06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
1/13
Hujjat 28.08.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
RASMIY DAVLAT HUJJATLARINI TAYYORLASH, HISOBGA OLISH, SAQLASH, TOPSHIRISH HAMDA
ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash uchun buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish tartibini
takomillashtirish hamda bunday hujjatlarni g‘ayriqonuniy tayyorlash va ulardan foydalanish hollarining oldini olish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi
to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi
to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
tartibi to‘g‘risida Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni saqlash, hisobga olish va hisobdan chiqarish hamda
topshirish vakolatiga ega bo‘lgan vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bir oy muddatda tegishli hujjatlarini mazkur qaror
talablariga muvofiqlashtirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi rasmiy davlat
hujjatlarini buyurtmalar asosida muhofazalangan maxsus qog‘ozlarda tayyorlab bersin.
4. Barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar o‘z xodimlarining rasmiy hujjatlari qonuniyligi ustidan
nazoratni kuchaytirsinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiy
hujjatlarni g‘ayriqonuniy tarzda tayyorlash va ulardan foydalanish holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, qonunbuzarlarga nisbatan jinoiy
javobgarlikkacha bo‘lgan choralarni ko‘rsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga
yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 25-iyul,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi
283-son qaroriga
1-ILOVA
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi
to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “rasmiy hujjatlar” deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish,
ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi,
ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga
joriy etiladi.
3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan matbaa korxonalari
(keyingi o‘rinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab
chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari bo‘lgan maxsus qog‘ozda tayyorlanadi.
4. 1992-yilning 1-yanvaridan so‘ng berilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinganligini
tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi.
5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega bo‘lgan qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga mo‘ljallangan qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
2/13
ashyolar qat’iy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga kiradi.
II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish
6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda
“buyurtmachilar” deb ataladi) yozma buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida
seriyalari va tartib raqamlari majburiy ravishda ko‘rsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud bo‘lgan taqdirdagina
amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan,
matbaa korxonasi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da
ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-sonli qarori tahririda —
O‘R QHT, 2002-y. 15-16-son, 125-modda)
III. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo‘yiladigan
talablar
9. Matbaa korxonalarida qat’iy hisobda turadigan buyumlarning saqlanishi va tezkor hisobga olinishini ta’minlaydigan qat’iy
tartib o‘rnatiladi.
10. Tartib talablariga rioya etish matbaa korxonasi barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.
11. Matbaa korxonasida tartibning tashkil etilishi va holati uchun rahbar va tartib bo‘yicha mas’ul shaxs javob beradi.
Matbaa korxonasida tartibning holati uchun mas’ul shaxs bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi.
12. Ishlab chiqarish va omborxona binolarida tartibga rioya qilish uchun tegishli bo‘linmalarning rahbarlari, ularning
o‘rinbosarlari, ustalar, katta omborchilar va omborchilar javob beradilar.
13. Maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, rasmiy hujjatlar blankalarining tayyor bosma va quyma mahsulotlari
qoldiqlarining buxgalteriya hisobi tashkil etilishi uchun matbaa korxonasining bosh (katta) buxgalteri javob beradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarning tezkor hisobi o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishi uchun sexlar (uchastkalar) boshliqlari,
ularning o‘rinbosarlari, ustalar, omborchilar hamda qat’iy hisobda turadigan maxsus qog‘oz, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma
va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash va hisobga olish bilan bog‘liq boshqa shaxslar javob beradilar.
14. Qat’iy hisobda turadigan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor bosma va quyma mahsulotlarga ishlov berish, ularni saqlash
bilan bog‘liq shaxslar tartib buzilishining barcha hollari to‘g‘risida matbaa korxonasi rahbariyatiga yoki tartibning holati uchun mas’ul
shaxsga, buxgalteriya hisobi buzilishi to‘g‘risida esa, shuningdek bosh (katta) buxgalterga yozma shaklda axborot berishlari kerak.
15. Daftarlardagi va boshqa hisobga olish hujjatlaridagi yozuvlar operatsiyalar sodir etilgan paytda yuritiladi. Aniqlangan
xato bitta chiziq bilan o‘chiriladi va uning tepasiga to‘g‘ri yozuv yozib qo‘yiladi. O‘chirib yozish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Matbaa korxonasi rahbari, shuningdek tartibning holati uchun mas’ul shaxs qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga
ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq barcha xodimlar bilan belgilangan tartibni o‘rganishni tashkil etadilar hamda bir yilda
kamida bir marta jurnalga tegishli shaklda belgi qo‘ygan holda ushbu tartib bo‘yicha bilimlarni tekshiradilar. Qat’iy hisobda turadigan
mahsulotlarga ishlov berishga yangi xodim qo‘yilishi oldidan uning tartib bo‘yicha bilimlari jurnalga belgi qo‘yilgan holda albatta
tekshiriladi.
17. Omborxona uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashtirilgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan qat’iy
hisobda turadigan mahsulotlarni berish matbaa korxonasi rahbari tomonidan tayinlanadigan va tasdiqlanadigan komissiya ishtirokida
dalolatnoma bo‘yicha amalga oshiriladi. Dalolatnoma korxona bosh buxgalteriga beriladi.
Omborxona ichidagi uchastka uchun javob beruvchi moddiy javobgar shaxs almashgan taqdirda uning zimmasida bo‘lgan
qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarni topshirish sex boshlig‘ining farmoyishi bo‘yicha amalga oshiriladi hamda katta usta va usta
ishtirokida dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
18. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan sexlar binolarini,
ustaxonalar, bo‘limlar, yuk saqlanadigan joylar va omborxonalarni ochish tegishli bo‘linmalarning boshliqlari, o‘rinbosarlari yoki katta
smena ustalari, qo‘riqlash vakili hamda moddiy javobgar shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi. Eshiklar ochilishidan oldin
muhrlarning butunligi puxta ko‘zdan kechiriladi, qulflarning sozligi tekshiriladi.
Ikkita moddiy javobgar shaxs birgalikda ishlashi nazarda tutilgan qat’iy hisobda turadigan yukxonada saqlanadigan
mahsulotlarni ochish va yopish ular hozir bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Moddiy javobgar shaxslardan biri hozir bo‘lmagan
taqdirda yukxonalarni ochish va yopish korxonadagi tartib uchun javob beruvchi shaxs ishtirokida bajariladi.
19. Ish tamom bo‘lgandan keyin sex binolari, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va qat’iy hisobda turadigan mahsulotlarga
ishlov berish va ularni saqlash bilan bog‘liq omborxonalar yong‘indan saqlash nuqtai nazaridan tekshiriladi, qulflanadi hamda
qo‘riqlash vakili hozirligida tegishli boshliqlar, o‘rinbosarlar, katta smena masterlari tomonidan muhrlanadi.
Yopilgan va muhrlangan binoning kalitlari maxsus shaklda qo‘riqlashga obyektni qabul qilib olish daftaridagi dasxat bilan
mas’ul shaxsga saqlash uchun topshiriladi.
20. Sexlar, ustaxonalar, bo‘limlar, yukxonalar va omborxonalarni avariyalar paytida sex boshliqlari va moddiy javobgar
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
3/13
shaxslar hozir bo‘lmaganda ochish faqat matbaa korxonasi rahbari, uning o‘rinbosari yoki korxona bo‘yicha mas’ul navbatchining
ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiqarish binolari va yukxonalarni ochishning bunday har bir holati dalolatnoma bilan
rasmiylashtiriladi hamda keyingi kuni komissiya ishtirokida qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar mavjudligi tekshiriladi.
Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar kamomadi aniqlangan taqdirda tegishli shakldagi dalolatnoma tuziladi, u tegishli
chora-tadbirlar ko‘rish uchun tuzilgan zahoti matbaa korxonasi rahbariga yoki tartibning holati uchun mas’ul shaxsga beriladi.
21. Qat’iy hisobda turadigan buyumlarni matbaa korxonasi hududidan olib chiqib ketish ishonchnoma asosida berilgan,
matbaa korxonasi rahbari va bosh buxgalteri yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan imzolangan ruxsatnomalar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
22. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot ishlab chiqaradigan ixtisoslashtirilgan bosmaxonalar yoki maxsus uchastkalar tegishli
alohida qo‘riqchi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
23. Qat’iy hisobda turadigan mahsulot tayyorlovchi maxsus uchastkalarda yoki ixtisoslashtirilgan bosmaxonalarda
ishlaydigan shaxslarni kiritish maxsus doimiy ruxsatnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi (ruxsatnomaning old tomonida rekvizitlar:
xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi, ruxsatnomaning tartib raqami, 3x4 sm o‘lchamdagi surat, guvohnomaning amal qilish
muddati, rahbarning imzosi va korxona muhri bo‘ladi).
Ruxsatnomalar nazorat-o‘tkazish punkti kartotekasida saqlanadi. Xodim ishga kelganda o‘zining tartib raqamini aytadi,
qo‘riqchi kartotekadan ushbu tartib raqamli ruxsatnomani oladi, shaxsni surati bilan solishtiradi va shundan keyingina uni maxsus
uchastka hududiga kiritadi (ruxsatnoma ish smenasi tugagungacha xodimda bo‘ladi).
Ish tugagach nazorat o‘tkazish punktidan o‘tayotganda xodim ruxsatnomani qo‘riqchiga ko‘rsatadi, qo‘riqchi uni
kartotekaga biriktirib qo‘yadi.
24. Maxsus uchastkaga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar (chilangarlar, elektrchilar, santexniklar) korxonaga ularda
ruxsatnomalar byurosi tomonidan katta usta (usta)ning oldindan berilgan, matbaa korxonasi rahbari yoki korxonadagi tartib uchun
mas’ul shaxs imzolagan yozma buyurtmanomasi asosida beriladigan maxsus shakldagi vaqtinchalik ruxsatnoma mavjud bo‘lgan
taqdirda kiritiladi.
25. Korxonaga keluvchilar (buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, energiya, bug‘
qozonxonalari nazorati vakillari va shu kabilar) maxsus uchastka yoki maxsus bosmaxona hududiga ma’muriyat ruxsati bilan
ruxsatnomalar byurosi tomonidan beriladigan bir martalik ruxsatnomalar bo‘yicha, shaxsini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lgan
taqdirda kiritiladilar. Ruxsatnomalar byurosi bo‘lmaganda, ruxsatnomalar matbaa korxonasi rahbari tomonidan maxsus
tayinlanadigan shaxs tomonidan beriladi. Ruxsatnomada uning amal qilish muddati, keluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, uning
borayotgan joyi, ruxsatnoma berishga asos bo‘lgan hujjatning nomi va tartib raqami, matbaa korxonasining muhri bo‘ladi.
Ruxsatnomada nazorat koreshogi bo‘ladi. Unda ham yuqoridagi rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Koreshokli bir martalik ruxsatnoma keluvchiga beriladi, uni berishga buyurtmanoma koreshoklar daftarining ruxsatnoma
“yirtib olingan” joyiga yopishtirib qo‘yiladi.
Korxonaga kirayotganda keluvchi bir martalik ruxsatnomani pasporti (shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma) bilan birga
qo‘riqchiga ko‘rsatadi, qo‘riqchi bir martalik ruxsatnoma koreshogini yirtib oladi va alohida kartochkada saqlaydi. Chiqib ketish
chog‘ida usta keluvchining ruxsatnomasiga chiqib ketayotgani to‘g‘risida (vaqtini ko‘rsatgan holda) belgi qo‘yadi. Qo‘riqchiga belgi
qo‘yilgan ruxsatnoma va shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatilgan taqdirda keluvchi korxonadan chiqariladi, ruxsatnoma esa
qo‘riqchidagi alohida kartochkada qoladi.
Keluvchining uncha katta bo‘lmagan bosmaxonaning maxsus uchastkasi hududida bo‘lishiga uning ma’muriyati vakili
ishtirokida yo‘l qo‘yilishi mumkin. Sexlarda ishlamaydigan va ularga xizmat ko‘rsatmaydigan, shuningdek ustki kiyim-boshdagi va
xo‘jalik sumkalari bo‘lgan xodimlarning ushbu sexlarga, ustaxonalarga, omborxonalarga kirishi qat’iyan taqiqlanadi.
26. Qat’iy hisobda turadigan mahsulotlar tayyorlanadigan va saqlanadigan ixtisoslashtirilgan bosmaxona binosi yoki maxsus
uchastka derazalari maxsus to‘siqlar va qoidaga ko‘ra, avtomatik signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
27. Tartib-qoida talablariga rioya etilmagan holda qat’iy hisobda turadigan qog‘ozlar, chala tayyor mahsulotlar, tayyor
matbaa va shaklli buyumlarning yo‘qolishiga hamda o‘g‘irlanishiga olib kelgan aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka tortiladilar.
IV. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan
chiqarish tartibi
28. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va
topshirish (jo‘natish) bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar tayinlanadi. Bundan tashqari, ushbu hujjatlarni matbaa korxonasidan tashib
ketish uchun avtotransport vositasi biriktirib qo‘yiladi.
Agar rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilish, hisobga olish va topshirish (jo‘natish) uchun mas’ul shaxslar vaqtinchalik
bo‘lmagan yoki boshqa ishga o‘tgan taqdirda guvohnomalar blankalari aynan shu maqsadda tuzilgan komissiya a’zolari tomonidan
imzolangan dalolatnoma bo‘yicha ushbu vazifalarni vaqtinchalik bajarayotgan shaxslarga berilishi kerak.
29. Matbaa korxonasidan rasmiy hujjatlar blankalarini qabul qilib olish buning uchun maxsus vakil qilingan mas’ul shaxs
tomonidan amalga oshiriladi va, qoidaga ko‘ra, tegishli vazirlik, idora, korxona va tashkilotga qarashli avtotransportda tashib
ketiladi.
30. Rasmiy hujjatlar blankalarini olish chog‘ida blankalar paketlari, to‘g‘ri joylanganligini aniqlash maqsadida, mas’ul shaxs
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
4/13
tomonidan majburiy tartibda ko‘zdan kechiriladi, olingan o‘ramlar sonining ularning ilova qilinayotgan hujjatlarda ko‘rsatilgan soniga
muvofiqligi tekshirib ko‘riladi va bu haqda dalolatnoma tuziladi.
31. Matbaa korxonasidan olingan rasmiy hujjatlar blankalari belgilangan joyga yetkazib kelingan kuniyoq ularni hisobga
olish va saqlash uchun mas’ul shaxslar tomonidan rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarida darhol kirim qilinadi.
Rasmiy hujjatlar blankalarini hisobga olish daftarlari aniq, tushunarli holda va qisqartirishlarsiz to‘ldiriladi. Daftarlarda
o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar tegishli izohlar bilan tuzatiladi.
Rasmiy hujjatlar daftarlari ip o‘tkazib bog‘langan, ularning varaqlariga tartib raqamlari qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Daftardagi
jami varaqlar soni daftarlarni yuritish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan imzolanadi va muhrlanadi.
32. Qat’iy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadigan rasmiy hujjatlar blankalari po‘lat sandiqlarda yoxud yonmaydigan
shkaflarda va maxsus jihozlangan xonalarda saqlanishi kerak.
Ishdan tashqari vaqtda rasmiy hujjatlar joylangan po‘lat sandiqlar, yonmaydigan shkaflar, shuningdek, blankalarni saqlash
uchun maxsus jihozlangan xonalar muhrlangan yoki so‘rg‘ichlangan bo‘lishi kerak. Muhr yoki so‘rg‘ich rasmiy hujjatlar blankalarini
hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxsda saqlanadi.
Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga kirishga ularni hisobga olish va saqlash uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar
haqlidirlar. Rasmiy hujjatlar blankalari saqlanayotgan xonaga ulardan tashqari, biroq ularning ishtirokida, ko‘rsatib o‘tilgan
shaxslarning to‘g‘ridan to‘g‘riva yuqori turuvchi boshliqlari kiritilishi mumkin.
33. Blankalarning etishmasligi yoki nuqsoni borlari (himoya kataklarining, bosma matnning yo‘qligi yoki buzilganligi, tartib
raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari bo‘lgan, qiyshaygan shriftli, noto‘g‘ri kesilgan va noto‘g‘ri
shaklli, seriya va tartib raqamlari yo‘q bo‘lgan yoki paketlardagi matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalariga boshqacha
tarzda nomuvofiq bo‘lgan blankalar) aniqlangan taqdirda maxsus komissiya tomonidan zarur nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaning birinchi va ikkinchi nusxalari matbaa korxonasining yopishtirilgan varaqchalari va nuqsoni bor blankalar hamda
ilova xat bilan yuqori turuvchi tashkilotga (u mavjud bo‘lsa) jo‘natiladi. Bu holda dalolatnomaning birinchi nusxasi matbaa
korxonasining yopishtirilgan varaqchasi va nuqsoni bor blankalar bilan yuqori turuvchi tashkilot tomonidan tegishli xat bilan matbaa
korxonasiga jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi esa yuqori turuvchi tashkilotda qoladi. Dalolatnomaning uchinchi nusxasi yopishtirilgan
varaqcha kseronusxasi bilan bevosita vazirlikda (idora, korxona, tashkilotda) qoldiriladi.
34. To‘ldirish chog‘ida buzilgan blankalar, eskirgan, topib olingan yoki yozuvlariga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan
almashtirish uchun topshirilgan bekor qilingan rasmiy hujjatlar, blankalarni qabul qilib olish uchun tuzilgan komissiya tomonidan, ikki
nusxada tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha, har yili bir marta yo‘q qilinadi, ulardan bir nusxasi albatta yuqori turuvchi tashkilotga
jo‘natiladi. Yo‘q qilish yondirib yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
35. Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarda rasmiy hujjatlarni saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan
chiqarish tartibi xususiyatlari vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan qabul qilinadigan hamda rasmiy hujjatlarni
saqlash, hisobga olish, topshirish va hisobdan chiqarish bo‘yicha mazkur Nizomda belgilangan talablardan iborat bo‘lgan maxsus
me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
36. Rasmiy hujjatlar yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishining har bir holati bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan,
blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida, darhol xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi, zudlik bilan taftish
qilinadi va mavjud blankalar qoldiqlari olib tashlanadi, shuningdek, ularning saqlanishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur chora-
tadbirlar ko‘riladi.
Zarur hollarda, blankalarning yo‘qolishida aybdor bo‘lgan shaxslar bo‘yicha hujjatlar tergov organlariga topshiriladi.
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga
buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga
olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida
Nizomga
ILOVA
Rasmiy davlat hujjatlari
I. Davlat gerbli guvohnomalari:
1. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma
2. Nikohdan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma
3. Nikoh bekor qilinganligi to‘g‘risida guvohnoma
4. Vafot etganlik to‘g‘risida guvohnoma
II. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti
2. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma
III. Harbiy hisobga olish hujjatlari:
1. Chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi
2. Harbiy bilet
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
5/13
3. Ofitserning shaxsiy guvohnomasi
4. Zaxiradagi ofitserning shaxsiy guvohnomasi
IV. Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar:
1. To‘liqsiz o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma
2. O‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestat
3. O‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risida diplom
4. Oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom
5. Fan nomzodi yoki doktori diplomi
V. Huquq beruvchi yoki majburiyatlardan ozod qiluvchi hujjatlar:
1. Mehnat daftarchasi
2. Haydovchilik guvohnomasi
3. Nogironlik guvohnomasi
4. Urush qatnashchisi guvohnomasi
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi
283-son qaroriga
2-ILOVA
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijiy
davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi 1992-yil 1-yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash
(ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim hujjatlariga tegishlidir.
3. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish deganda vakolatli davlat organlarining O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida ushbu hujjatlarning qonuniy kuchga ega ekanligiga roziligi tushuniladi.
4. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) deganda vakolatli
davlat organlari tomonidan ushbu hujjatlar egalari tayyorgarligi darajasi muvofiqligini belgilash va ularga O‘zbekiston
Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga ega bo‘lgan shaxslarga berilgani kabi akademik va (yoki) kasbiy huquqlar berilishi
tushuniladi.
5. Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus va oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash
(ekvivalentligini qayd etish) hamda tegishli guvohnoma berish bevosita O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi
boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tomonidan amalga oshiriladi (1-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
6. Xorijiy davlatlarning umumiy o‘rta ta’lim va uning quyi bosqichlari hujjatlarini tan olish Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar tomonidan
ariza va ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi, uning notarial tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasi asosida murojaat qilingan
kundan boshlab eng ko‘pi bilan ikki hafta muddatda amalga oshiriladi. Komissiya xulosasi Boshqarmaga yuboriladi va uch kun
muddat ichida tegishli qaror qabul qilishga asos bo‘ladi. Komissiyalar butun o‘quv yili davomida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z ishi haqida
Boshqarmaga hisobot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Kooperatsiya va (yoki) maqsadli o‘qitish (“Umid” jamg‘armasi tavsiyasi bilan, davlatlararo bitimlar orqali va boshqalar)
asosida xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi olingan hujjatlarini tan olish va nostrifikatsiyalash to‘g‘ridan to‘g‘ritekshiruvsiz amalga
oshiriladi va tegishli hujjat rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat test markazi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tegishli xorijiy davlatlarning davlat
ro‘yxatida turgan (legalizatsiya qilingan) o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotni oldindan hozirlab qo‘yishlari
shart. Buning uchun yuqorida nomlari qayd etilgan idoralar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
hamda elchixonalar va vakolatxonalarga murojaat qilishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy davlatlarda o‘rta maxsus va oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va ularning ekvivalentligini qayd
etish haqidagi arizaga (2-ilovaga muvofiq) quyidagilar ilova qilinadi:
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
6/13
ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining asl nusxasi (o‘tilgan o‘quv kurslari va ularning hajmi, yakuniy baholar,
amaliyot, kurs va bitiruv malaka ishlari ro‘yxati, o‘quv jarayonining boshqa bajarilgan talablari ko‘rsatilishi lozim);
ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat va uning ilovasining O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Boshqarma ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan o‘quv yurtining o‘sha davlatda tegishli ro‘yxatda
(legalizatsiya ro‘yxatida) borligini tekshirib, hujjatning ilovasida ko‘rsatilgan fanlar va maxsus kurslar O‘zbekiston Respublikasida
ushbu yoki unga turdosh yo‘nalishdagi mutaxassisliklar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturiga mos kelish-kelmasligini (asosan
mutaxassislik fanlari bo‘yicha) aniqlaydi va eng ko‘pi bilan bir oy muddatda tegishli qarorini chiqaradi. Boshqarma lozim bo‘lgan
hollarda tegishli o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy tashkilotlardan aniqlashtiruvchi hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Ariza beruvchi, shuningdek o‘z tayyorgarligi haqida boshqa hujjatlarni, jumladan, ta’lim olishning keyingi darajalari,
kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish mumkinligi, amaliy tajriba haqida hujjatlarni ham taqdim etishga haqlidir. Tan olish va
ekvivalentligini qayd qilish uchun zarur bo‘lgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimalari bilan
taqdim etiladi.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoniga qo‘yiladigan talablar
12. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish jarayoni xalqaro bitimlar va tavsiyalar, O‘zbekiston
Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
13. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun:
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni bergan ta’lim muassasasi o‘zi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tan olingan
bo‘lishi;
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan davlatda tan olingan bo‘lishi;
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning tan olinishi O‘zbekiston Respublikasi bilan davlatlararo bitimlarda ko‘zda tutilgan
(kooperatsiya usuli yoki maqsadli o‘qitish yo‘li bilan olingan ta’lim bundan mustasno) bo‘lishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashga qo‘yiladigan talablar
14. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalashda ushbu davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi
hujjatlari tan olingandan keyin ularning O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlariga mosligi aniqlanadi.
Ekvivalentlikni qayd etish jarayoni maxsus ekspertiza orqali o‘tkaziladi.
15. Maxsus ekspertiza quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
o‘quv rejalari va dasturlarining mazmuni hamda muvofiqligi;
kirish sinovlarining mavjudligi;
imtihonlar va sinovlar tizimi;
ta’lim oluvchining o‘qish davridagi baholari (erishgan natijalari, reytingi, o‘zlashtirishi);
o‘zlashtirilgan fanlar hajmi (fanlarning nomi va soatlar miqdori);
amaliyotning mavjudligi va uning davomiyligi;
yakuniy malaka attestatsiyasining mavjudligi va darajasi;
bitiruv malaka ishining mavjudligi;
qo‘shimcha ta’limning mavjudligi.
Olingan bilimlar va tajriba yakuniy tayyorgarlik nuqtai nazaridan o‘quv rejalari va ta’lim uslubiyatida bo‘lishi mumkin
bo‘lgan farqlarni e’tirof etgan holda baholanadi.
16. Ekvivalentlik to‘g‘risidagi xulosa quyidagilar asosida qabul qilinadi:
ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi ijobiy xulosa;
O‘zbekiston Respublikasi va ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan mamlakatdagi ta’lim tuzilmasiga qo‘yilgan umumiy
talablarning mosligi;
ta’lim mazmunining mosligi to‘g‘risidagi ekspertizaning ijobiy xulosasi.
Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning ekvivalentligi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro va
davlatlararo bitimlar va shartnomalar mavjud hollarda ekvivalentlik to‘g‘risidagi xulosa mazkur xalqaro bitimlar va shartnomalarga
muvofiq amalga oshiriladi.
17. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan tayyorgarlik sohasi O‘zbekiston
Respublikasida amalda bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga mos kelmasa
(kooperatsiya yo‘li bilan yoki maqsadli ta’lim olgan ariza beruvchining hujjatlari bundan mustasno) yoki o‘qitish hamda tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasida olib borilmaydigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va sohalarda amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur
xujjatlarning ekvivalentligini qayd etish masalasi ekspertlardan iborat maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
18. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning ekvivalentligi to‘g‘risidagi salbiy xulosa quyidagi hollarda
qabul qilinishi mumkin:
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
7/13
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarda professional ma’lumot to‘g‘risida hujjat beradigan ta’limning umumiy me’yoriy davri (to‘liq o‘rta
ma’lumot olingandan keyin) O‘zbekiston Respublikasi ta’lim standartlarida nazarda tutilgan davrdan bir yildan kam bo‘lsa;
ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilgan mamlakatda uning egasiga O‘zbekistondagiga qaraganda kam akademik va (yoki)
professional huquqlar berilgan bo‘lsa (masalan, hujjat egasi oliy o‘quv yurtlariga, magistratura yoki doktoranturaga kirish,
professional faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega emasligi);
ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilmagan ta’lim shaklida olingan bo‘lsa.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligini qayd etish jarayoni xalqaro bitimlar va
tavsiyalar, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari, me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Boshqarmaga taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqish tartibi
20. Hujjat egasi yoki manfaatdor tashkilot ariza (ilovaga muvofiq) va boshqa hujjatlarni ushbu Nizomning 9-bandiga
muvofiq Boshqarmaga taqdim etadi.
21. Boshqarma tan olish va ekvivalentligini qayd etish jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlaydi va ushbu
materiallarni vakolatli ekspert komissiyasiga yuboradi. Tan olish yoki ekvivalentligini qayd etish jarayoni uchun talab qilinadigan
materiallardan birining yo‘qligi aniqlangan taqdirda hujjatlar ariza beruvchiga qaytariladi.
22. Ekspert komissiyalari Boshqarma tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi
hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha tashkil etiladi.
Ushbu komissiyalar tarkibiga yetuk olimlar va mutaxassislar kiradi. Komissiyalar faoliyatiga Boshqarma rahbarlik qiladi.
23. Ekspertiza davlat ta’lim standartlari, ta’lim muassasasini o‘zlari joylashgan davlatlarda belgilangan tartibda
akkreditatsiya qilish haqidagi hujjat, ko‘rsatib o‘tilgan ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha o‘quv rejalari, o‘qitilgan o‘quv
fanlarining dasturlari, malaka tavsifnomalari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
24. Ekspert komissiyasi zarur hollarda (ta’lim muassasasining salohiyati va nufuzini mavjud hujjatlar asosida aniqlash imkoni
bo‘lmasa, fanlar ro‘yxati va hajmidagi farqlar mavjudligi hamda boshqa hollarda) ayrim ta’lim fanlari bo‘yicha maxsus sinovlar
o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida Boshqarmaga taklif kiritishi mumkin.
25. Ekspert komissiyasi xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarini o‘rganib chiqib, zarur hollarda mazkur
Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan sinovlarni o‘tkazib, tegishli xulosa tayyorlaydi va uni Boshqarmaga taqdim etadi.
26. Boshqarma ekspert komissiyasining xulosasi va taklifini ko‘rib chiqib, ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni ekvivalentligi yoki
uni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
27. Ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalent ekanligini qayd etilganligi haqidagi qaror hujjatning egasiga maxsus
guvohnoma berish to‘g‘risida tegishli buyruq chiqarishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Hujjat egasining ma’lumot to‘g‘risidagi hujjati
guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.
28. Tugallanmagan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma uning egasiga O‘zbekiston
Respublikasining tegishli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim muassasasiga imtihonlar, yakuniy baholar va sinovlarni
hisobga olgan holda o‘qishni davom ettirish huquqini beradi. Bunda xorijiy davlatlar tomonidan berilgan tugallanmagan ta’lim
to‘g‘risidagi hujjat akademik ma’lumotnoma sifatida qabul qilinadi.
29. Ariza beruvchining hujjatlarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan
boshlab bir oydan oshmasligi kerak.
30. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish yoki ekvivalentligini qayd etish haqidagi guvohnoma shaxsan ariza beruvchiga yoki
uning topshirig‘iga binoan kerakli hujjatlarga ega bo‘lgan qonuniy vakiliga beriladi.
31. O‘quv rejalaridagi tafovutlarni topshirish yoki maxsus sinovlardan o‘tish muddati ariza beruvchining roziligi bilan
belgilanadi. Sinovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun talab etiladigan vaqt mazkur Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan muddatga
kirmaydi.
32. O‘rta maxsus va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va ekvivalentligini qayd qilish to‘lov-shartnoma asosida
amalga oshiriladi. To‘lov miqdori amaldagi belgilangan eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi.
33. Diplom va ekvivalentligini qayd etish to‘g‘risidagi guvohnoma uning egasiga O‘zbekiston Respublikasidagi ta’lim
muassasasida navbatdagi bosqichda o‘qishni davom ettirish yoki kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beradi.
34. Tan olish va ekvivalentligini qayd etish natijalari yuzasidan shikoyat va arizalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi
qonunchiligi asosida ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi
hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash
tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1- ILOVA
Fuqarolarning chet mamlakatlarda olgan kasb-hunar va oliy ta’lim diplomlarini nostrifikatsiya qilish
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
8/13
TARTIBI
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi
hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash
(ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida
Nizomga
2-ILOVA
Mazmuni
Muddati
(kunlarda)
Bajarish uchun
mas’ullar
1.
Fuqarolarning chet mamlakatlarda olgan
kasb-hunar va oliy ta’lim diplomlarini
nostrifikatsiyalash uchun ariza va tegishli
hujjatlar Boshqarmaga topshiriladi.
Fuqarolar
2.
Ariza va hujjatlar fuqarolardan Boshqarma
tomonidan qabul qilib olinadi.
Hujjatlar
topshirilgan kuni.
Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.
2a.
Boshqarma lozim bo‘lgan hollarda tegishli
o‘quv yurti, mahalliy va xorijiy
tashkilotlardan o‘rganilayotgan ishga tegishli
aniqlashtiruvchi hujjatlarni so‘rab olishi
mumkin.
Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.
3.
Fuqarolardan qabul qilib olingan ariza va
hujjatlar Boshqarma tomonidan ko‘rib
chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Ko‘pi bilan
bir oy muddatda.
Davlat test markazi tarkibidagi Boshqarma.
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
9/13
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi
283-son qaroriga
3-ILOVA
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd
etish) tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1. Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvargacha fuqarolarga berilgan fan doktori va
nomzodi diplomlari, professor, dotsent va katta ilmiy xodim shahodatnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy
hisoblanadi.
2. Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992-yil 1-yanvardan keyin O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy daraja haqidagi hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalanadi (qayta attestatsiyadan o‘tkazish asosida
tenglashtiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ilmiy daraja haqidagi diplomlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiyalangan fuqarolar
O‘zbekiston Respublikasida oliy malaka haqidagi hujjat egalari uchun amalda qo‘llanilayotgan huquq va imtiyozlardan foydalanishga
haqlidirlar. Nostrifikatsiyalanmagan oliy malaka hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqiy hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ilmiy darajalar diplomlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida nostrifikatsiya qilish uchun 1-
ilovaga muvofiq, 2-ilovadagi tartibda hujjatlar taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Nostrifikatsiya uchun hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli soha bo‘yicha ekspert
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Davlat test markazi
Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish,
pedagog kadrlar ta’lim muassasalari
attestatsiyasi boshqarmasiga
A R I Z A
________________________________________________________________ ga
berilgan___________________________________________________________
__________________________________________________________________
______________________________________________________________ ning
tan olinishini, ekvivalent ekanligini qayd etish (nostrifikatsiyalash)ni iltimos qilaman.
__________________________________________________________________
Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:
1.
2.
3.
Ariza beruvchi
________________________________
________________________________
(imzo)
(hujjat egasining familiyasi, ismi va otasining ismi)
(xorijiy davlatlar ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning nomi)
(manzil, telefon, faks)
(berilgan vaqti va joyi)
(sanasi va davlat nomi)
(sana)
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
10/13
kengashi ko‘rib chiqib, o‘z xulosasini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati ekspert kengashi xulosasi va ilmiy-attestatsiya bo‘limi fikri
asosida o‘z tavsiyasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati muhokamasiga taqdim etadi.
Taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati qarori bilan tegishli
ilmiy muassasa yoki ixtisoslashgan kengashga jamoaviy taqriz uchun yuborilishi mumkin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining oliy malaka haqidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash
to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kundan e’tiboran ushbu hujjatlar O‘zbekiston hududida kuchga kiradi. Hujjat egalariga Oliy
attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasining ilmiy darajalar diplomlari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida ilmiy daraja haqidagi diplomlarni nostrifikatsiyalash muddatlari
fan doktori ilmiy darajasi diplomi uchun 3 oydan, fan nomzodi ilmiy darajasi diplomi uchun 2 oydan oshmasligi kerak. Zarur hollarda
ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Hay’ati qarori bilan 3 oygacha
uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ilmiy daraja haqidagi diplomlarni tenglashtirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya
komissiyasi Rayosati chiqargan qarordan norozi bo‘lgan da’vogar qaror chiqqan kundan boshlab ikki oy mobaynida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik
to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va
nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
1-ILOVA
Ilmiy daraja diplomini nostrifikatsiyalash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga
yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining
RO‘YXATI
1. Da’vogar ishlayotgan tashkilot rahbari (agar u ishlayotgan bo‘lsa) imzolagan yo‘llanma xat yoki da’vogarning imzosi
notarial tasdiqlangan arizasi (1 nusxa). Xatda (arizada) da’vogar qachon va qaysi davlatda ilmiy daraja diplomini olganligi,
dissertatsiya mavzui, qaysi ixtisoslik bo‘yicha himoya qilganligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
2. Dissertatsiyani xorijiy davlatlarda himoya qilish yuzasidan ilmiy ish tayyorlangan tashkilot rahbarining tegishli
ixtisoslashgan kengashga murojaatnomasi (aspirant va doktorantlar uchun esa — ularni chet elda aspirantura va doktoranturada
o‘qishga yuborish uchun buyruq) nusxasi hamda agar ilmiy ish O‘zbekistonda tayyorlangan bo‘lsa — O‘zbekiston Respublikasi Oliy
attestatsiya komissiyasi dissertatsiyaning xorijiy davlatlarda himoya qilinishiga ruxsat berib, xorijiy davlatlar Oliy attestatsiya
organlariga yuborgan yo‘llanma xatining nusxasi.
3. Ilmiy daraja diplomining notarial tasdiqlangan nusxasi.
4. Ish joyidan tasdiqlangan xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).
5. Da’vogarning familiyasi, ismi va otasining ismi (pasport bo‘yicha), shuningdek, dissertatsiya himoyasi o‘tgan
muassasaning hamda ixtisoslik nomining da’vogar tomonidan imzolangan va ilmiy kotib imzosi bilan tasdiqlangan o‘zbekcha va
inglizcha shakllari (1 nusxa).
6. Mehnat daftarchasidan ko‘chirma.
7. Da’vogar himoya qilgan dissertatsiya nusxasi va ikki nusxa avtoreferat.
8. Da’vogar ilmiy ishlarining da’vogar tomonidan imzolangan va ish joyidan tasdiqlangan ro‘yxati (1 nusxa).
9. Da’vogarning ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalari nusxalari.
10. Ro‘yxatdan o‘tkazish-hisobga olish varaqasi (1 nusxa).
11. Attestatsiya ishidagi hujjatlar ro‘yxati (1 nusxa).
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik
to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va
nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish)
tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
2-ILOVA
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
11/13
Keyingi tahrirga qarang.
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
12/13
06.01.2020 283-сон 25.07.2000. Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlash, hisobga olish, saqlash, topshirish hamda ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g…
https://lex.uz/docs/-324147?ONDATE=28.08.2002
13/13
Do'stlaringiz bilan baham: |