Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

quyidagilar amalga oshirilmoqda:
-
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlarining taqdimnomalariga ko‘ra nafaqalar va moddiy 
yordam olish uchun oila a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning 
ishonchliligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirilmoqda; 
-
Respublika “Mahalla” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot 
vazirligi bilan birgalikda aholi o‘rtasida ehtiyojmand oilalarga nafaqa va moddiy 
yordam tayinlash uchun o‘rtacha oylikning jami daromad miqdorini hisoblab chiqish 
tartibi to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqda. 
Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish darajasini 
oshirish va manzilli yordamni kuchaytirishga 
quyidagilar hisobidan erishish 
rejalashtirilgan:
-
amal qilayotgan imtiyozlar va nafaqa to‘lovlari tizimini tartibga solish, manzilli 
xarakterga ega bo‘lmagan imtiyozlarni, avvalambor, ayrim professional guruhlarga 
taqdim etiladigan imtiyozlarni bosqichma-bosqich kamaytirib borish va shuning 
hisobidan ko‘proq ehtiyoj sezayotgan oilalarga imtiyozlar hajmini oshirish; 
13
2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича 
Ҳаракатлар стратегиясини “Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили” да амалга оширишга оид Давлат 
дастурини ўрганиш бўйича илмий-услубий рисола. Т., 2017. 167-бет. 


132 
-
natural ko‘rinishda beriladigan imtiyozlarni tegishli pul to‘lovlari bilan 
almashtirish jarayonini tugallash; 
-
norasmiy sektorda tadbirkorlik faoliyatidan, shuningdek pul o‘tkazmalari 
hisobidan daromad olayotgan oilalarni chiqarib tashlash yo‘li bilan moddiy yordamga 
muhtojlik sezayotgan oilalarni aniqlash usulini takomillashtirish. Tejab qolingan 
mablag‘lar eng muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish uchun qayta 
yo‘naltiriladi; 
-
joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablag‘larni 
ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar 
qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish; 
-
o‘zini o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlari 
to‘lashni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini 
oshirish; 
-
aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun 
byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan, xayriya tashkilotlari va homiylarning 
mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va 
qamrovini oshirishga imkon beradi; 
-
ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan 
mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini 
oshirishga yo‘naltirish; 
-
minimal ijtimoiy standartlarni, jumladan, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga 
olgan holda, hisob-kitob qilish usulini takomillashtirish; 
-
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, 
avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega, kam ta’minlangan oilalarni 
kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan 
mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish. 
Aholi farovonligini oshirishda bandlik masalasining o‘rni katta. Bugungi kunda 
mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlari 
yaratayotgan ish beruvchilar rag‘batlantirilmoqda, ularga soliq, kredit va boshqa 
masalalarda imtiyozlar berilmoqda; mehnat bozorida ishchi kuchi sifati va 
raqobatdoshligini 
oshirish 
chora-tadbirlari 
ko‘rilmoqda; 
aholini 
ish 
bilan 
ta’minlashning eng samarali vositalari bo‘lgan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, 
kasanachilik, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi yanada jadal sur’atlarda 
rivojlantirilmoqda; aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan toifalari moddiy 
qo‘llab-quvvatlanmoqda, ular uchun ish o‘rinlarini kvotalash tartibi yo‘lga qo‘yildi; 
davlat va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan vaqtinchalik va jamoat ishlari 
tashkil etilmoqda; tashqi va ichki migratsiyani tartibga solishga e’tibor 
kuchaytirilmoqda. Mamlakatimizda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash 
maqsadida har yili yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Jumladan, 2013- yilda 97 -2,7 - 
mingta yangi ish o‘rni tashkil etilgan. Bu ish o‘rinlari yangi yirik sanoat obyektlarini 
ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish va kengaytirish, kichik 
biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarini 
rivojlantirishni bundan buyon ham rag‘batlantirish, kasanachilik imkoniyatlarini, shu 
jumladan, yirik korxonalar bilan kooperatsiyalashgan kasanachilik imkoniyatlarini 


133 
kuchaytirish hisobidan tashkil etiladi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida ishlab chiqarish va ijtimoiy soha yetarli 
darajada rivojlanmagan, ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan tog‘li, chegara 
hududlarda joylashgan 28 - ta olis tumanga alohida e’tibor berildi. 2013- yilda bu 
hududlarda kamida 126 mingta yangi ish o‘rni yoki 2012- yildagidan besh foiz ko‘p ish 
o‘rni tashkil etilgan.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish