Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/167
Sana11.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#341529
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167
Bog'liq
tarjimashunoslik

3)  Dramatik  tur. 

Dramatik  tur  drama,  komediya  va  tragediya  kabi  janrlarni  o‘z  ichiga 

oladi. 

Ayrim  asarlar  adabiy  turlarning  o‘zaro  uyg‘unlashuvi  natijasida  yuzaga  keladi.  Masalan, 



she’riy 

roman, nasriy nazm

 kabi. Bunday asarlar 



liro-epik

 turga mansub deb yuritiladi”. 



Janr

  –  fransuzcha  so‘z  bo‘lib,  shakl  va  mazmun  jihatidan  o‘ziga  xos  belgilar  birligiga  ega  bo‘lgan 

san’at  asari  turi.  Badiiy  asarlarning  syujet  va  uslub jihatdan  o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  har  bir 

turi.  Masalan: 



roman,  qissa,  hikoya,  g‘azal,  ruboiy,  drama 

va  hokazo…  Tor  ma’noda  janrning  ichki 

xillanishini  bildiradi: 

tarixiy  roman,  detektiv  roman,  hajviy  roman,  siyosiy  roman,  fantastik  roman

  va 


hokazo. Yoki 

mehnat qo‘shiqlari, muhabbat qo‘shiqlari, hajviy qo‘shiqlar

Har  bir  janr  tarjimasi  o‘ziga  xos  yondashuvni  talab  qiladi.  Masalan,  nasriy  asar  tarjimasida  avvalo 



muallif  uslubini  aks  ettirishi  kerak.  Aytaylik,  T.Murod  o‘ta  xalqona  yozadi,  ta’sirchanlikni  oshirish  uchun 

takrorlardan,  odamlar  ichida  yurgan  gaplardan  mahorat  bilan  foydalanadi.  “Otamdan  qolgan  dalalar” 

romanidan: 

“Kuydi-kuydi – ayolimni tani kuydi. 

Kuydi-kuydi – meni bag‘rim kuydi. 

Kuydi-kuydi – bolalarimni sho‘ri kuydi” (176). 

Kuydi-kuydi – kattalarni nimasi kuydi? 

Kattalarni… oyog‘i kuydi! 

Yoki: 

“Dalalarim – bobolarim sho‘r-sho‘r peshonasi. 



Dalalarim – otalarim yag‘ir-yag‘ir yelkasi. 

Dalalarim – ayollarim xazon-xazon umri” (262). 

2. Asar ritmini berish: oddiy, murakkab, xalqona, milliy, jiddiy yoki hajviy va hokazo. shiddatli yoki 

bosiq hikoya tarzi… 

N.Aminovning “Qo‘l haqqi” hajviyasi: 

“Husndan,  qaddi-qomatdan  qarzimiz  yo‘q.  Bo‘y  –  190,  qosh-ko‘z  qop-qora,  ko‘krak  va  bilaklarning 

juni olti oylik toychoqning yoliday. Ko‘chada yursam, ro‘paramdan chiqqan ayol zotiki bor, besh-yon qadam 

o‘tmasdanoq orqa o‘girilib izimdan qaramay iloji yo‘q”, – deb boshlanadi. 

3. Personajlar nutqi: 

Abdulla  Qodiriyning  “Mehrobdan  chayon”  romanida  Anvarning  ukasi  va  uning  o‘rtoqlari  bo‘lgan 

yigitlarning o‘zaro suhbatiga diqqat qiling: 

“ – Tur Sharif, tur, peshin bo‘lubtu. 

Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi: 

– Ey, qo‘ysang-chi, Rahem. 

– Tur-da, axi, ana Qobelboy ham keb to‘xtabtu. 

Sharifboy yostiqdan burilib, yonidag‘i uchunchi yigitga qaradi: 

– Pala’nat, qachon kelgan ekan? 

– Kim bilsin… Inisini bo uchratdimikin? Kani, uyg‘ot-chi pala’natini… 

–  Ebi,  ebi,  –  dedi  Rahim,  –  burodaring  ahvolini  gapur-da,  axi.  Bar  padari  uyquki,  peshinga  chikin 

bo‘lsa, ko‘chaga bo‘lib yotkan to‘palangni go‘shingga ilasanmi? (609) 

4. Qahramonlar portreti, holatini chizish. 

“Kumushning bu daqiqadagi xolini qalam bilan chizib ko‘rsatish albatta mumkin emas edi. Ul titrar 

edi, ko‘karar edi, to‘lg‘anar edi…” (259) 



 

Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish