57
“Qirol Lir” fojiasida Alboni qirolning shafqatsiz qizlarini arslonga o‘xshatadi. Bu bilan ularning ham
arslon kabi yirtqichligini nazarda tutadi. Lekin o‘zbek tilida arslon ijobiy ma’noga ega: botir, jasur, dovyurak
ma’nolarini bildiradi, mardlik, oliyjanoblik, viqor timsoli bo‘lib keladi. Mard, botir yigitlarni arslonga
o‘xshatadilar. Shuning uchun ham G‘afur G‘ulom tarjima jarayonida bu so‘zga salbiy bo‘yoq singdirish
uchun urg‘ochi so‘zini qo‘shadi: “urg‘ochi arslonlarmisiz”.
Do'stlaringiz bilan baham: |