The economy of enterprise


Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti



Download 4,77 Mb.
bet81/199
Sana30.12.2021
Hajmi4,77 Mb.
#197992
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti (Kfn) korxona moliyaviy mustaqilligining kamayishi (ko’payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma’lumot beradi hamda korxona o’z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu erda:


IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.

Xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti (Kos) korxonaning barqaror ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan aylanma vositalar mavjudligini tavsiflaydi. Shuningdek u, korxona egalari va kreditorlar manfaatlaridagi munosabatlarni ham aks ettiradi. Mazkur koeffitsient quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Bu erda:


A1 – uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, kapital qo’yilmalar, nomoddiy aktivlar va hokazo).

Ko’rsatkichlar tizimini tayyorlagan mualliflar tomonidan korxonaning to’lovga qobiliyatligi yoki nochorligini aniqlovchi parametrlar belgilab berilgan. Masalan, to’lov qobiliyati koeffitsienti hamda xususiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati koeffitsienti 2 dan kichik bo’lsa (Kpl<2; Kss<2), moliyaviy mustaqillik koeffitsienti 0,5 dan kichik bo’lsa (Kfn<0,5), xususiy aylanma mablag’lar bilan ta’minlanganlik koeffitsienti 0,1 dan kichik bo’lsa (Kos<0,1) korxonalar nochor deb topiladi. Korxona nochorligi, demak, xo’jalik faoliyatining samarasizligi to’g’risidagi yakuniy qaror, nochorlik parametrlarining umumiy summasi 4,6 dan kichik bo’lgan holda qabul qilinadi.

Xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo’lib, buning hamma uchun to’g’ri keluvchi yagona yo’li mavjud emas. Har bir korxona bu masalani echishda o’z imkoniyatlari va yuzaga kelgan iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi. Biroq barcha hollarda ham samaradorlikning asosida foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish yotadi.

Shartli misol keltirib o’tamiz. Aytaylik, korxonaning 10 mln so’m miqdorida mablag’i bo’lib, bu mablag’larni ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash mo’ljallangan. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, korxona 10 mln so’m sarf qilganda qo’shimcha 11 mln so’mlik mahsulot ishlab chiqaradi, ya’ni foyda 1 mln so’mni yoki qo’shilgan kapitalning 10 % qismini tashkil qiladi.

Agarda korxona ushba mablag’ni bankka yiliga 12 %li depozit hisobiga qo’yganida, foizlar uchun 1,2 mln so’m foyda olgan bo’lar edi. Demak, muqobil xarajatlarni hisoblaganda korxona 0,2 mln so’m miqdoridagi qo’ldan chiqarib yuborilgan foydani ham hisobga olishi lozim. Biroq ishga bunday yondashishning, bugungi bozor munosabatlari sharoitlarida keng tarqalgan bunday usulida, ya’ni eng ko’p foydaga ega bo’lish tamoyili asosidagi usulda, korxona foydani maksimal darajaga chiqarsada, ishlab chiqarishni kengaytirishga erisha olmaydi. Ishlab chiqarishni kengaytirish esa, barchaga ma’lum bo’lganidek, iqtisodiyotning rivojlanishi uchun eng muhim talablardan biri hisoblanadi.




Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish