Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Download 146,85 Kb.
bet23/24
Sana27.05.2020
Hajmi146,85 Kb.
#57055
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Murodova E'zoza Kurs ishi Iqtisodiyot nazariyasi fanidan

Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlari.

Bunday faoliyatlarning hammasi davlat tomonidan tegishli davlat organlarining bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Buni umumiy faoliyat va maxsus faoliyatga bo’lish mumukin. Umumiy faoliyatga Vazirlar Mahkamasi, mehnat vazirligi, hokimiyatlarni kiritish mumkin. Jumladan, Vazirlar, mahkamasi har yili ishchi o’rinlari vujudga kelayotgan hududlarni aniqlab, Respublika hukumati tomonidan rag’batlantiriladi. Mehnat vazirligi ish bilan ta’minlash to’g’risidagi qonunlar qanday bajarilayotganligi ustidan nazorat o’rnatadi. Hokimiyatlar esa har bir hududning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, aholini ish bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi.

Aholini ish bilan ta’minlashda qatnashadigan davlat organlariga, birinchi navbatda, aholini ish bilan ta’minlash davlat xizmati (maxsus faoliyat) ni kiritish mumkin. Uning vakolatiga quyidagilar kiradi:

-mehnat bozori holatini tahlil qilish va oldindan aytib berish, hamda tegishli axborot tarqatish;

-bo’sh ishchi o’rni va ishga joylashtirishni so’rab murojaat qilgan fuqarolar hisob-kitobi;

-ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat qilgan fuqarolarga ish bilan ta’minlash imkoniyatlari, har bir kasbga xodimga qo’yilgan talablar, ish beruvchilarga ega ishchi kuchi bilan ta’minlash to’g’risida maslahatlar berib turish;

-fuqarolarga munosib ish tanlashda ish bilan ta’minlovchilarga esa zarur xodimlarni tanlashda yordam ko’rsatish;

-ishlamaydigan fuqarolarga kasb o’rgatish, ularni qayta o’qitish va malakasini oshirish;

-ishga joylashish bo’yicha xizmat ko’rsatish bo’shayotgan xodimlarga va ishsiz aholiga kasb tanlashda yordamlashish;

-ishsizlarni ro’yxatdan o’tkazish, ularga yordam ko’rsatish.

Aholini ishga joylashtirish davlat xizmati bu vazifalarni bajarish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlardan tuzilmada bo’ladigan o’zgarishlar va boshqa tadbirlar to’g’risida zarur ma’lumotlar olish huquqiga ega, chunki bunday o’zgarishlar natijasida xodimlar ishdan bo’shatilishi yoki bo’sh ishchi o’rni hosil bo’lishi mumkin. Shuningdek-ishning tavsifi va shart-sharoitlari ham ma’lum qilib turilishi;-barcha turdagi korxona, muassasa, tashkilotlarga fuqarolarning ishga joylashtirish uchun yuborilishi;

-korxona, muassasa, tashkilotlarda ishga joylashni bron (saqlangan ish o’rni) joriy qili shva muhtojlarni ijtimoiy muhofaza qilish yuzasidan hokimiyatga taklif kiritish;

-korxona muassasa va tashkilot ishonch qog’ozi bo’yicha fuqarolar bilan ish joyiga borish uchun yo’l haqini qoplash yuzasidan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish; -ish bilan ta’minlanmagan fuqarolarning shtatiga qarab, ularni haq to’lanadigan jamoat ishlariga yuborish; -ishsizlarga yordam ko’rsatish fondi hisobidan ishsizlarga kasb o’rgatish va qayta o’qitish;

-belgilangan tartibda ularga ishsizlik nafaqasini berish

  Ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga ishga joylashish masalasida ishidan ajralgan, birinchi marta ishsiz qolgan, shuningdek, uzoq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan har bir fuqaro murojaat qilishi mumkin. Agar ish bilan ta’minlash xizmati 1 kun davomida uni ish bilan ta’min etmasa, 11-kuni ishsiz maqomini oladi. Ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etgan dan keyin 10 kun davomida taklif qilingan ishdan ikki marta bosh tortgan shaxs ishlik maqomiga ega bo’lmaydi, ammo u 30 kalendar kundan so’ng, umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida ish bilan ta’minlash xizmatida yangidan ro’yxatga olinadi. Agar biror shaxs mehnatbirjasi hisobida turganda ilgarigi ixtisosi bo’yicha ishlash qobiliyatini yo’qotsa yoki zaruriy kasb malakasi bo’lmaganligi sababli munosib ish topolmagan bo’lsa, yohud ishsizning kasb malakasiga mos ish bo’lmaganligi munosabati bilan kasbni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa, ish bilan ta’minlash davlat xizmati uni kasb tayyorgarligidan o’tadigan, qayta tayyorlaydigan yoki boshqa kasbga o’qitadigan joyga yuboradi. Bu vaqtda unga stipendiya beriladi, o’qigan vaqti esa umumiy mehnat stajiga kiradi.

Belgilangan taritbga ko’ra, ishsiz deb tan olingan shaxs ishsizlik nafaqasini oladi, bu ishini va ish haqini yo’qotgan yoki uzoq tanafusdan keyin o’z ishiga tiklanishga xarakat qilib yurganlar uchun 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar haftasidan oshmasligi, ilgari ishlamagan yoki birinchit marta ish qidirayotgan shaxslar uchun 13 haftadan oshmasligi kerak. 16 yoshgacha bolasi yoki qaramog’ida boshqa boqimandalar bo’lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz ko’ppayadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida faol ravishda ish izlashi va kamida har ikki haftada bir marta ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga uchrashib qo’yishi kerak. Uzrsiz sabablarga ko’ra, belgilangan muddatda ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga kelmaganda, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatilganda nafaqa berish 3 oygacha to’xtatib qo’yilishi yoki nafaqa miqdori qisqartirilishi mumkin.

Korxona, muassasa, tashkil etilishi va shtatlar qisqartirilishi bilan bog’liq bo’lgan shaxslarni ishga joylash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday shaxslar ishdan bo’shatilayotganligi to’g’risida ikki oy oldin shaxsan qo’l qo’ydirilib ma’muriyat tomonidan taqdim etiladi. Ma’muriyat xodimni ishdanbo’shayotganligi to’g’risida ogohlantirish bilan birga unga shu korxona, muassasa va tashkilotning o’zida boshqa ishni yozma ravishda taklif qilib ko’rishi kerak. Bu ham ishga joylashtirishning bir shakli bo’lib, farqi shundaki, bu vazifani ishga joylashtiruvchi organ emas, balki korxona, muassasa hal qiladi. Korxona faoliyatining tugatilishi munosabati bilan xodim ishsiz qolsa, ularni ish bilan ta’minlash majburiyati shu korxona, muassasa, tashkilotni tugatish haqida qaror qabul qilgan organ zimmasiga yoki yuqori organ zimmasiga tushadi.

Korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi, qayta tashkil etilishi, shuningdek, shtatlarning qisqartirilishi bilan bog’liq xodimlar ishdan bo’shatilganda, birinchidan, o’rtacha bir oylik maoshi miqdorida pul beriladi, ikkinchidan, ish qidirish davrida o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi, ammo bu davr ikki oydan oshmasligi kerak. Agar xodim ishdan bo’shatilgandan keyin o’n kun davomida ish bilan ta’minlash davlat xizmatida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatdan o’tsa, unda u ilgarigi uchunchi o’rtacha oylikni olish huquqiga ega bo’ladi. Shtat qisqartirilishi, korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimning umumiy mehnat staji pensiyaga chiqish imkoniyatini bersa, qonunda belgilangan muddatdan ikki yil avval pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’ldilar.

Oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtini ishlab chiqarishdan ajralgan holda tugatganlarni ish bilan ta’minlash bir necha usullarda amalga oshiriladi. Kontrakt yoki o’yllanma bitiruvchiga alohida korxona, muassasa, tashkilotbilan mehnat munosabatiga kirishish va ayni vaqtda ulardano’quv yurtida olgan ixtisosi bo’yicha ish bilan ta’minlashni talab qilish huquqini beradi. Bu hujjat ko’rsatilgan korxona, muasasa, tashkilotga yuborilgan ishchi va mutaxasisni qabul qilish, ularni o’z ixtisosi va malakasi bo’yicha ish bilan ta’minlash, normal ishlab chiqarish va turar-joy sharoiti yaratish va qonunda belgilangan ish haqi to’lash majburiyatini yuklaydi. Oliy, o’rta, o’rta-maxsus va professional-texnika o’quv yurtlarini bitiruvchilarni qabul qilishdan bosh tortgan korxona, muassasa, tashkilotlar o’rtacha yillik ish haqi miqdolrida jarima to’laydilar. O’quv yurtini bitirganlar kontrakt yoki yo’llanmada kelishilgan ishga joylashishidan bosh tortsa yoki kelmasa, undan o’qishi uchun sarflangan harajat undiriladi.

Jiddiy talofotlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat ish bilan ta’minlashni oshirish siyosatini o’tkazadi. CHunonchi, ishsizlikning friktsion va yashirinchi, turlari o’sganda davlat:

-qaytadan kasb o’rgatadi;

-ta’lim berish tizimini kengaytiradi;

-bo’sh ish joylari haqidagi axborotlarni keng tarqatadi;

-mehnat birjalariga investitsiyalarni ko’paytiradi.

Agar ishsizlik davriy xususiyat kasb etsa, davlat byudjet, fiskal, kredit-pul munosabatlari va vositalarini ishga soladi, ya’ni:

-ish bilan ta’minlashni kuchaytirish uchun ishlab chiqarishga ko’proq mablag’ sarflaydi;

-tadbirkorning manfaatdorligini oshirish uchun suda, hamda kreditlarning foiz stavkalarini pasaytiradi;

-ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarga solinadigan soliqlarni kamaytiradi.

Bu tadbirlardan tashqarii, davlat mehnat bozorini tashkil etish va tartibga solishda:

-aholi soni, yo shva jinsi salmog’idagi o’zgarishlarga;

-ish bilan bandlikdagi tarmoq va hudud o’zgarishlariga,

-qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mezonlariga;

-ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuvi kabi omillarga alohida e’tibor beradi.

Ishsizlikni kamaytirishning iqtisodiy tadbirlaridan eng asosiysi xalq xo’jaligi tarmoqlarida bozor talabiga muvofiq kichik korxonalarni barpo etishdir. Bunga esa:

-mehnat unumdorligini oshirish;

-ish joylarining moddiy-texnikaviy, texnologiya va sarmoya ta’minotlarini yaxshilash;

-yangi noqishloq xo’jaligi mehnati zonalarini tashkil etish;

-ishlovchilar moddiy manfaatdorligini oshirish;

-oqilona soliqlar orqali erishish mumkin.

Binobarin, kichik korxonalarni tashkil etish quyidagi tamoiyillarga asoslanadi:

1.Ishlab turgan korxona (tashkilot) tarkibidan bir yoki necha tarkibiy bo’linmagan ajralib chiqishi.

2.Birlashmaning tarkibiy birligi bazasida kichik korxona tashkil etish.

3.Kichik korxonani muayyan umumiy maqsadlarni amalga oshirish uchun sa’y-harakat va resursni birlashtirishni ko’zlaydigan muassasa, korxona, tashkilot, fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etish.

O’zbekiston Respublikasida kichik korxonalarning quyidagi turlari bor:

1.Davlat mulkiga asoslangan kichik davlat korxonalari.

2.Jamoa mulkiga asoslangan kichik shirkat korxonalari, kichik aktsiyadorlik korxonalari, xo’jalik jamoalari va shirkatlarning kichik korxonalari, jamoa va diniy tashkilotlarning kichik korxonalari.

3.Fuqarolarning mulkiga asoslangan

-yakka tartibda ishlaydigan va oilaviy kichik korxonalar.

4.Kichik ijara korxonalari.

5.Kichik qo’shma korxonalar.

Shuningdek , O’zbekistonda 2019-yilnig yanvar – sentabr oylarida ishsizlik darajasi 8,9 %ni tashkil etdi . Qayd etilishicha , sentabr oyida vazirlikning Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi respublikaning 108ta shahar va tumanlarda navbatdagi ijtimoiy so’rovni o’tkazdi . Unda 485 fuqarolarni o’zini- o’zi boshqarish organlari , 4.9 mingta uy xo’jaliklari hamda 26008 nafar ruqaro qamrab olindi .

Tadqiqot natijasi shuni ko’rsatganki , ishsizlik darjasi iqtisodiy faol aholining 8,9%ini tashkil etgan . Bu ko’rsatkich 2019-yilning yanvar – iyun oylari bilan solishtirganda , 0.2%ga pastroq . 2018-yilning mos davriga nisbatan esa ishsizlik darajasi 0.1 %ga pasygan .

2019-yilda ilk bor rasmiy sektorda band aholi soni ortdi . Uning ko’rsatkichi 9 oy davomida 307.9 mingni tashkil etib , 5691.2 ming kishiga yetdi .

Respublikadan tashqariga ishga ketganlar soni 2.6 mln kishini tashkil etgan.

2019-yilning yanvar –sentabr oylarida aholini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish maqsadida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko’maklashish markazlariga 595 707 fuqaro ish topishga yordam so’rab murojaat qilgan (ular orasida 30 yoshgacha bo’lganlar soni 213 707 nafarni tashkil etgan).Murojatchilarning 267 470 nafari ish bilan ta’minlandi , 216 778 kishi jamoat ishlariga jalb qilindi . 30645 nafar fuqaro kasbga o’qitishga jalb qilingan bo’lsa , 47 960 nafar fuqaroga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi fuqarolarga moddiy yordam shaklida Davlat jamg’armasi hisobidan subsidiya va grantlar taqdim etish yo’lga qo’yildi Xususan 10666 nafar ishsizga 8.9 mlrd so’m miqdorda subsidiyalar , shuningdek ishsizlarni kasb –hunarga o’qitayotgani uchun ish beruvchilarga ham shu turdagi moddiy rag’bat ko’rsatilgan.



Xulosa

Olimlarning fikricha, bir yil ishsiz yurish umrning besh yilga qisqarishi bilan barobar ekan. Ishsizlik insonda ruhiy siniqlik, befarqlik, jinoyatga moyillik, jamiyatdan va atrofdagilardan sababsiz norozilik, oiladan sovish kabi zararli illatlarni paydo qiladi. Borgan sari ma’naviy qashshoqlashgan inson jamiyatning eng xavfli bo‘g‘iniga aylanadi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, ertangi kun avlodlarini yanada yaxshi yashashi yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda.

Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida, avvalo, xalq farovonligini ta’minlash va inson erkinligini himoya qilish, kelajak avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, yigit-qizlarning kasblar bo‘yicha bilim va mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning bandligini ta’minlash kabi oliy maqsad mujassam.

Yoshlar ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, 3 mingdan ortiq ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarga o‘qitildi. Shundan ming nafari milliy hunarmandchilikning gilam to‘qish, ganchkorlik, teridan, daraxtdan va temirdan badiiy mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha “ustoz-shogird” usulida kasbga tayyorlandi.

Ayni kunda yurtimizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining qariyb 75 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, 2018 yil yanvar-mart oylarida tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan 122,5 ming nafar fuqarodan 53,8 ming nafarining doimiy ishga joylashishiga ko‘maklashilgan.

Mazkur vazirlikning tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlari tuzilmasida umumiy 300 shtat birligida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqayotgan fuqarolar bilan ishlash sektorlarini tashkil etdi. Sektorlar xodimlari uyma-uy yurib, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarni aniqlamoqda hamda ular bilan chet elga xavfsiz chiqish va imtiyozli tariflarda temir yo‘l va aviachiptalar sotuvi mexanizmi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish va targ‘ibot ishlarini amalga oshirmoqda.

– Firibgarlik, tovlamachilik, bezorilik kabi jinoyatlar, zo‘ravonlik va turli yot g‘oyalar bilan to‘qnash kelish – bularning barchasi bir ishning boshini tutmaslikdan kelib chiqadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy himoya bo‘limi bosh mutaxassisi Bunyod G‘ofurov. –Mamlakatimizda aholining 60 foizini yoshlar tashkil etar ekan, ularning ilm olishi, kasbiy mahoratini oshirishi va bandligining ta’minlanishi dolzarb masala hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda yurtimizda 843 ming 300 dan ziyod uyushmagan yoshlar borligi aniqlangan. Joriy yilning 30 aprelidan respublikamizning barcha tuman, shaharlarida “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash haftaligi”ga start berildi. Haftalik davomida uyushmagan yoshlar uchun, sport musobaqalari, salomatlik aksiyalari, milliy xalq o‘yinlari, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishda tadbirlar, uyushmagan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va bandligini ta’minlash, yoshlarni ijtimoiy himoya qilishga doir loyihalarni amalga oshirish orqali 500 mingga yaqin uyushmagan yoshlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish maqsad qilingan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 29 mingga yaqin uyushmagan yoshlar qamrab olindi. Ulardan 800 ga yaqini ishga joylashtirildi, mingdan ziyod yoshlar tadbirkorlik faoliyatiga o‘qitildi, 500 ga yaqiniga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi, “ustoz-shogird” an’anasi bo‘yicha usta-hunarmandlarga biriktirildi.

“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Men ishga joylashdim” nomli sahifaning bugungi kunda uch mingdan ortiq foydalanuvchisi mavjud. Ushbu sahifa orqali har kuni mamlakatimiz bo‘yicha 100 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda.

Xorijga ishlashga ketayotganyoshlar uchun xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligi va til o‘rgatish bo‘yicha 190 ta bepul to‘garak tashkil etildi.

Asosiysi, mamlakatimizda yoshlar muammolarini, xususan, ishsizlik masalasini hal etishga jiddiy yondashilmoqda.




Download 146,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish