Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 Zamonaviy raqobat sharoitida innovatsion marketing texnologiyalarining



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

2.3. Zamonaviy raqobat sharoitida innovatsion marketing texnologiyalarining 
shakllanishi  
 
Korxonalar  o‘rtasida  raqobatning  yangi  shakllarini  yuzaga  kelishi  bozorga 
moslashish,  unda  faoliyat  yuritish  va  innovatsion  marketing  strategiyalaridan 
samarali  foydalanish  dolzarbligini  oshiradi.  Bu  borada  innovatsion  yondashuv 
korxonalar  uchun  strategik  raqobatni  ta’minlovchi  muhim  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi. 
Avtomobil  sanoat  korxonalarining  ichki  va  tashqi  bozorlarda  barqaror  faoliyat 
yuritishini  ta’minlovchi  marketing  strategiyasini  shakllantirish  O‘zbekiston 
iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.  
Korxonalar  raqobatbardoshligini  ta’minlashga  qaratilgan  bir  qator  ilmiy 
tadqiqotlar  amalga  oshirilgan  bo‘lib  ularni  tizimlashtirish  orqali  marketing 
strategiyalarini  raqobatbardoshlikni  oshirishning  asosiy  vositasi  sifatida  qarash 
maqsadga muvofiqligi asoslanadi.  
Aghion,  Bloom,  Blundell,  Griffith,  and  Howittlarning  nazariyalarida
7
  tovarlar 
bozoridagi  raqobat  va  innovatsiyalar  o‘rtasidagi  munosabatlar  o‘rganilgan  bo‘lib, 
ularning  o‘zaro  munosabatlari  bir-birini  to‘ldiruvchi  (U-shape)  aloqaga  ega  ekanligi 
bo‘yicha natijalar olingan. 
                                                
7
 Aghion, P., Bloom, N., Blundell, R., Griffith, R., & Howitt, P. (2002). Competition and innovation: An 
inverted U relationship: National Bureau of Economic Research 


34 
 
Korxonaning  raqobatbardoshligini  oshirish  bo‘yicha  marketing  strategiyasini 
ishlab  chiqish  jarayonida  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Sanoat  korxonalarining 
diversifikatsion  o‘sishidan  farqli  ravishda,  bugungi  kunda,  ular  o‘z  faoliyatlarining 
samarali  yo‘nalishlarini  aniqlab  olishga  va  barcha  imkoniyatlarini  marketing 
strategiyalarini shakllantirishga  harakat qilmoqdalar. 
Korxona  raqobatbardoshligini  oshirish  bo‘yicha  marketing  strategiyasi  –  bu,  
korxonalar uchun belgilangan bozor maqsadlariga  erishish vositasi bo‘lib, u ma’lum 
korxona,  soha,  bozor,  xaridor  uchun    boshqa  amalda  qo‘llanilayotgan  vositalardan 
o‘ziga xos jixatlari bilan  farq qiladi. 
Ilmiy  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  umuman  strategiya,  shu  jumladan, 
marketing  strategiyasi  korxonaning  mavjud  bozor  imkoniyatlaridan    foydalanish  va 
rivojlantirishga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  tashqi  muhitning  o‘zgarishiga  bo‘lgan  ta’siri 
sifatida  qaraladi.  Korxona 
ichki  komponentlari  tarkibidan  kelib  chiqib, 
raqobatbardoshlikni  ta’minlashga  qaratilgan  marketing  strategiyalar  turli  xil  bo‘ladi. 
Jumladan,  strategiyalar:  yangi  mahsulot,  texnologiya  va  xizmatlar  olishga 
yo‘naltirilgan  korxonaning  innovatsion  faoliyati;  ishlab  chiqarishda,  marketing  va 
boshqaruvda  fan-texnika  yutuqlarini  yangi  usullarini  qo‘llash;  yangi  tashkiliy 
tuzilmalarga  o‘tish;  yangi  resurslardan  foydalanishga,  yoki  an’anaviy  resurslardan 
foydalanishda  yangicha  yondashuvga  o‘tishdan  iborat  bo‘ladi.  SHunday  qilib,  ichki 
muhitga  nisbatan  innovatsion  marketing  strategiyalar  bir-nechta  yirik  guruhlarga 
bo‘linadi:  mahsulot (yangi  mahsulotlar, texnologiyalar  va  xizmatlarni tadbiq etishga 
yo‘naltirilgan  portfel,  tadbirkorlik,  yoki  biznes  strategiyalari);  funksional  (ilmiy-
tadqiqot,  ishlab  chiqarish,  marketing,  xizmat  ko‘rsatish);  resurs  (moliyaviy,  mehnat, 
axborot,  moddiy-texnik);  tashkiliy-boshqaruv  (texnologiya,  tarkibiy,  uslubiy, 
boshqaruv tizimi).  
Korxonalarning 
marketing 
strategiyasi 
hamda 
innovatsiya 
o‘rtasidagi 
bog‘liqliklarni  ilmiy  tadqiq  etib,  innovatsion  marketing  strategiyasining  asosiy 
maqsadi  –  bu  yangilikning  bozorga  kiritish  strategiyasini  ishlab  chiqishdan  iborat 
ekanligini  kuzatish  mumkin.  Marketing  strategiyasini  qo‘llash  darajasi  ko‘pchilik 
hollarda 
bozorlarni 
segmentlashtirish 
va 
mahsulotlarni 
bozorda 


35 
 
joylashishi(pozitsiyalashuvi)  bilan  belgilanadi.  Xaridorning  yangi  mahsulotga 
bo‘lgan  munosabatning  (ya’ni,  uni  qay  tarzda  qabul  qilishini)  inobatga  olgan  holda, 
yangi  mahsulotga  bo‘lgan  talabni  o‘rganish  va  prognozlashtirish  innovatsiya 
strategiyasining  eng  muhim  qismi  hisoblanadi,  shuningdek  strategik  tadqiqotlar 
davomida,  innovatsion  loyiha  boshlig‘i  qaysi  xaridorlarga,  qanaqa  mahsulotni  qaysi 
sifatda taqdim etishni aniqlashi zarur. 
Raqobatda  ustunlikka  erishish  masalalarini  echishda  bozorga  yo‘naltirilgan 
marketing strategiyaning ustun jihatlari quyidagilarda o‘z aksini topgan
8
: 
▪  bozorga  yo‘naltirilgan  marketing  strategiyasi  korxonaning  faqat  iste’mol 
qiymatini  oshirish hisobiga, raqobatdagi ustunlikka erishishini ta’minlaydi; 
▪  yangi  mahsulotlarni  ishlab  chiqish  va  korxonaning  iste’molchilari  bilan 
qo‘shimcha  qiymat  yaratish  zanjiri  ishtirokchilari  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatni 
yangicha usullarda boshqarishni ta’minlaydi; 
▪  korxonaning  asosiy  funksional  jarayonlarini  boshqarish  bo‘yicha  samarali 
tizimlarni  shakllantiradi  va  uning  an’anaviy  ierarxik  tashkiliy  tarkibini  butunlay 
o‘zgartiradi; 
▪  korxonaning  tashkiliy  tarkibining  o‘zgarishi  kompaniya  bilan  iste’molchilar, 
xom-ashyo  etkazib  beruvchilar,  qiymat  yaratish  zanjiri  ishtirokchilari  va 
raqobatchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga yangicha qarashni tavsiflaydi; 
▪  korxona tomonidan o‘z  iste’molchilari ehtiyojlarini, raqobatchilari  harakatini 
va  bozordagi  holat  tavsifini  anglash  jarayonida  uningning  barcha  xodimlarining 
ishtirokini ta’minlaydi; 
▪  iste’molchilardan,  raqobatchilardan  va  boshqa  manbalardan  kelib  tushuvchi 
ma’lumotlardan foydalanish orqali, bozorlarni tadqiq qilish jarayoning uzluksizligiga 
ko‘maklashuvchi  tadbirlarni  ishlab  chiqadi  va    ustun  raqobat  muhitini  saqlashni 
ta’minlaydi. 
Marketing  strategiyasi  tamoyillariga  asoslangan  o‘z  bozor  strategiyalarini 
yaratuvchi  va  amalga  oshiruvchi  iste’mol  ehtiyojlarining  xilma-xilligi  hamda 
                                                
8
David W. Cravens, Strategic Marketing, 6
th
 edition. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2000. 


36 
 
raqobatning 
yangi  shakllari  kompaniya  uchun 
misli  ko‘rilmagan  o‘sish 
imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi . 
Marketing  strategiyasini  ishlab  chiqishda,  har  xil  turdagi  bozorlarda  ma’lum 
darajada farq bo‘lishi mumkin, misol uchun: 
B2C  (business-to-customers  «iste’molchi  uchun  biznes»)  bozorida  mahsulotni 
xarid  qilish  qarorini  qabul  qilishda  asosiy  rolni    aniq  bir  odamning  shaxsiy 
emotsiyalari egallaydi; 
B2B  (bussines-to-bussines  «biznes  biznes  uchun»)  bozorida  esa,    xaridorning 
tanlov  imkoniyati  ratsional  fikirlashga  asoslanadi.  B2B  bozorida  marketingning 
quyidagi asosiy xususiyatlari mavjud: 
▪ iste’molchilar  motivatsiyasiga  ratsional  omillarning  ta’siriga  asosiy  e’tiborni 
qaratilishi; 
▪ xodimlarning  individual  motivatsiyasiga  bo‘lgan  ta’sir  (oylik  maoshning 
oshishi,  ish  lavozimining  ko‘tarilishi,  rahbariyat  tomonidan  ijobiy  baholanishi,  ish 
bo‘yicha ma’lum bir yutuqlarga erishish); 
▪ xarid  qilish  bo‘yicha  qarorlarni  bosqichma-bosqich  va  ko‘p  darajali 
jarayonlardan so‘ng qabul qilish; 
▪ xarid qilish jarayonlarini ma’lum bir muddatlarga uzaytirish; 
▪ turli  pudratchilar  o‘rtasida  xaridning  asosiy  omillarga  asoslangan  holda 
rakobatliligi. 
Korxonaning  marketing  faoliyatini  strategik    rejalashtirish  bosqichlari    (2.3-
rasm) o‘z aksini topgan. 
Innovatsiyalar ro‘yxatini tuzishda quyidagi omillarga e’tibor berish kerak: 
▪  innovatsion rivojlanishning asosiy segmenti vektorini aniqlash; 
▪  raqobat me’yorlarida muammoli hududlarni aniqlash; 
▪  innovatsiyalarning birinchi darajali ro‘yxatini tuzish
9

Innovatsion  marketing  strategiyasini  tashkillashtirishni  uch  asosiy  bosqichga 
ajratish mumkin. 
                                                
9
  Б.П.  Воловиков.  Методика  формирования  инновационной  маркетинговой  стратегии  промышленного 
предприятия с учетом жизненного цикла инноваций. г. Омск,  стр.2 


37 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish