Fuqarolik huquq va majburiyatlarga ega bo`lish layoqatiga fuqarolik-huquqiy layoqati deyiladi. Bu layoqat inson tug`ilgan paytdan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Fuqarolik muomala layoqati. Fuqaroning o`z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini egallash va amalga oshirish, o`zi uchun fuqarolik majburiyatlarini yaratish va ularni bajarish layoqatiga fuqarolik muomala layoqati deyiladi. Bu layoqat inson balog`at yoshiga to`lgandan keyin, ya`ni o`n sakkiz yoshga to`lgandan keyin to`la hajmda vujudga keladi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko`ra muomala layoqatining quyidagi turlari belgilanadi: 1. to`la hajmdagi muomala layoqati; 2. balog`at yoshiga etmaganlar muomala layoqati; 3. kichik yoshdagi bolalar layoqati. Emansipatsiya –fuqaroning o`n sakkiz yoshga etmasdan to`la muomala layoqatiga ega bo`lishidir. U fuqaro 16 yoshga to`lgan kundan boshlanadi. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga binoan quyidagi hollarda bunga yo`l qo`yiladi: ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi oqibatida o`zini boshqara olmaydigan va o`z harakatiga javob berolmaydigan fuqarolar sudning hukmi bilan muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin.Bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Vasiylik - u kichik yoshdagi bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar ustidan o`rnatiladi. Homiylik – u 14 yoshdan 18 yoshgacha, balog`at yoshiga yetmaganlar ustidan, shuningdek, muomala layoqati sheklangan fuqarolar ustidan o`rnatiladi. Vasiydan homiyning farqi nima? Vasiydan farqli o`laroq, homiy fuqarolik huquqiy munosabatlarga kirishmaydi, balki faqat fuqaroning o`z huquqlarini amalga oshirishiga ko`maklashadi. - Fuqarolik huquq va majburiyatlarga ega bo`lish layoqatiga fuqarolik-huquqiy layoqati deyiladi. Bu layoqat inson tug`ilgan paytdan vujudga keladi va vafot etishi bilan tugaydi. Fuqarolik muomala layoqati. Fuqaroning o`z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini egallash va amalga oshirish, o`zi uchun fuqarolik majburiyatlarini yaratish va ularni bajarish layoqatiga fuqarolik muomala layoqati deyiladi. Bu layoqat inson balog`at yoshiga to`lgandan keyin, ya`ni o`n sakkiz yoshga to`lgandan keyin to`la hajmda vujudga keladi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga ko`ra muomala layoqatining quyidagi turlari belgilanadi: 1. to`la hajmdagi muomala layoqati; 2. balog`at yoshiga etmaganlar muomala layoqati; 3. kichik yoshdagi bolalar layoqati. Emansipatsiya –fuqaroning o`n sakkiz yoshga etmasdan to`la muomala layoqatiga ega bo`lishidir. U fuqaro 16 yoshga to`lgan kundan boshlanadi. Fuqaroning muomalaga layoqatsiz deb topilishi. Fuqarolik kodeksining 30-moddasiga binoan quyidagi hollarda bunga yo`l qo`yiladi: ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi oqibatida o`zini boshqara olmaydigan va o`z harakatiga javob berolmaydigan fuqarolar sudning hukmi bilan muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin.Bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Vasiylik - u kichik yoshdagi bolalar, shuningdek, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar ustidan o`rnatiladi. Homiylik – u 14 yoshdan 18 yoshgacha, balog`at yoshiga yetmaganlar ustidan, shuningdek, muomala layoqati sheklangan fuqarolar ustidan o`rnatiladi. Vasiydan homiyning farqi nima? Vasiydan farqli o`laroq, homiy fuqarolik huquqiy munosabatlarga kirishmaydi, balki faqat fuqaroning o`z huquqlarini amalga oshirishiga ko`maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |