Tibbiyot kasbiga kirish



Download 5,39 Mb.
bet383/430
Sana29.08.2021
Hajmi5,39 Mb.
#158384
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   430
Bog'liq
tibbiy kasb

Nazorat savollari:

  1. Kichik rejali operatsiyalarga qanday tayyorgarlik o’tkaziladi?

  2. Rejali operatsiyalarga bolalar qanday tayyorlanadi?

  3. Shoshilinch operatsiyalarga bemorlar qanday tayyorlanadi?

  4. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qanday o’tkaziladi?

  5. Qon ketgan bemorlarga operatsiya oldi tayyorgarligi qanday o’tkaziladi?

  6. Hayotiy zarur a’zolar funktsiyasi buzilgan bemorlar operatsiyaga qanday tayyorlanadi?

  7. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash turlari qanday?


SHIFOKORLARNING BEMOR VA ULARNING OTA-ONALARI BILAN SHAXSIY GIGIYENA QOIDALARI HAQIDA SUHBATLARI. KASALXONA ICHI INFEKSIYA TUSHUNCHASI VA UNI OLDINI OLISH
Kasalxona ichi infeksiyasi – bu bemorning kasalxonada davolanishi paytida yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan so’ng kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy muassasadagi xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida uning yuqtirishi sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir.

Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari

Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi:


  • tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya tashuvchilarning mavjudligi;

  • sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab uskunalardan keng foydalanish;

  • katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan yaqinligi;

  • aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish;

  • tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya qilishning buzilishi;

  • tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib qoidalarining buzishi;

  • kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o’ynaydigan tibbiyot xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan xodimlar malakasining yetarli emasligi.

Kasalxona ichi infeksiyasi qo’zg’atuvchilari

Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar vakillarini o’z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi. Bular: stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar, klebsiyella, E.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia, bakteroidlar, klostridiylar, kandida va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi infeksiyasi etiologiyasida gripp viruslari, adenoviruslar, rotaviruslar, enteroviruslar, virusli gepatit va boshqa viruslar muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari lepyunellalar, pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki ilgari noma’lum qo’zg’atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin.

Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko’rinishda aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi.

Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy komponentlarni o’z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo’li va qabul qiluvchi sub’yekt.



Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari.

Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo’llari va omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi.

Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo’zg’atuvchilari havo-tomchi, havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo’llar va homilaning tug’ruq yo’lidan o’tish vaqtida ham yuqishi mumkin.

Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish

I. Nospetsifik profilaktikasi


  • Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional rejalashtirilgan me’moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va rekonstruksiya qilish.

  • Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun’iy va tabiiy shamollatish; suv ta’minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish.

  • Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya-epidemiyaga qarshi kurashni nazorat qilish.

  • Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo’llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani dezinfeksiya qilish;

  • Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir.

  • Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo’q qilishga qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui.

II. Maxsus profilaktikasi

Kasalxonada infeksiya xavfini kamaytirishning eng muhim usullari quyidagilardir:



  • tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan bajarilishi, qo’l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo’llash;

  • bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish;

  • shifoxonada mavjud bo’lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga mo’ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish.



Download 5,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   379   380   381   382   383   384   385   386   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish