Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 3,16 Mb.
bet46/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   206
Tayanch iboralar:rivohlanish bosqichi, iqtisodiy qurilish, katta sakrash, madaniy inqilob, akvatoriya, yarim feodal, kolonial, repressiya, xalq kommunasi, modernizatsiya

Reja:

  1. Mamlakatning jahon iqtisodidagi o‘rni va roli.

  2. XXRni tashkil topishi, undagi iqtisodiy bazaning shakllanishi va rejali iqtisodiyotni amalga oshirilishi.

  3. Mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi ayrim qilingan xatolar

1.1. Xitoy Xalq Respublikasiga umumiy tasnif

Xitoy Xalq Respublikasi Osiyo mintaqasining sharqiy qismida, Tinch okeanining g‘arbiy qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, uning maydoni 9,6 mln.kv. km tengdir. Maydonining kattaligi jihatidan u dunyoda Rossiya va Kanada davlatlaridan so‘ng 3-o‘rinda turadi. Uning quruqlikdagi chegara uzunligi 22,8 ming km.ni tashkil etadi va u 15 ta davlat bilan chegaradoshdir. Xitoy sharqda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan, shimolda - Rossiya Federatsiyasi va Mongoliya Xalq Respublikasi bilan, shimoliy-g‘arbda - Kozog‘iston, Kirg‘iziston, va Tojikiston bilan, g‘arbda va janubiy-g‘arbda Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston, Nepal, Sikkim va Butan davlatlari bilan, janubda esa, Myanma, Laos va Vetnam davlatlari bilan chegaradoshdir.

Sharqda va janubiy sharqda Xitoy dengiz orqali Koreya, Yaponiya, Filippin, Bruney, Malayziya va Indoneziya davlatlari bilan ham chegaradoshdir. Bundan tashqari, Xitoyni 4 ta dengiz suvlari o‘rab turadi, ya’ni: Boxay, Sariq, Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlari. Uning umumiy dengiz hududlari maydoni 4,73 mln. kv.km. ni tashkil etadi. Xitoyga tegishli bo‘lgan dengiz akvatoriyasida 5400 ta orollar mavjuddir. Ulardan eng yirigi-Tayvan (36 ming kv.km) va Xaynan (34 ming kv. km.) provinsiya-orollari hisoblanadi. Tayvan orolining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan Dyaoyuydao va Chiveyyuy orollari Xitoyning eng sharqiy orollari hisoblanadi. Janubiy Xitoy dengizida joylashgan bir guruh orollar Xitoyning eng janubiy chegarasi Dunshasyundao, Sishasyundao, Chjunshasyudao va Nanshasyundao orollari hisoblanadi.

Xitoy geografik jihatdan rang-barang bo‘lib, bu yerda ulug‘vor tog‘lar, keng past-tekisliklar, qir-adirlar mavjuddir. Agarda, Xitoy hududiga yuqoridan qaralsa, u g‘arbdan sharqga tushib boruvchi to’rt pog‘onali zinapoyani eslatadi. Bu zinapoyaning eng baland pog‘onasi dengiz sathidan o‘rtacha 4 ming m. balandlikdan o‘rin olgan Sinxay-Tibet tog‘ tizmalari joylashgan bo‘lib, u «Dunyo tomi» deb ham ataladi. Bu tog‘ tizmasida Kunlun, Gandiso‘shan va Himolay tog‘ cho‘qqilari joylashgandir. Bundan tashqari, u yerda ko‘pgina muzliklar hamda balandligi 8848 metrdan iborat Himolayning eng baland cho‘qqisi- Jamalungma chuqqisi joylashgandir. Zinapoyaning ikkinchi pog‘onasida Ichki Mongoliyaning tog‘ tizmalari joylashgan bo‘lib, unda o‘rmonlar, Yunnan-Guychjou tog‘ tizmasi va Tarim chuqurligi, undan tashqari dengiz sathidan o‘rtacha 1-2 ming m. balandlikda joylashgan Djungar va So‘chuan pastliklari o‘rin olgan. Zinapoyaning uchinchi pog‘onasi dengiz sathidan 500-1000 m. balandlikda joylashgan Katta Xingan tog‘idan boshlanib, Tayxanshan, Ushan va Syufenshan tog‘lari bilan davom yotadi. To’rtinchi zinapoya esa, dengiz sathidan 200 metr chuqurlikda joylashgan kontinental shelfdir.

Xitoy hududida 1500 ta daryolar mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 1000 kv.km.ni tashkil etadi. Bu daryolardan Xitoy o‘zining gidroenergetik resurslarining 680 mln.k.Vt.ini ishlab chiqadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha u dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Xitoyning yirik daryolariga Yanszi, Xuanxe, Xeylunszyan, Chjuszyan, Lyaoxe, Xayxe,Xuayxe va boshqalar kiradi.

Yanszi Xitoyning eng yirik daryolaridan biri bo‘lib, u o‘zining uzunligi bo‘yicha Janubiy Amerikadagi Amozonka va Afrikadagi Nil daryolaridan keyin, dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. Uning uzunligi 6300 km. dan iboratdir.

Xitoy turli xil yer osti qazilmalariga ham boy bo‘lib, amaldagi Mendeleyev jadvalidagi deyarli barcha elementlar mavjud bo‘lib, ulardan 20 tasi esa, kamyob va bebaxo hisoblanadi. Foydali yer osti qazilmalarining umumiy zaxiralari bo‘yicha Xitoy dunyoda 3- o‘rinda turadi. Jumladan, mamlakatdagi toshko‘mir zaxirasi hozirgi kunda 1 trln.2,49 mlrd tonna deb baholanmoqda va uning eng boy ko‘mir konlari Shansi provinsiyasida xamda Ichki Mongoliya avtonom rayonida joylashgandir. Asosiy neft konlari esa, mamlakatning shimoliy-g‘arbiy, shimoliy-sharqiy va shimoliy hududlarida hamda sharqiy dengiz oldi kontinental shelflarida joylashgandir. Bundan tashqari, qora metall zaxiralaridan: marganes, temir, vannadiy, titan, konlari ham mavjuddir. Xitoydagi temir rudasining zaxirasi ekspertlarning fikricha, taxminan 46,35 mlrd. tonnani tashkil etadi. Bu temir konlari mamlakatning shimolida, shimoliy-sharqida va janubiy g‘arbida joylashgan bo‘lib, Xitoyning asosiy temir ruda konlari Anshan-Bensi, Xebey, So‘chuanlar hisoblanadi. Shunigdek, Xitoyda bir qator rangli metallar: volfram, qalay, surma, sink, molibden, qurgoshin, simob zaxiralari bo‘lib, ular bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘rinlarni egallaydi.

Xitoy o‘zining mavjud yer resurslarining tarkibiy tuzulishi va uning joylashuvi bo‘yicha uchta asosiy xususiyatga egadir:

Birinchidan, unda turli xildagi yerlar mavjud bo‘lib, ular: ekin ekiladigan maydonlar, o‘rmonlar, cho’l hududlari va qirg‘oqlarga bo‘linadi;

Ikkinchidan, tog‘li rayonlar, tog‘ tizmalari va pasttekisliklardir;

Uchinchidan, mamlakatning g‘arbida va shimolida joylashgan qirlar, undagi shimoliy-sharqiy va janubiy g‘arbiy qismidagi o‘rmonlar kiradi.

Hozirgi kunda (2008 y.) Xitoyda ekin ekiladigan yerlarning umumiy maydoni 108 mln.ga. (gektar)ga teng bo‘lib, uning asosiy qismiga dehqonchilik rayonlari xisoblangan mamlakatning shimoliy-sharqiy va shimolida joylashgan tekisliklar hamda Yanszi daryosi bo‘ylari kiradi. Mamlakatning shimoliy-sharqiy qismida bug‘doy, jo‘xori, qand lavlagi, dukkakli ekinlar ekiladi. Shimoliy Xitoy tekisligida esa, paxta, don ekinlari va hosildorligi yuqori bo‘lgan jo‘xori ekiladi.

Xitoy o‘rmonlari 128,63 mln. dan iborat bo‘lib, uning eng yirik massivlari kichik va katta Xingan tog‘ rayonida, Chanbayshan tog‘larida joylashgandir. U yerdagi asosiy daraxtlarning turlari kedr, qayin, chinor va boshqalar hisoblanadi.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish