Toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Xitoyning asosiy davlat siyosati – mamlakatningbarqaror rivojlanish strategiyasi hisoblanadi



Download 3,16 Mb.
bet63/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206

Xitoyning asosiy davlat siyosati – mamlakatningbarqaror rivojlanish strategiyasi hisoblanadi;

  • Xitoy iqtisodiyotining yutuqlari uning mintaqaviy farqlanishini ular qarama-qarshilikka o‘sib ketmasdan yetarlicha disproporsiaonal chegarasi doirasida ushlab turishidadir;

  • Markaziy hukumatning boshqarish vazifasi - iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va ularni birlashtirishdan, qoloq mintaqalarning yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashdan, izchillik bilan mintaqalar notekis rivojlanishini yengishdan iboratdir


    Xitoy xalq xo‘jaligi mintaqalarning o‘zaro bog‘liqlari va o‘zaro xarakatlari asosida va ular orqali tizim sifatida amalga oshiriladi. Mana shu ular orasidagi mavjud farqlarni yetarli darajada disproporsional chegaradan chiqmasdan va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmasdan hal etish mamlakatni boshqarishning muhim vazifalari hisoblanadi. Aynan mintaqaviy nomutanosiblik milliy iqtisodiyotning samarasini oshirishga turtki bo‘ladi, chunki:

    • birinchidan, Sharqiy dengiz oldi xududlaridagi .yuqori o‘sish sur’atlari unda ichki rayonlarga investisiya hajmini kiritishni kengaytirgan holda kapitalning ahamiyatli tarzda jamg‘arilishiga olib keladi;

    • ikkinchidan, Markaziy va G‘arbiy xududdagi ishchi kuchi resursining cheksizligi uning Sharqiy qismini barqaror rivojlanishi uchun foydalanishi mumkin;

    • uchinchidan, Sharqiy qismdagi samarali tashqi aloqalar umumiy iqtisodiy rivojlanishni va iqtisodiy islohtlarni qo‘llab-quvvatlaydi;

    • to‘rtinchidan, Sharqiy zonalardagi erqin iqtisodiy xududlar mamlakatning boshqa xududlari uchun va ularda iqtisodiy islohotlarni ijobiy tarzda amalga oshirish uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi hamda mintaqalar iqtisodiyoti ustuvorliklarini to‘liq ochib berish uchun qulay sharoitlar yaratadi.

    Mamlakatda ko‘pgina hollarda bir vaqtning o‘zida ham mintaqaviy ham umumiqtisodiy masalalarni hal etish juda murakkabdir. Xitoyda esa, uning uchun hali yetarlicha sharoitlar va ularni amalga oshirishning aniq rejasi tuzilgan emas. Uning notekis mintaqaviy rivojlanishining ob’ektiv sabablarini tan olgan holda mamlakatni muvozanatli rivojlanish usullari chegaralarini ko‘rib chiqamiz.

    Umumiy holda mintaqaviy nomutanosiblikning uchta shakli mavjud bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:



    • birinchidan, resurslarni taqsimlanishi, geografik holati, iqlim sharoitlari, madaniy ahvoli, tarixi va boshqalar bilan asoslangandir;

    • ikkinchidan, u bozor mexanizmlari orqali shakllanmoqda. Bunda, agar muammolarni hal etish kishilarni hotirjamlik chegarasidan chiqib ketsa, mamlakatda ijtimoiy nobarqororlik vujudga kelishi mumkin, bunday holatda nomutanosiblikning uchinchi shakli vujudga keladi;

    • uchinchidan esa, unda ijtimoiy adolatga ziyon keltiruvchi nomutanosiblik yuz berib, u bozor orqali tartibga solinmaydi va davlat tomonidan boshqarishni talab qiladi. Aynan, mana shu bilan asosan chegaraviy nomutanosiblik muammosi bog‘liq bo‘lib, uning mohiyatini quyidagi sifat mezonlari ochib beradi.

    1.Resurslarni taqsimlash. Bunda nomutanosiblik bozorning takomillashmagan omilini ishga solib, masalan, mamlakatning yirik shaharlarida miqyos ustunliklarini o‘sishi uning teskari holatiga aylanadi va resurslarning kam xarajatli mintaqalariga quyilishi ularni o‘zlashtirishda samara bermaydi.

    2.Mehnat taqsimoti va savdoning samarasi. Ushbu mehnat taqsimoti va savdo iqtisodiyotning sog‘lom o‘sishiga yoki uning tushkunlikka yuz tutishiga o‘zining jiddiy ta’sirini ko‘rsatuvchi muhim rag‘batlanish hisoblanadi. Mahalliy hukumatning moddiy resurslar harakatiga, ishchi kuchiga, tovarlar va pul vositalariga mintaqalararo to‘siqlarni qo‘yishi siyosati juda xato siyosat hisoblanadi va bunday siyosat mintaqalarning ustuvorlik hamda mehnat taqsimoti salohiyatini pasaytiradi.

    3.iqtisodiyotining yuragi hisoblanib, u qiymat qonuni va raqobatbardoshlik mexanizmi faoliyatini ta’minlaydi. Narh – bu bozor ishlab chiqarish elementlarini shakllantirish uchun foydalanadigan dastakdir. Bu tizimning barbod bo‘lishi iqtisodiy faollikning barcha jihatlariga umumiy tarzda ta’sir etadi. Narhlarning nisbatan rasionalligidan davlatdagi strategik maqsadlarga yetish va uning sanoat siyosatini qay tarzda amalga oshirishi bog‘liq bo‘lib, uning oqibatlari jamiyatdagi barqarorlik va ijtimoiy adolatda ko‘rinadi

    4.Bandlikni ta’minlash. Ortiqcha ishchi kuchi bandlikka bo‘lgan bosimni yengillashtirmaydi va mintaqalardagi nomutanosiblikning bog‘lanib ketishiga .ham yordam bermaydi.

    5.Barqaror rivojlanish strategiyasi. Mintaqaviy iqtisodiyotning haddan tashqari yuqori darajadagi nomutanosibligi mamlakatda qoloq rayonlarning paydo bo‘lishini ko‘rsatadi, ayniqsa, boy tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilig hisobiga sog‘ bo‘lmagan alohida uzoq o‘sishga tayangan rayonlarning. Shunga qaramay, barqaror o‘sish strategiyasi mamlakatning asosiy davlat siyosati hisoblanadi va jahon rivojlanish tendensiyalari oqimidadir.

    6.Mintaqalararo o‘zaro yordam va kooperatsiya (birlashish) asosida tarmoqlararo dinamika. Bunday dinamikaning mavjudligi o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi sanoat va jamg‘arishdagi o‘sish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Biroq, u ayrim rayonlarda tarmoqlarning buzilib, tushkunlikka tushishiga olib kelishi ham mumkin. Agar, mintaqaviy rivojlanish Pareto optimalligi tamoyilini buzsa, nomutanosiblikni to‘g‘rilash imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkindir.




    Download 3,16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   206




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish