Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti I. M. Haydarov, M. M. Askarov



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/220
Sana13.06.2022
Hajmi4,55 Mb.
#661404
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220
Bog'liq
o'quv qo'llanma

birinchidan
, bozor iqtisodiyoti asosida taraqqiy topgan 
davlatlarning tajribasiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bu biron-bir taraqqiyot yo‘lini 
ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olishni emas, balki boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida 
to‘plangan va bizning mamlakatimiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy 
va maqbul tajribalardan foydalanish, degan ma’noni bildiradi.
Ikkinchidan
, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, ijtimoiy larzalarsiz, evolutsion yo‘l 
bilan madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va 
mohiyatidir.
Uchinchidan
, O‘zbekiston yo‘li o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, 
davlatchilik tajribasi, ma’naviy qadriyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik, ijtimoiy 
hamkorlik, vatanparvarlik, millatlararo totuvlik kabi fazilatlarga mos ravishda 
belgilandi.
To‘rtinchidan
, o‘z yo‘limizni belgilashda islom dini, uning jamiyat ma’naviy 
hayotidagi o‘rni, musulmon davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni kengaytirishdagi 
ahamiyati hisobga olindi.
Beshinchidan
, yangi yo‘lni tanlashda O‘zbekistonning geostrategik mavqeyi, 
mustaqillikka erishgan paytdagi iqtisodiy imkoniyatlari, shart-sharoitlari, tabiiy 
resurslari asos qilib olindi.
Oltinchidan
, respublikadagi o‘ziga xos demografik vaziyat, aholi va mehnat 
resurslarining tez o‘sib borishi ham inobatga olindi.
Yettinchidan
, odamlarning ijtimoiy ongi, dunyoqarashi ham e’tiborga olindi. 
Negaki, sovetlar zamonida kishilarda shakllangan yaxshi ishlasa ham, yomon ishlasa 
ham davlat boqadi, degan boqimandalik, tayyorga ayyorlik, mulkka nisbatan 
bepisandlik ruhiyatini tezlik bilan o‘zgartirib bo‘lmas edi, buni hisobga olish zarur 
edi, albatta.
Mustaqilligimizning dastlabki kunidanoq chinakam Mustaqil O‘zbekistonni 
barpo etish, har qanday “izm”lardan xoli xalqchil, adolatli jamiyat qurish bosh maqsad 
qilib qo‘yildi. Davlatimiz ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari ana shu 
bosh maqsaddan kelib chiqqan holda belgilandi. “O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. 
Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga 


53 
asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’iy nazar 
fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab boradigan davlatdir. Xalq davlat 
hokimiyatining manbayidir. Uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab beradi” 
degan edi birinchi prezidentimiz I.A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va 
taraqqiyot yo‘li asarlarida.
Buyuk kelajakka ega O‘zbekiston davlatining siyosati inson va jamiyatning 
erkinligini, fuqarolarning farovon turmushini ta’minlashga qaratilgan. Yurtboshimiz 
o‘zining mazkur asarida jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini insonga siyosiy, 
iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini o‘zi erkin tanlab olishini kafolatlaydigan darajada 
isloh etish, tubdan yangilash vazifalarini belgilab berdi. 

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish