Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 4,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/84
Sana22.02.2022
Hajmi4,91 Mb.
#113695
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84
Bog'liq
2019-3-son

Key words: young generation, harmony, military patriotism, homeland, education, upbringing, 
values, independent thinking, destructive ideas, disease, national mentality, historical figures, historical 
works. 
Har qanday mamlakat o‘z kelajagini yoshlar timsolida, aniqrog‘i, ularni jismoniy va ma’naviy jihatdan 
barkamol, harbiy vatanparvarlik fazilatlari bilan yo‘g‘rilgan etib voyaga yetkazishda ko‘rishi tabiiydir. Bu o‘z 
navbatida mamlakatning kelajagini belgilab beruvchi yoshlarni haqiqiy vatanparvar bo‘lib yetishishiga katta 
imkoniyat yaratadi. Shu sababli, mustaqillikning dastlabki kunlaridan respublikamizda yoshlarning barkamol 
inson bo‘lib ulg‘ayishiga alohida e’tibor berildi. Bu borada, ayniqsa, yoshlarimizning harbiy vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalanishi uchun katta huquqiy, siyosiy, ijtimoiy asoslar yaratildi. Lekin mazkur sohada amalga 
oshirilgan tadbirlarimiz o‘zining asosiy maqsadiga erisha olmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyev bu haqida tanqidiy fikr bildirib “yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va o‘qitish, navqiron avlodimizni bizning xalqimizga mutlaqo 
begona bo‘lgan buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish masalalariga zarur darajada e’tibor qaratilmadi”, deya 
ta’kidladi. Darhaqiqat, yurtboshimiz bildirgan tanqidlar hamda mazkur sohada belgilab bergan vazifalardan 
kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb 
vazifalardan hisoblanadi. 
Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “vatan”, “vatanparvarlik” tushunchalari nimani anglatadi? Bu muqaddas 
tuyg‘u haqida sanoqsiz fikrlar, g‘azallar, kitoblar yozilgan. “Vatan” tushunchasi – keng qamrovli, ko‘p 
ma’noli tushuncha. Inson o‘z kindik qoni to‘kilgan, tug‘ilib o‘sgan diyorini Vatan deydi, ammo har bir inson 
bu tushunchaga o‘z ma’naviy kamolot darajasidan kelib chiqib ta’rif beradi. “O‘z uyim – o‘lan to‘shagim” 
deydi birov, boshqasi tug‘ilgan shahar yoki qishlog‘ini Vatanim, yurtim deydi. Ammo qanday talqin 
etilmasin, muhimi, “Vatan” tushunchasi ma’naviy qadriyatdir. 
“Vatan” tushunchasi ma’naviy qadriyat sifatida inson ongida har xil kamol topadi, vaziyatlardan kelib 
chiqib, turlicha talqin etiladi. Agar ularning barchasi nazarga olinmasa, qiyosiy tahlildan o‘tkazilmasa, yosh 
avlod ruhiga singimaydi, oddiy bir shior darajasida qolib ketaveradi. Vatan (arab. o‘sgan joy, yurt) – 
kishining tug‘ilib o‘sgan o‘lkasi, shahri yoki qishlog‘i, yurt, diyor yohud kishi tug‘ilib o‘sgan va o‘zini uning 
fuqarosi hisoblagan mamlakat, ona yurt. Barcha tinchliksevar mamlakatlar singari O‘zbekiston 
Respublikasida ham inson huquq va erkinligi, davlat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar uchun 
erkin va farovon hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish kabi vazifalari mavjud. Albatta, 
mamlakat yoshlarida bu vazifalarni amalda ta’minlash ko‘nikmasi ortgan, malaka va tajribasi shakllangan 
bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ularda harbiy vatanparvarlik qiyofasi yoshlikdan shakllangan bo‘lishi mamlakat 
taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda ham 2018-yil 23-fevralda O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 140-son Qarori bilan “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” qabul 
qilindi. Unda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga jismonan va ma’nan sog‘lom 
avlodni tarbiyalashga oid yaxlit ta’lim-tarbiya tizimining uzviy va ajralmas qismi sifatida qaralib, O‘zbekiston 
Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari asosida milliy va 
jahondagi ilg‘or tajribalar, bugungi O‘zbekiston hayotidagi real ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un 
ravishda takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilganligi ta’kidlandi. Darhaqiqat, yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasi umummilliy miqyosdagi vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki 
vatanparvar bo‘lmagan inson o‘z yurti, o‘z xalqi uchun qayg‘urmaydi, jonini fido qilmaydi. Zero, o‘zbek 
ma’rifatparvari Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, har bir kishining tug‘ilib-o‘sgan shahar va mamlakatini shu 
kishining Vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq suyar. Hatto, bu Vatan his-tuyg‘usi 
hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z Vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-farog‘atda 
yashamas, maishati talx bo‘lib, har vaqt dilining bir go‘shasida o‘z Vatanining muhabbati turar . Demak, 
inson ongli mavjudot sifatida o‘z Vatanini ulug‘lashi, taraqqiyoti uchun qayg‘urishi, tinchligi, xavfsizligi 
uchun kurashmog‘i uning vatanparvarligidan dalolat beradi. Ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 


117 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
yoshlarni mana shu ruhda tarbiyalash mamlakat ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Asosiy 
qonunimizda “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, 
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida 
tengdirlar”, deyilgan. Ushbu normadan kelib chiqib aytish mumkinki, mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun 
insonparvarlik prinsipidan kelib chiqqan holda bir xil e’tibor qaratiladi. Shu sababali ham ozod va obod 
Vatanimizni sevish va qadrlash, u bilan faxrlanish, uning sarhadlarini mudofaa qilish vatanparvarlik 
namunasidir. Yoki Konstitutsiyamizning 52-moddasida “O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — 
O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki 
muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar”, degan huquqiy normaning kiritilganligi ham har bir fuqaroga 
vatanparvarlik uning ajralmas burchi ekanligi anglatadi. Yoshlarimizda harbiy vatanparvarlik fazilatlarini 
shakllantirishni ularning kichik yoshligidan amalga oshirishimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 
yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik fazilatlarini shakllantirish faqatgina ijtimoiy-ma’naviy masala bo‘libgina 
qolmay, balki O‘zbekiston Konstitutsiyasiga asoslangan holda siyosiy-huquqiy masala ekanligini 
yoshlarimizning ongi va tafakkuriga singdirsak, ularning vatanparvarligini yanada yuqori cho‘qqilarga 
ko‘tarish imkoniyati yuzaga keladi. Vatanga nisbatan chinakam sadoqat uni himoya qilishga ham qodir 
bo‘lishni talab etadi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan mudofaasiga jismonan va 
ma’naviy jihatdan tayyorlash zarurligi hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Umumta’lim o‘quv 
muassasalarida, o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quvchilarni, shu jumladan, oliy 
ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talaba-yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash endilikda 
ta’lim-tarbiya ishlarining barcha tizimlari orqali amalga oshirilmoqda. O‘quvchilarni harbiy vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash barcha turdagi faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalaridan biri 
bo‘lishi darkordir. Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida “Chaqiriqqacha harbiy 
tayyorgarlik” fani, ko‘pchilik oliy ta’lim muassasalarida harbiy kafedralar, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat 
pedagogika universitetida “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi doirasida o‘quvchi va talaba 
yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga e’tibor berilmoqda.
Yoshlar – Vatanimizning, millatimizning kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga ishonib topshirar 
ekanmiz, avvalo, ular zimmalariga yuklatilayotgan murakkab va mas’uliyatli vazifani butun mohiyati ila 
chuqur anglashlari, unga o‘zlarining hissalarini qo‘shishlari lozim. Zero, Vatanni sevish, unga mehr-
muhabbat qo‘yish bevosita har kimning shu yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan bunyodkorona ishlari 
bilan belgilanadi. Milliy o‘zlikni anglashning rivojlanishida milliy vatanparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan, 
teran fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash kata ahamiyatga egadir. Shuning uchun Vatan himoyasiga 
tayyorlanayotgan yoshlarimizning har biri yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi shart.
Vatanparvarlik – yuksak insoniy fazilat hisoblanadi. Alisher Navoiy shahzoda Badiuzzamonga yozgan 
maktublaridan birida maqsad xususida shunday ibratli fikrlarini bayon etgan: “Odamning murod-maqsadi 
bo‘lmasa, balolardan omon qolmaydi. Ammo har kishining murodi ko‘proq bo‘lsa, Haq taolo amriga itoati 
ko‘proq bo‘ladi”. Vatani bor odamning g‘urur-iftixori yuksak, maqsad-muddaosi aniq bo‘ladi. Vatani – 
tog‘dek tayanchi borligini his etgan inson har qanday sinovga, har qanday mashaqqatga doimo tayyor 
turadi. Shiroq, To‘maris, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi xalq 
qahramonlarining jasorati, dushmanga qarshi kurash, Vatan ozodligi yo‘lidagi mardligi va jonbozligi buning 
yorqin tasdig‘idir. Mustaqillik tufayli xalqimiz o‘zining haqiqiy tarixi haqida gapirish huquqiga ega bo‘ldi, 
Vatan ozodligiga erishdi. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi, talaba, tinglovchi va kursantlarda vatanparvarlik 
hissini shakllantirish bosh g‘oyamizning ma’no-mazmunini ularning ong-u shuuriga singdirish vositasida 
amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda vatanparvarlik degan tushunchaning mazmuni noto‘g‘ri talqin etilib, 
unga bir tomonlama tavsif beriladi. Ya’ni vatanparvar deganda harbiy jasorat yoki qahramonlik ko‘rsatgan 
shaxslar nazarda tutiladi. Bizning fikrimizcha, bu vatanparvarlikning muayyan bir ko‘rinishidir. 
Vatanparvarlikning ko‘rinishlariga mustaqil fikrlash, ma’naviyatlilik kabilar kiradi va shuningdek, maxsus 
kasbga ega bo‘lish ham uning qirralarini ko‘rsatib beradi. Haqiqatan ham, mustaqil fikr bo‘lmagan joyda 
tobelik, ma’naviy tahdid mavjud bo‘ladi. Mustaqil fikrga ega bo‘lgan inson hech qachon o‘zgalarga qaram 
bo‘lmaydi. Mustaqil fikr yaratuvchanlik va bunyodkorlikning ma’naviy yo‘lidir. Vatanparvarlikning shakli 
bo‘lgan mustaqil fikrlash mavjud bo‘lmagan joyda esa sotqinlik boshlanadi. Demak, yoshlarimizni mustaqil 
fikrlashga o‘rgatishimiz ularni nopok yo‘llardan asrab qoladi. Bejizga hadislarda “yoshlikda olingan bilim 


118 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
toshga o‘yilgan naqsh kabidir” deyilmagan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bu haqida bildirgan 
quyidagi fikrlari hammamiz uchun dusturulamal vazifasini o‘tashi kerak: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining 
barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali 
vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu 
fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda 
istardim: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, 
jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe 
va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”. Yoshlarda harbiy 
vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish adolatparvarlik bilan ham mustahkam bog‘liq. Inson umriga ma’no-
mazmun baxsh etuvchi adolat haqiqatga rioya qilishda, har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘ya bilishda namoyon 
bo‘ladi. Johillik, yalqovlik va bekorchilik, xudbinlik va hasadgo‘ylik, qo‘rqoqlik, jur’atsizlik va takabburlik oxir-
oqibatda Vatan taqdiriga befarqlikni vujudga keltiradigan illatlardan hisoblanadi. Bekorchilik – har qanday 
iste’dod uchqunini o‘chirib, boshlangan har qanday ezgu niyat va intilishlarni yo‘qqa chiqaradigan, qo‘lga 
kiritilgan muvaffaqiyatlarning boy berilishiga olib keladigan illat. Bekorchilik oqibatida inson o‘z hayotida 
xayoldan va xohish-istakdan nariga o‘ta olmaydi. Inson umri oqar suv kabi tez o‘tib ketadi. Xalqimiz 
maqollaridan birida ta’kidlanganidek, “O‘tgan vaqt yo‘qolgan oltindan qimmat”. Shunday ekan, biz har bir 
soniya va imkoniyatdan oqilona foydalanishga intilishimiz lozim. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni harbiy 
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda biz xalqimizning ming yillar davomida shakllanib va rivojlanib 
kelayotgan milliy mentalitetiga, ajdodlarimizning, tarixiy shaxslarimizning asarlari va fikrlariga, tarixiy 
asarlarga asoslangan holda faoliyatimizni tashkil etishimiz muhim o‘ringa ega. Bu esa o‘z navbatida 
yoshlarimizda Vatan ravnaqiga g‘ov bo‘ladigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularga nisbatan murosasiz 
bo‘lish ham Vatanga muhabbat hissini kamol toptirishiga xizmat qiladi. 

Download 4,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish