Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


-BOB. INNOVATSION MARKETING - XO‘JALIK YURITUVCHI



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

2-BOB. INNOVATSION MARKETING - XO‘JALIK YURITUVCHI 
SUB’EKTLAR SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI VOSITA SIFATIDA 
 
2.1. Innovatsion marketingni o‘ziga xos  xususiyatlari 
 
O‘zbekistonda  sanoat  salohiyatini  oshirish    vazifalarini  samarali  amalga 
oshirishda korxonalarda innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish 
muhim  ahamiyatga  ega.  Ushbu  masala  O‘zbekiston  Respublikasini  2017-2021 
yillarda  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida  «yuqori  texnologiyali  qayta 
ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash 
asosida  yuqori  qo‘shimcha  qiymatli  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarishni  jadal 
rivojlantirishga  qaratilgan  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  o‘tkazish  orqali  sanoatni 
yanada  modernizatsiya  va  diversifikatsiya  qilish»
4
  muhim  vazifalardan  biri  sifatida 
belgilab  berilgan.  Mazkur  vazifalarning  samarali  bajarilishi  O‘zbekistonda  sanoati 
korxonalarida 
innovatsion 
marketing 
strategiyalarini 
ishlab 
chiqish 
va 
takomillashtirishni taqozo etadi. 
Yangi texnologiyalarning rivojlanishi  va  ularning asosida tamomila  yangi tovar 
va  xizmatlar  turlarini  sotish  tezligi  shunga  olib  kelmoqdaki,  bozordagi  vaziyat  va 
iste’molchilarning  ehtiyojlari  tobora  o‘zgarmoqda.  Iste’molchi  nimani,  qaerdan, 
qanday  ko‘rinishda  va  qanday  narxda  sotib  olishni  istashini  aytmoqda.  Marketing 
konsepsiyasini  tushunishga  yangicha  yondashuv  ya’ni  maqsadli  guruhlar  –  strategik 
bozor segmentidan potensial  mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor 
tadqiqotlari  yordamida  bir  xil  iste’molchilar  guruhlarini  ajratib,  strategik 
segmentlarni  aniqlagan  holda,  korxona  sezilarli  miqdorda  mablag‘lar  tejab  qoladi 
hamda  mavjud  va  potensial  mijozlar  bilan  kelgusi  aloqalarda  ko‘proq  unumdorlikka 
erishadi. 
Tanlab  olingan  bozor  sektorlari 
bilan 
faol  kommunikatsiyalar 
iste’molchilarning  katta  qismi  e’tiborini  jalb  qilishga  imkon  beradi  va  ularning 
aksariyati  kompaniya  mijozlariga  aylanadi.  Mana  shu  sababdan  XXI  asrning 
boshlaridan boshlab turli  tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR, 
                                                
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. ПФ-4947-сон, 2017 йил 7 февраль. – Ўзбекистон Республикаси 
қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 6-сон, 70-модда. 


25 
 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotuvlar,  ichki  firma  munosabatlari  uchun  javob  beradigan 
bo‘limlarni  birlashgan  kommunikatsiya  xizmatlariga  birlashtirishi  ro‘y  berdi. 
Integratsiyalangan  marketing  kommunikatsiyalaridan  foydalanuvchi  kompaniyalar 
soni o‘smoqda. 
Innovatsion 
faoliyat 
yo‘nalishlari 
eng 
avvalo, 
ishlab 
chiqarishni 
takomillashtirish  vazifalari  va  imkoniyatlari  bilan  emas,  balki  iste’molchilarning 
yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari 
bilan  belgilanishi  lozim.  Yangi  mahsulot  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirishda  ushbu 
mahsulotni  laboratoriyada  sinab  ko‘rishga  emas,  balki  bozorda  tekshirib  ko‘rishga 
ko‘proq  e’tibor  qaratish  kerak.  Yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqish  bilan 
shug‘ullanuvchi  mutaxassislar  o‘rtasida  o‘tkazilgan  so‘rovlar  yangi  mahsulot 
muvaffaqiyatining quyidagi omillarini aniqlab berdi (2.1-jadval).  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish