a)
b)
2.21 – rasm. MSAN uzeli asosida qishloq telekommunikatsiya tarmog`ining
strukturasi
53
III.BOB. MAHALLIY TeLeKOMMUNIKATsIYa TIZIMLARINI NGN
TeXNOLOGIYaSI ASOSIDA MODeRNIZATsIYaLAShTIRISh
3.1. MSAN raqamli stantsiyasi asosida Nukus shahar simli aloqa tarmog`ini
modernizatsiyalashtirish
Umumdunyo miqyosida nutq trafigi barqaror holda turibdi, ma`lumotlar
uzatish, ayniqsa Internet trafigi esa keskin ko`paymoqda.
Mavjud abonent telefon tarmoqlari, har qancha takomillashtirilgan
modemlar o`rnatilganligiga qaramasdan, kanalning o`tkazuvchanlik qobiliyatini
etarli darajada ortishini ta`minlay olmaydi. Qo`llanilayotgan ADSL texnologiyalar
vaqtincha talablarni qondirmoqda, lekin ertayu kech tarmoqni tubdan
modernizatsiyalash lozim bo`ladi.
Mamlakatimizda keng formatli va optik texnologiyalarni joriy etish asosida
telekommunikatsiya tarmog`ini rivojlantirish va modernizatsiyalashga katta
ahamiyat berilmoqda. Yurtimizda “oxirgi mil” muammolarini hal qilishda mijoz
liniyalarini zichlashtirish yoki simsiz tizimlar kabi tobora keng foydalanilayotgan
usullar bilan birgalikda optik kabellarni qo`llashga ham kirishilmoqda. Bu borada
FTTx asosida bir necha ob`ektlarga optik texnologiyalarni o`rnatish bo`yicha
dastlabki ishlar qilindi.
54
“Oxirgi mil” atamasi yaqin-yaqinlardan buyon bizdagi texnik adabiyotlarda
ham keng qo`llanila boshlandi. “Oxirgi mil” deganda hozirgi kunda
telekommunikatsiya tarmoqlarining eng zaif bo`g`iniga aylanib ulgurgan mijoz
ulanish tarmoqlari tushuniladi.
Optik kabellar ishlab chiqarish juda tez sur`atlarda rivojlanishi va an`anaviy
metall kabellar o`rnini optik kabellar egallayotgani “oxirgi mil”da optik keng
polasali ulanish tarmog`i yaratilishiga olib keldi. Optik ulanish tarmoqlari FTTx
(Fiber Transport To… ya`ni optik transport tarmog`igacha) degan nom olib yangi
avlod tarmoqlarini qurishda keng qo`llanilmoqda. FTTx tuzilishiga ko`ra quyidagi
turlardan iborat:
FTTB(Fiber To The Building) – binogacha optik kabel yotqizish;
FTTC(Fiber To The Curb) – taqsimlash qutisigacha optik kabel yotqizish;
FTTCab(Fiber To The Cabinet) – taqsimlash shkafigacha optik kabel
yotqizish;
FTTP(Fiber To The Premises) – tarmoq segmentigacha optik kabel
yotqizish;
55
FTTO(Fiber To The Office) – ofisgacha optik kabel yotqizish;
FTTH(Fiber To The Home) – uygacha optik kabel yotqizish;
FTTU(Fiber To The User) – mijoz terminaligacha kabel yotqizish.
“Oxirgi mil” qismlarida optik liniya qurish bir necha afzalliklarga ega. Optik
liniya juda katta o`tkazish oralig`iga ega va bu oraliq nafaqat barcha
telekommunikatsiya xizmatlarini, balki televidenie, ma`lumotlar uzatish,
multimedia dasturlarini uzatish imkoniyatini beradi. Optik mijoz liniyalari amaliy
jihatdan xizmat ko`rsatishga muhtoj emas va etarli darajada ko`p ishlaydi.
Optik kabel
3.1-rasm. FTTx kontseptsiyasini amalga oshiruvchi asosiy variantlar
FTTP
FTTCab
FTTC
FTTH/ FTTU
OLT
Тармоқ сегменти
шлюзи
Тақсимлаш
шкафи
Тақсимлаш
қутиси
Симметрик жуфтлик
56
FTTR kontseptsiyasi OT li kabelni kontsentratorgacha yoki boshqa
chiqarilma modulgacha etkazishni nazarda tutadi. “OE” blokida, kontsentratorning
kommutatsion maydonida qayta ishlanadigan optik signallar, raqamli traktlarga
o`zgartiriladi. Terminallar fizik abonent liniyalari bo`yicha kontsentratorga
ulanadi. FTTS echimining asosiy farqi, “OE” blokidan terminallarga fizik zanjirlar
chiqadi. FTTN / FTTO kontseptsiyasida OTli kabelni axoli istiqomat uylari yoki
ofisgacha yotkazish tushuniladi. Keyingi paytlarda juda ko`p umumiy abbreviatura
– FTTR (tola mijozning binosigacha) ishlatilmoqda. FTTN / FTTO ikkita
kontseptsiyaning farqi - “OE” blokidan o`ng tomonda uzatish muhitining turidir.
Hozirgi kunda Nukus shahrida qo`llanilayotgan simli telekommunikatsiya
tarmog`i halqa usulida qurilgan. Tarmoq tashkil etishda optik tolali kabellarning
bir modali va ko`p modali, er ostida yotqiziladigan, hamda kolodeslarda
yotqiziladigan turlaridan foydalanilgan.
Nukus shahrida o`rnatilgan raqamli stantsiyalarni bog`lovchi doira optik
tolali aloqa liniyasining strukturaviy sxemasi I bobning 1.1- rasmida keltirilgan
shaklda tashkil etilgan va hozirda ishlab turibdi.
Alkatel firmasining S-12 raqamli stantsiyasi asosida ishlayotgan hududlar
tarkibiga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |