kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo’lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash va o’zlashtirish xarajatlari (masalan, asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlash va loyihalashtirishga sarflanuvchi xarajatlar va boshqalar).
Aylanma ishlab chiqarish fondlari alohida tarkibiy qismlari yoki elementlari o’rtasidagi foizlarda ifodalanuvchi o’zaro munosabatlar aylanma ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini tashkil qiladi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlari o’rtasidagi xuddi shunday foizlardagi munosabatlar korxona aylanma mablag’larining tuzilmasi deb ataladi.
Ishlab chiqarish zahiralari aylanma ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bozor iqtisodiyoti, ayniqsa, barcha resurslar taqchilligi sharoitlarida ishlab chiqarish zahiralarining haddan tashqari oshirib yuborilishi korxona iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qilishidan tashqari, resurslarni “bog’lab” qo’yadi hamda ularning yo’qotilishiga olib keladi. Shu sababli aylanma mablag’lar hajmini optimallashtirish va ularni mahsulot ishlab chiqarish dasturlariga mos holga keltirish korxonaning tejamkorlik rejimida faoliyat yuritishi katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarning aylanma mablag’lari ishlab chiqarishning texnologik tashkil etish xususiyatlariga ko’ra, bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlarning xarakteri ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va murakkabligi, ixtsisoslashtirish darajasi, mahsulotni realizatsiya qilish sharoitlari va shu kabilar bilan izohlanadi. Aylanma mablag’lar tuzilmasining tarmoqlar bo’yicha farqlanishini quyidagi jadval orqali bilib olish mumkin (8.1-jadval).
Korxonalar aylanma mablag’lari tarkibi va tuzilmasiga xo’jalik yuritish qobiliyati va uning samaradorligiga rioya qilish qoidalari katta ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni korxona ishlab chiqarish zahiralarini va aylanma mablag’larning ta’minlanganligini haddan tashqari oshirishga intilmasligi zarur. Amaliyotning guvohlik berishicha, bu, resurslarning halok bo’lishiga va sun’iy tanqislikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Shu sababli xom ashyo va materiallarni sarflashning texnologik normalariga rioya qilish, ularni saqlashni to’g’ri yo’lga qo’yish, chiqitlar va yo’qotishlarni kamaytirish, zamonaviy va arzon materiallardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Biroq arzon materiallardan foydalanish doim ham korxona imkoniyatlari va xohishidan kelib chiqavermaydi va tashqi muhit, birinchi o’rinda ishlab chiqarishdagi hamkorlar, bahoni shakllantirish, umumiy iqtisodiy barqarorlik va boshqa omillar bilan ham bog’liq bo’ladi.
8.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |