Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
1. Oilaning ziyolilik darajasi; 
2. Oilada o‘quvchining bilim olishi uchun yaratilgan qulay sharoit;
3. Аxborot texnologiyalaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish; 
4. O‘quvchining bolalar bog‘chasida tarbiyalangan bo‘lishi va taʼlim olishni mumkin qadar erta 
yoshdan boshlaganligi; 
5. Oilada taʼlim muhitining yo‘lga qo‘yilishi; 
6. O‘quvchining qo‘shimcha darslarga, repetitorga qatnaganligi: 
7. Ota-onalarning farzandlari o‘qiydigan maktabni tanlashga masʼuliyat bilan yondashuvi; 
8. Ota-onalarning maktab hayotida faol ishtirok etishi; 
9. Ota-onalarning o‘z farzandlari bilan ijtimoiy yoki siyosiy masalalarda tez-tez suhbatlashib 
turishi; 
10. Ota-onalarning o‘qish va matematika fanlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi. 
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinadiki, bolalarning funksional salohiyatga ega bo‘lishlari ko‘p 
jihatdan ularning ota-onalariga hamda oilada shakllantirilgan muhitga bog‘liq ekan. 
Barcha ota-onalarni birdaniga maʼlumotli qilish yoki yuksak salohiyatli qilib yetishtirish – bu 
qiyin masala. Lekin bugungi kompyuter-axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, imkoniyatlar 
kengayib, hayotimizning har bir jabhasiga, hatto, oilalarga ham kirib kelayotganligi bu masalani 
kompyuter vositalari orqali maʼlum darajada hal qilish imkonini beradi. Sir emaski, bugungi kunda 
bolalar, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarning kompyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishlari haddan ortiq 
ravishda kuchayib bormoqda. Bu esa ota-onalar va pedagoglarni jiddiy havotirga solmoqda. Аlbatta, 
axborot-kommunikatsion texnologiyalarning jadal surʼatlarda rivojlanishi fan-texnikaning mislsiz 
taraqqiyoti, asrimizning buyuk mo‘jizasidir. Uning imkoniyatlaridan aniq maqsadlarda, meʼyor bilan 
foydalanish uni ilm o‘chog‘iga aylantirishi va yoshlarni axborot dunyosiga mos holda munosib 
tarbiyalash imkonini berishi mumkin. Hozirgi globallashuv jarayonida hamma ota-onalar ham 
farzandining taʼlim-tarbiyasi bilan to‘laqonli shug‘ullanish imkoniyatiga ega emas. Bunday ota-
onalarning farzandlariga taʼlim va tarbiya berishlari uchun sarflaydigan vaqt oralig‘i bola uchun 
bo‘shliqqa aylanmoqda.
Albatta, bu bo‘shliq kattalar tomonidan turli usullarda to‘ldirilmoqda. Ular orasida eng 
ommalashgani hozirgi zamon axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan mukammal, maqsadli va reja 
asosida bo‘lmasa-da, foydalanish.
Xususan, ota-onalar farzandlarini o‘zlari tarbiyalash o‘rniga bu ishni turli xildagi virtual olam 
o‘yinlari ixtiyoriga topshirib qo‘ymoqdalar. Masalan: televizor, radio, turli xil kompyuter yoki mobil 
qurilma o‘yinlari, multimedia vositalari va shu kabilar. Lekin, bola nimani ko‘rayotgani, qanday 
o‘yinni o‘ynayotgani va qanday xulosa chiqarayotgani kattalar tomonidan eʼtiborsiz qoldirilmoqda. 
Bo‘shliqni shunchaki to‘ldirish – bu o‘ta masʼuliyatsizlik. Uni maqsadga yo‘naltirish kerak. 
Kompyuterning zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirish, bilim olish, aqliy rivojlanish 
vositasiga aylanishi oiladagi muhitga, ota-onalarning tanlovi va dunyoqarashiga bog‘liq. Buning 
uchun farzandlarga kompyuterning ijobiy va salbiy tomonlarini to‘g‘ri tushuntirish, bolalarning bo‘sh 
vaqtlarini samarali tashkil etish, ularning gadjetlardan foydalanishlarini boshqarish va bir maqsadga 
yo‘naltirish lozim. Kompyuter yordamida kerakli maʼlumotlarni egallash, u yoki bu fan asoslarini 
o‘rganishga mo‘ljallangan, tafakkurni teranlashtiruvchi, mantiqiy mushohadani rivojlantiruvchi 
o‘yinlar o‘ynash, til o‘rganish, rasmlar chizish, turli musobaqalarda ishtirok etish, xullas, vaqtni 
unumli o‘tkazish ham mumkin. Muhimi, meʼyor chetlab o‘tilmasa bo‘lgani
1
. Yuqoridagi maqsadni 
amalga oshirish yo‘lidagi tadqiqotlar natijasida mualliflik huquqi asosida pedagogik maqsad – kichik 
yoshdagi bolalarning matematik salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan
1
M.Badalov, H.Najmiddinova, G‘.Maxmudaliyev. “Quvnoq shakllar” dasturi uchun Oz.R. Intellektual mulk agentligi guvoxnomasi DGU № 
04288, T. 10.03.2017. 


39 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish