Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov


Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga:
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritish;
• O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
• O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 
belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
• ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, 
O‘zbekiston Respublikasining chegaralarini o‘zgartirish;
• boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
• davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa 
majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
• qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini 
belgilash;
• xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya 
(barvaqt to‘xtatish) qilish;
• Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy 
saylov komissiyasini tuzish;
• vakolati tugashi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov 
kunini tayinlash;
• Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlarini saylash;
• Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlarini 
tayinlash va lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa 
vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
Saylov kunigacha 25 - yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari 
parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va 
moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, 
faoliyat turi bo‘yicha hech qanday cheklashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga, 


72 
“Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunda belgilanganidek, sudlangan, saylov 
tayinlangan kungacha o‘tgan 5 yil mobaynida O‘zbekiston hududida yashamagan, 
harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar deputatlikka nomzodlar ro‘yxatiga 
olinmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan 
kelib chiqib, shu narsa belgilab qo‘yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura 
organlarining mansabdor shaxslari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning 
o‘rinbosarlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (viloyat, 
tuman, shahar hokimlari bundan mustasno) Oliy Majlis deputati bo‘la olmaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994 - yil sentabrda bo‘lib o‘tgan XVI 
sessiyasi 1994 - yil 25 - dekabr kuni Oliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman 
kengashlariga saylovlar o‘tkazishga qaror qildi. 1994 - yil 14-15 noyabrda 
Toshkentda Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining 
uch kunlik seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini isloh qilish, 
saylovni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari 
muhokama 
etildi. 
Seminar-kengashda 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkilotining 
O‘zbekistondagi vakili 
Xolid Malik
, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va 
muxtor elchisi 
Genri Li Klark
, Rossiya elchisi 
F.F.Sidorskiy
, Turkiya elchisi 
Erdugan Aytun 
va boshqalar ishtirok etib, saylovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida 
o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, 
Xolid Malik
seminar-kengashni tarixiy 
sana – saylovlar oldidan O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo qilish yo‘lida 
oldinga bosilgan qadam bo‘ldi, deb baholadi. Saylovlarni qonun talablari asosida 
o‘tkazish uchun Respublika bo‘yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi 
tuzildi. Ular tarkibiga mehnat jamoalarida obro‘-e’tibor va hurmat qozongan, 
Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish