Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ganiev salim karimovich karimov madjit malikovich tashev komil axmatovich axborot xavfsizligi


O‘z DSt 1204:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/197
Sana15.04.2022
Hajmi2,7 Mb.
#554164
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   197
Bog'liq
Axb xafv

O‘z DSt 1204:2009 – “Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Kriptografik modullarga xavfsizlik talablari”
Ushbu standart ochiq va simmetrik kalitli kriptografik modullarga 
qo‘yiladigan yagona xavfsizlik talablarini belgilaydi hamda axborotning 
kriptografik muhofaza qilish vositalarini loyihalash, ishlab chiqish, sotish (eltib 
berish) va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan. Standart EHM, 
telekommunikasiya tarmoqlari, ayrim hisoblash komplekslari yoki EHMda 
saqlanadigan va uzatiladigan konfidensial axborotni muhofaza qiladigan 
kriptografik modullarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablarini belgilaydi.
Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalardan foydalanilgan:
O‘z DSt 1092:2005 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Elektron raqamli imzoni shakllantirish va tekshirish jarayonlari.
O‘z DSt 1105:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi.
O‘z DSt 1109:2006 Axborot texnologiyasi. Axborotning kriptografik 
muhofazasi. Atamalar va ta’riflar.
 
 


64 
Nazorat savollari: 
1.
O‘zbekiston Respublikasining O‘z DSt 1092:2009, O‘z DSt 
1105:2009 va O‘z DSt 1106:2009 milliy standartlarining mohiyatini tushuntirib 
bering. 
2.
O‘z DSt 1204:2009 milliy standartida qanday masalalar yoritib 
berilgan? 
 
3.3. Axborot xavfsizligi sohasiga oid me’yoriy xujjatlar 
 
RH 45-215:2009 - Rahbariy hujjat. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida 
axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida Nizom.
Ushbu hujjat N 100:2002 
«Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida 
nizom» o‘rniga amalga kiritilgan bo‘lib, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida (MUT) 
axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy maqsadlar, vazifalar, funksiyalar 
va tashkiliy-texnik tadbirlarni belgilaydi.
Nizom 
xonaning 
muhofaza 
qilinishini 
tashkil 
qilish, 
tarmoq 
komponentlarining saqlanganligi va fizik yaxlitligini ta’minlash, tabiiy ofatlar, 
energiya ta’minoti tizimida ishlamay qolishlardan muhofaza qilish masalalari, 
xodimlar va MUT mijozlarining shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 
choralari, shuningdek Tezkor-qidiruv tadbirlar tizimini (TQTT) tashkil qilish 
masalalari va uning ishlashini tartibga solmaydi.
Ushbu hujjat talablari MUT normal ishlashini kuzatish, xizmat ko‘rsatish va 
ta’minlash ishlarini amalga oshiruvchi mutasaddi qo‘mita va vazirliklarning barcha 
korxonalariga taalluqlidir.
Ushbu Nizomga axborot muhofazasi bo‘yicha xizmatlar ro‘yxati 
o‘zgarganda yoki MUTni modernizasiya qilish va rivojlantirishda o‘zgartirish yoki 
qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lishi mumkin. 
Ushbu Nizom axborotni muhofaza qilishning huquqiy, tashkiliy, rejimli, 
texnik, dasturiy va boshqa metodlari va vositalari jamidan foydalanish, shuningdek 
axborot xavfsizligini ta’minlash qismida amalga oshirilgan choralarning 
samaradorligi uchun har tomonlama uzluksiz nazorat qilishni amalga oshirish 


65 
asosida MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutiladi.
MUTda axborot xavfsizligini ta’minlash AXTTni yaratish yo‘li bilan 
kompleksli va MUT hayotiy siklining barcha bosqichlarida tashkiliy-texnik 
tadbirlarni doimo o‘tkazish bilan hal etiladi.
MUT AXTT samarali ishlashini ta’minlash funksiyalari korxona rahbariga 
bevosita bo‘ysunadigan korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash 
xizmati (bo‘limi)ga yuklatiladi.
Korxonaning MUT axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) o‘z 
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va normativ hujjatlari, 
Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 
Agentlikning normativ-huquqiy hujjatlari, korxona rahbarlarining buyruqlari va 
farmoyishlari, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) MUT serverlarida 
saqlanadigan va MUT telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab 
uzatiladigan, agar bu shartnomada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, abonentlar axborotining 
konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin foydalanish uchun javobgar bo‘ladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) abonent terminallarida 
saqlanadigan abonent axborotining konfidensialligi, yaxlitligi va undan erkin 
foydalanish uchun javobgar bo‘lmaydi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash xizmati (bo‘limi) viruslar bilan zararlangan 
va zararli dasturlarni o‘z ichiga olgan foydalanuvchi va abonentlarning axborot 
resurslari (MUT serverlarida joylashadigan va saqlanadigan va MUT 
telekommunikasiya kanallari va vositalari bo‘ylab uzatiladigan), shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborot 
resurslari tarqalishining oldini olish bo‘yicha choralarni qabul qilish huquqiga ega.
Abonentlarga axborotni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlarni 
taqdim etish shartnomada bayon etiladi.
MUT foydalnuvchilari va abonentlari o‘z darajasida axborotni muhofaza 
qilish tizimlari yoki vositalarini qo‘llash (ulardan foydalanish) huquqiga ega.

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish