3.4. Kasbiy faoliyat sohasi (KFS)- kasbiy bilim, malaka va ko‗nikmalarning
qo‗llanish doirasidir, uning nomlanishi iqtisodiy sohalari nomlari bilan
moslashtiriladi.
3.5. O‘MKHT ta’lim muassasalaridagi tayyorlov yo‘nalishlari- aniq
kasbiy faoliyat sohasida mutaxassislarga kasbiy ta‘lim berish doirasidir.
Mutaxassislarning kasbiy faoliyatining aniq sohasi bo‗yicha tayyorlov
yo‗nalishlarining nomi mehnat faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali
aniqlanadi.
3.6. Kasb - maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma‘lum bir sohada
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy
ko‗nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, a³liy qobiliyat va
yuridik huquqlarni ta‘minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg‗ulotining)
turidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |