Tadbirkorlikning
xususiyatlari:
Tadbirkorlik
ob‘ektlari
korxona (firma), daromadli ish.
Tadbirkorlik subyektlari
tadbirkor, ishlab
chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar,
tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma
deganda, mustaqil xo‗jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish
faoliyati bilan shug‗ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‗jalik
faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab
chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‗yicha firmaning mustaqil qaror
qabul qilishi tushuniladi.
Firma
(korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va
manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |