Tarmoq standartlari ushbu sohaning barcha korxonalari, shuningdek
soha mahsulotlaridan foydalanuvchi korxonalar va boshqa tarmoqlarga mansub
tashkilotlar uchun majburiydir. Masalan, tibbiyot texnikasi tarmog‘i tibbiy-texnik
vositalarini ishlab chiqaruvchi barcha korxonalarni qamrab oladi.
Korxona standarti- korxona tomonidan tayyorlanadi va qabulqilinadi.
Tovarlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan
hujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni mujassam ettiradi(ГOСT va
tarmoq standartlari talablaridan past bo‘lmasligi kerak).
Tayyor tibbiy tovarlar sifatini nazorat qilish amalga oshiriladigan asosiy
me‘yoriy hujjat, bu – Texnik shartlar (O‟z TSH). Tibbiy buyumlarga nisbatan
TSH da quyidagilar belgilanadi:
a) buyumning vazifasi;
b) toifalash;
v)asosiy o‘lchov-hajmlari;
g) texnik talablar;
d) butlanganlik;
e) qabul qilish qoidalari va sinov usullari;
j) rusumlash, qadoqlash va saqlash.
Tibbiyot asboblariga nisbatan texnik shartlarda avvalo tayyorlanishi lozim
bo‘lgan ashyo, mazkur ashyoning GOSTga taalluqli rusumi, termik ishlov
berilganidan keyingi mustahkamligi, ishlov berish ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi.
Asbobning funktsional vazifasi bilan aniqlanadigan talablar va TSHlarning har bir
talabini tekshirishda qo‘llaniladigan tekshirish va sinov usullari bayon etiladi.
Masalan, pichoqlar va skalpellar o‘tkir bo‘lishi lozim, ularga mazkur o‘tkirlikning
teshirish muayyan usullari keltiriladi.
―Buyumlarning butlanganligi‖ bo‘limida buyumlar to‘plamiga kiradigan
buyumlar ro‘yxati: g‘ilof, ehtiyot qismlar, butlash, ajratish va tozalash uchun
asboblar, shuningdek texnik hujjatlar (yorliq, pasport yoki formulyar) beriladi.
―Qabul qilish qoidalari va sinov usullari‖ bo‘limida qabul qilish va sinov
usullari, shuningdek taqdim etilgan asbob-uskunalarning tekshiriladigan foizi,
yaroqsizlik shartlari ko‘rsatiladi.
63
―Rusumlash, qadoqlash va saqlash‖ bo‘limida qutilarga buyumlarni
qadoqlanishi, qutiga yorliq yopishtirilish haqida ko‘rsatmalar beriladi. Odatda,
qutida tayyorovchi korxona nomi, buyum turi, TSH raqami, donalar miqdori,
ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi. Mazkur bo‘limda qadoqlash talablari va saqlash
shartlari ham bayon etiladi.
Tarmoq standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlanadi, dori vositalar xamda tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani
ishlab chiqaruvchilar uchun majburiydir.
Dori vositalar xamda o‘simlik xom ashyosi uchun kuyidagi me‘yoriy
hujjatlar ishlatiladi: umumiy farmakopeya maqolalari(UFM), farmakopeya
maqolalari(FM),
vaqtinchalik
farmakopeya
maqolalari(VFM),
korxona
varmakopeya maqolalari (KFM).
UFM- dori vosita sifati uchun davlat standarti, dori shakli uchun aniq sinov
usullari va me‘yoriy ko‘rsatkichlarni, fizik kimyoviy, biologik, mikrobiologik
tahlil usullarini o‘z ichiga oladi.
FM- dori vositasi uchun davlat standarti bo‘lib davlat farmakopeyasiga
kiritiladi. FM tibbiyot amaliyotida keng ishlatiladigan va yuqori sifat
ko‘rsatkichlarga ega DVga tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |