An‟anaviy iqtisodiy tizim
– tabiiy, ya‘ni qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga
asoslanadi.
Alohida iqtisodiy sub‘ektning faoliyat yo‗nalishi, uning ishlab chiqarish
hajmi, u kishini qaysi ijtimoiy guruhga tegishli ekanligini belgilab beradi.
Asosiy iqtisodiy masalalar an‘analarga asoslanib xal qilinadi. Zamonaviy
jamiyatda an‘ana va qadriyatlar faqat insonlarning shaxsiy hayotiga tegishlidir.
Bozor iqtisodiyoti tizimi
- xususiy tadbirkorlik, tanlash erkinligi, raqobat
muhitiga asoslanadi. Bozor iqtisodiyotida alohida sub‘ektlarning shaxsiy
qiziqishlari inobatga olinadi. ―Sof bozor iqtisodiyoti‖ – davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini, boshqaruvini to‗liq inkor etadi. Davlat faqat ―o‗yin qoidalariga‖
rioya qilinishini nazorat qilib turadi. Bozordagi sub‘ektlar faqatgina shaxsiy
manfaatlari, foydalarini ko‗zda tutib, faoliyat olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |