183
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
boʻlayotgan bunday pasayishlar yosh avlodning intellektual rivojlanishiga taʼsir etmay qolmaydi. Bu
holat esa oʻqituvchilardan oʻquvchilarga bir fan doirasida bogʻliqliklar
asosida turli hodisalarni
oʻrganishni taqozo etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim va oʻrta maxsus kasb-
hunar taʼlimining Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2017-yil 6-aprel 187-son)
qarorida koʻrsatib oʻtilganidek, tabiiy va aniq fanlarni oʻqitishda integratsion taʼlim muhim ahamiyat
kasb etadi. Ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulugʻbekning matematika,
astronomiya,
geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor, sifat oʻrtasidagi
aloqadorlik, uning hayotiy ahamiyati hamda tabiiy va ijtimoiy bilimlarning birligi masalasi haqida
fikrlari bayon etilgan. Bir qator ilmiy ishlar boshlangʻich maktablarda fanlararo va fanlar ichidagi
bogʻliqliklar muammosiga bagʻishlangan boʻlib, oʻquv qoʻllanmalari
integratsiyasini asta-sekin
yaratib, yoʻlga qoʻyish masalalariga qaratilgan. Masalan: T.L.Ramzayev, G.N.Akvilev, N.Y.Vinelkin,
G.V.Beltyukov va boshqalar. XIX asr va XX asr boshlarida integratsiya gʻoyasi ilgʻor gʻoyalar qatori
qadrlangan. Nomdor taʼlim islohotchisi Dj. Dyun farzandni quyosh qatori qoʻyib, uni pedagogika
markazi deb, oʻquv dasturlarini takomillashtirishning yangi prinsiplarini ilgari surdi.
Boshlangʻich sinflarda matematik tenglamalar asosida integratsiyalashgan darslardan
foydalanish samaradorligini aniqlash maqsadida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi beshta
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tajriba-sinov ishlarini olib bordik. Ushbu maqsadda 10 soatlik dars
mashgʻulotlarini kuzatdik. Tadqiqot davomida kuzatish, anketa soʻrovlari, suhbat,
pedagogik
eksperiment kabi ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalandik. Anketa soʻrovlarida jami 20 nafar
boshlangʻich sinf matematika oʻqituvchilari ishtirok etdilar. Soʻrov natijalari tahlili koʻrsatishicha,
boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan 12 nafari (60 %) matematika darslarida integratsiya
tushunchasining asl mohiyati haqida maʼlumotga egalar. 5 nafar (25 %) oʻqituvchi umumiy holda fikr
bildirdilar, qolgan 3 nafar (15 %) oʻqituvchi esa hech qanday maʼlumotga ega emasliklarini
taʼkidladilar. Oʻqituvchilar bilan suhbat jarayonida taʼlim jarayonini matematik tenglamalar asosida
integratsiyalash haqida qisqagina tushuntirish ishlarini olib bordik va umumiy maʼlumotlar berdik.
Shundan soʻng boshlangʻich sinflarda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishga oʻqituvchilarning
munosabatlarini bilishga qiziqdik. Anketa soʻrovlarida ishtirok etgan 20 nafar oʻqituvchidan 18 nafari
(90 %) boshlangʻich taʼlim jarayonida matematika darslarida tenglamalar mavzusini boshqa fanlar
bilan bogʻlab oʻqitish taʼlim samaradorligini oshirishga va oʻquvchilar dunyoqarashini rivojlantirishga
yordam berishini taʼkidlab, uni amaliyotda keng qoʻllash tarafdori ekanliklarini aytib oʻtdilar. Faqat
2 nafar (10 %) oʻqituvchini integratsiyalashgan taʼlimni qoʻllash borasida muammolar va metodik
imkoniyatlar kam ekanligini taʼkidlab oʻtdilar. Matematik tenglamalarni
fanlararo aloqadorlik
asosida oʻqitish borasida koʻpchilik oʻqituvchilar (12 nafar-60 %) oʻqish va ona tili darslari bilan, (5
nafar – 25 %) oʻqituvchilar tabiiy fanlar va oʻqish darslari bilan, (3 nafar – 15 %) oʻqituvchilar aniq
fanlar va oʻqish darslari bilan integratsiyalashgan holda tashkil etish mumkinligini koʻrsatib oʻtdilar.
Soʻrovda ishtirok etgan oʻqituvchilarning barchasi boshlangʻich sinflardan boshlaboq matematik
tenglamalar asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish tarafdori ekanliklarini aytib oʻtdilar
va bunday darslar oʻquvchilar tafakkurini oʻstirishga yordam berishini (8 nafar, 40 %), taʼlim
samaradorligini oshirishga xizmat qilishini (4 nafar, 20 %), tabiat va jamiyat oʻrtasidagi aloqadorlikni
toʻgʻri anglashga (3 nafar, 15 %), har bir fan ichidagi vertikal aloqadorlikni yoʻlga qoʻyishga xizmat
qilishini (5 nafar, 25 %) taʼkidladilar. Soʻrovda ishtirok etgan oʻqituvchilar integratsion taʼlimni yoʻlga
qoʻyish uchun oʻqituvchilarni metodik jihatdan tayyorlash (10 nafar, 50 %), metodik qoʻllanmalar
nashr ettirish (10 nafar, 50 %) va bu sohadagi tajribalarni ommalashtirish lozimligi haqidagi fikr-
mulohazalarini bildirdilar. Soʻrovnoma natijalari asosida shu narsa maʼlum boʻldiki, 10-15 yillik ish
tajribasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar matematik tenglamalar asosida taʼlim jarayonida oʻquv
fanlararo aloqadorlikni taʼminlashga harakat qilishlarini namoyon qildilar. Shu bilan bir qatorda