45
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
I SINF
I BOʻLIM. SAVOD O‘RGATISH VA NUTQ O‘STIRISH
(128 soat)
TAYYORGARLIK DAVRI
(8 soat)
Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari
(4 soat)
O‘quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‘nikma; darsning muayyan vaqt oralig‘ida davom etishi; rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‘lgan matn tuzish; darslik bilan ishlash; og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha; gap haqida tushuncha; so‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha; gap, so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi; unli va undosh tovush haqida tushuncha; maktab partasida to‘g‘ri o‘tirish; darslikdan foydalanishga oid ilk o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |