TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
5
boshqalar shaklida aks ettirishga olib keladi. Ularning barchasi bir-biri bilan
chambarchas bog‗liq, harakatchan va birgalikda insonning virtual ta‘lim maydoni deb
atash mumkin bo‗lgan narsani shakllantiradi. Bu makon o‗quvchining hissiyotlari,
hissiy-obrazli va intellektual qobiliyatlaridan foydalangan o‗quvchining faoliyati
orqali o‗zi uchun uning tashqi sohalarini kashf etib, tashqi dunyoga kengayib
borishga qodir [4].
Raqamli qurilmalardan foydalanish maxsus tashkil etilgan muhit, o‗zaro
aloqalar va uning darajalari o‗zgarishida ifodalangan ta‘lim formatlaridagi
o‗zgarishlar, pedagoglardan o‗zlarida yangi maxsus, jumladan, raqamli
texnologiyalar bilan bog‗liq ko‗nikmalarni shakllantirishni talab etdi [3; 6; 7; 12];
Ta‘kidlash muhimki, ―Raqamlashtirish‖ tushunchasi mazmunan nafaqat
o‗zaro aloqaning raqamli usulini va raqamli qurilmalar yordamida ma‘lumotlarni
uzatishni, balki insonning inson bilan va jamiyat bilan aloqasi paradigmasining
o‗zgarishini, nafaqat ma‘lumotlarni raqamli ko‗rinishga o‗tkazishni, balki
infrastrukturaviy boshqaruv, xulq-atvor, madaniy xarakterdagi kompleks yechimni
anglatadi.
Raqamlashtirish - analog signalni diskret signalga aylantirish jarayoni, ya‘ni
analog ma‘lumotlarni raqamli, kompyuter muhitida mavjud bo‗la oladigan va
mashina o‗qiydigan tashuvchilarda saqlanadigan shaklga o‗tkazish. Analog
tasvirlarni raqamlash ko‗pincha skaner yordamida bajariladi [1].
Shunday qilib, biz raqamlashtirishda internet va mobil aloqaning
rivojlanishini asosiy omil sifatida ayta olamiz. Ta‘limning raqamlashtirilishi mehnat
bozorida talab qilinuvchi yangi qo‗nikmalarning shakllanishiga bo‗lgan ehtiyojni
aniqlashga olib keladi va pedagogning rolini qayta ko‗rib chiqish hamda ta‘lim
jarayonini qayta tashkillashtirishga qaratiladi.
Raqamlashtirish nafaqat matn ko‗rinishida balki, ovozli va vizual
ko‗rinishlarda ma‘lumotning turli shakllarda mavjud bo‗lishini ta‘minlaydi.
Axborotning mavjud bo‗lishi, uni doimo izlash, kerakli va qiziqarli bo‗lgan kontentni
tanlash unga ishlov berishning yuqori tezligini talab qiladi. Binobarin, ta‘limni
raqamlashtirish tizimni tubdan sifatli darajada qayta tuzishga olib keladi [14].
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichi fan, ishlab
chiqarish va xizmat ko‗rsatishning barcha tizimi transformatsiyasi va integratsiyasini
talab etadi. Jumladan ta‘limdagi innovatsion jarayonlar shakllanayotgan raqamli
texnologiyalar asosidagi ta‘lim muhiti sharoitida pedagog kadrlarni tayyorlash
jarayonini amalga oshirish uchun muammolarni hal qilish kun tartibidagi masalaga
aylandi. Shuni ta‘kidlash kerakki, e‘tiborga olingan holatlar o‗z mohiyatiga ko‗ra
nafaqat pedagogik faoliyatni murakkablashtirishni shart qilib qo‗yadi, balki bo‗lajak
pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida ijtimoiy tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlikni
yo‗lga qo‗yish va rivojlantirib borishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |