rganib, dushmanning maqsadini
aniqlash uchun 4 o‗lchovli klassifikatsiyani qabul qildi. Informatsiyani
«o‗zim uchun», «o‗zimga qarshi», «dushman uchun», «dushmanga qarshi»
klassifikatsiyalariga taqsimladi. Natijada quyidagi kodirovka tashkil topdi
rgo-X; pro-Y; contra-Y. Estoniyalik sotsiologlar tomonidan mahalliy
matbuotni
effektiv
tomonlarini
o‗rganilishi natijasida tekstning
taqsimlanishi bilan bog‗liq bo‗lgan materialning o‗z klassifikatsiyasi ishlab
chiqildi, bular: a) bilimlar beruvchi informatsiya; b) normativ mulohazalar;
v) qimmatli mulohazalar. Xo‗sh, bu kategorizatsiya yuqorida keltirilgan
kategoriyalashtirishga nisbatan umumiy xarakter kasb etadi.
Xujjatlarni o‗rganish metodini o‗tkazish texnikasi o‗zida quydagi
etaplarni namoyon qiladi:
1. Belgilarni, tushunchalarni, kategoriyalarni aniqlab tekstni analiz
qilish (dastur bo‗yicha).
2. Bu kategoriyalarning tekst bilan o‗zaro nisbatini aniqlash, tekst
marialini yagona parametrga (o‗lchov — kodifikatsiya birligi) keltirish.
3. Miqdoriy analiz: kategoriyalar bo‗yicha hisob-kitob, proporsional
o‗zaro nisbat, har xil xarakteristikalarni birikmasi va xulosalarni aniq ifoda
qilish.
4. Kontekst (nutq yoki asarning tugallangan parchasi) konsepsiyasini
sharhlab (interpretatsiya) xulosa qilish.
SOTSIAL EKSPERIMENT
Sotsial sohadagi ilk eksperimentlar XIX asrdan o‗z tarix saxifalarini
boshlaydilar. Sotsial eksperimentlar o‗tkazish zarurligi haqida P. Laplas va
Rj. St. Mil birinchi bo‗lib gapirgan edilar. Sotsiolist-utopistlar R. Ouzn, Sh.
162
Fure o‗zlariiing kommunistik qurilishi loyihalarini eksperimentlar
asosida yarattan edilar. Empirik sotsiologiyada eksperimentlar keng
miqyosda AQSh da, XX asrning boshlarida qo‗llana boshlandi. Muhandis
F. Teylor ishchilarning ishlab chiqarish jarayonida va uning jadallashtirish
zaruriyat sharoitdagi jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni aniqlash uchun
eksperiment tiplarining kompleksini ishlab chiqdi. Eksperimentlarni
boshqa tadqiqotchilar
— S.Dodd, F.S.Chepin, E.Meyolar ham
o‗tkazganlar. Eksperimentning o‗zi nima? eksperiment tadqiqotning
shunday metodini, uning jarayonida biz shunday sharoitni yaratamiz yoki
bo‗lmasa izlab topamizki, uning yordamida bizni qiziqtiradigan xodisalar
aloqasi namoyon bo‗ladi. Sotsial eksperimentning strukturasi o‗zida
quyidagilarni mujassamlashtirgan: ob'ekt, sub'ekt (metodika, eksperiment
holat, qayd qilish vositalari), moddiy va sotsial sharoit (eksperimentini
amalga oshirish uchun), o‗tkazilgan eksperimentning natijalari. Gipotezalar
asosida ob'ektni tanlash alohida oshiriladi, eksperimental va nazorat
guruhlari tashkil qilinadi, eksperimental xolat vujudga keltiriladi, biror-bir
omilni, sababni kiritishlik yo‗li orqali natijalarni o‗lchash va tahlil qilish
amalga oshiriladi. Eksperimentning asosiy maqsadi — bu gipotezani
isbotlash yoki inkor qilishlikdir.
Turli xildagi sotsial eksperimentlarni ajratib ko‗rsatish mumkin.
Moskva Davlat Universiteti professori A.P.Kupriyan shunday asosni
sistemalashtirdiki, u orqali sotsial eksperimentlarni turlarga ajratish
mumkin:
1. Eksperimentdagi masalaning xususiyatiga muvofiq (ilmiy-
tadqiqot, amaliy). 2. Eksperiment strukturasi bo‗yicha faoliyat sifatida
(loyihaviy, eks-post-fakto). 3. Eksperimental xolat bo‗yicha (dala,
laboratoriyali). 4. Gipoteza isbotini mantiqiy strukturasi bo‗yicha (parallel
va uzlukli). 5. Tadqiq qilinayotgan ob'ekt xarakteriga muvofiq (iqtisodiy,
pedagogik, sotsial-siyosiy).
Keyingi yillarda eksperiment o‗tkazish amaliyotiga modellashtirish
va EXM ni qo‗llash kirib bormoqda. Eksperimentni faoliyat sifatida
turlarini to‗liqroq holda S.A.Yatskevich aniqlagan 4 quyidagi turlarni
ajratib ko‗rsatadi:
1. Nomodel eksperiment.
2. Tabiiy model eksperimenti.
3. Eks-post-fakto.
4. Imitatsiya eksperimenti; (eksperimental o‗yinlar).
5. Kibernetik eksperiment.
6. Tafakkurli sotsial eksperiment.
163
Sotsiologik tadqiqotlar amaliyotida keng qo‗llaniladigan 3 ta turdagi
eksperimentlarni to‗liqroq holda ko‗rib chiqamiz:
1. Yagona ajratish metodi;
2. Nazorat guruhi metodi;
3. Eks-post-fakto.
4. Yagona ajratish metodi.
Ma'lum bir faoliyat ko‗rsatayotgan sistema inson guruhi ishlab
chiqarish jarayonida o‗rganilayapti. Uning faoliyat natijalari ma'lum,
o‗rganilgan. Bu sistemaga qandaydir o‗zgarishlar kiritadi, masalan
mehnatga yangicha haq to‗lash sistemasi.
Xuddi shu guruhdagi o‗zgarish kiritilmagan oldingi va keyingi
holatlarni taqqoslash yo‗li tufayli ma'lum bir xulosa chiqariladi. Gipotezani
shunday isbotlash yoki inkor qilishlik xuddi shu sistemani turli vaqtda
taqqoslashga asoslanadi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ob'ekt o‗zida
ma'lum bir o‗zgarishlarni mujassamlashtiradi. Xuddi shu sababli ayrim
xollarda bu natijalar biz tomondan kiritilgan o‗zgarishning oqibatini yoki
boshqa sabablar oqibatining, ularni aniqlash murakkabdir.
Nazariy guruh metodi.
Gipotezaning
isbotlashni
qat'iy
ma'noda
ko‗rinishini
bu
eksperimentni eksperimental va nazorat guruhlari sxemasida tashkil
qilishdir. Bunday sharoitda 2 ta guruh ishlab chiqiladi va tashkil etiladi,
ular ko‗rinishlarni aloqalarini tadqiq, etilishi uchun mohiyatan maksimal
ravishda bir xil bo‗lishlari kerak.
Masalan, agarda qishloq, xo‗jalik ishlarini naryadsiz sistemani tashkil
qilish sharoitlarini tekshirilsa, unda uni tekshirish uchun shunday 2 ta
sovxozlarni topish kerakki, ular qishloq xo‗jaligi uchun asosiy ko‗rinishlari
bo‗yicha bir xil bo‗lishlar: bir xil iqlim va tuproq sharoitlari, bir xildagi
texnik ta'limot, agronomlarning kvalifikatsiyasi va hokozolar. Yagona farq,
shunday bo‗lishi kerakki, qachonki bu tanlab olingan sovxozlarning birida
shuning yangi sistemasi joriy etiladi, qolganida esa o‗z holicha eski sistema
qoladi. Birinchi sovxoz — bu eksperimental guruh, ikkinchisi esa nazorat
guruhi.
Ma'lum bir vaqt davomida eksperimental va nazorat guruhlaridagi
o‗zgarishlar qayd qilinib boriladi, dastlabki holat, uning turli xil
o‗zgarishlari va ob'ektning oxirgi holati qayd qilinadi. Agarda
eksperimental nihoyasida eksperimental guruhda o‗zgarishlar nazorat
guruhiga nisbatan ahamiyatli ravishda yuz bergan bo‗lsa gipoteza
164
isbotlangan hisoblanadi. Agarda o‗zgarishlar, bir xil bo‗lsa yoki
eksperimental guruhdagi o‗zgarish sezilarli bo‗lmasa unda gipoteza
isbotlanmagan va inkor qilingan bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |