“Faol tadbirkorlik,
innovatsion g‘oya va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash”
deb e’lon qilinishi
natijasida mamlakat farovonligi va taraqqiyotining asosi bo‘lgan tadbirkorlik
sohalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hozirgacha tadbirkorlarga tegishli
murojatlarning 96 foizi, ya’ni 30876 tasi hal etilgan. Ulardan 8326 tasi sohalar
faoliyatiga oid taklif va tavsiyalardan iborat.
Masalan, mamlakat miqyosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
yo‘nalishlariga ajratilgan kreditlar hajmi 2017 - yilning 1 aprel holatida 4,6 trln
so‘mni tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich 2016- yilning xuddi shu davriga nisbatan
1,3 barobar ko‘p. Uning 1 trln so‘mini mikrokreditlar tashkil etadi, bu ko‘rsatkich
ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p bo‘lgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohalarini traqqiy ettirish,
fermerlikni qo‘llab quvvatlash va rivojlantirish, tadbirkorlik tuzilmalarining
faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan
noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish masalalari 2017 -2021- yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida ko‘rsatib berilganligi ushbu sohalar rivojiga davlat
ahamiyati darajasida e’tibor qaratilayotganligining tasdig‘idir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita
tashabbusi bilan mamlakatda
“Obod qishloq” dasturi
to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra
uzoq yillar og‘ir ahvolga tushib qolgan, hatto yashash uchun oddiy sharoitlar ham
bo‘lmagan qishloqlarni tubdan yangilashga kirishildi. Xususan, 2018- yil fevraldan
boshlab Jizzax viloyati, Dstlik tumanidagi “Manas”, Sirdaryo viloyati Xovos
tumanidagi, “Xovosobod”, Samraqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Jom”
qishloq fuqarolar yig‘inlarida keng ko‘lamli yangitadan qurilish va bunyodkorlik
ishlari tufayli aholiga topshirildi. Ular namunali qishloqlar sifatida yangilangandan
so‘ng, ushbu tajriba respublikaning har bir tumanida har yili 2 va 3 tadan qishloqlar
“Obod qishloq dasturi” asosida yangilandi. Ushbu tajriba asosida 2018- yil iyun
oyidan e’tiboran “Obod mahalla dasturi” Toshkent shahri misolida ommalashtirla
boshlandi.
“Obod qishloq dasturi” doirasida 2018- yilda mamlakatimizning 17 -4 ta
tumanidagi 368 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini kompleks ravishda yangilash
ko‘zda tutilgan. Belgilangan ishlarga 3 trillion 40 milliard so‘mdan ziyod mablag‘
yo‘naltiriladi. Shu yilning 1 aprelidan boshlab har bir tumanda 2 tadan, 2019 yildan
esa 3 tadan mahalla tubdan yangilanadi.
2018- yil 1 apreligacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika
Do'stlaringiz bilan baham: |