Tezkor xotira



Download 165,66 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.02.2022
Hajmi165,66 Kb.
#422948
Bog'liq
Tezkor xotira - Vikipediya



Tezkor xotira
Tezkor xotira (
ruscha
оперативная память
inglizcha
Random Access Memory, RAM) —
oʻqish yoki yozish uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida (har
doim bir vaqtning oʻzida, joylashuvidan qatʼiy nazar) kirish imkonini beruvchi kompyuter
xotirasining turlaridan biridir
[1]
. Protsessor qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni
tezkor xotiraga yuklab oladi va bu kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Tezkor xotirani asosiy oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda
oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi — tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida oʻtadigan
maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
Kompyuterlarda tezkor xotira sifatida foydalaniladigan xotira modullari dizaynining evolyutsion rivojlanishi. Yuqoridan
pastga: DIP, SIPP, SIMM 30 pin, SIMM 72 pin, DIMM, DDR DIMM


EHMlarning
dastlabki modellarida yuzlab yoki minglab bit sig‘imli asosiy xotira funksiyasini
bajarish uchun rele, kechiktiruvchi xotira qatori yoki har xil turdagi vakuum naychalaridan
foydalanilgan
[2]
.
Zamonaviy tezkor xotiraning keng tarqalgan ikkita shakli statik RAM (SRAM) va dinamik RAM
(DRAM) mavjud. SRAMʼda maʼlumotlarning bir qismi oltita tranzistorli xotira xujayrasining
holatidan foydalangan holda odatda oltita MOSFET (metall-oksid-yarim oʻtkazgichli maydon
effektli tranzistorlar) yordamida saqlanadi. RAMʼning bu shakli ishlab chiqarish qimmatroq
boʻlib, biroq odatda tezroq hamda DRAMga qaraganda kamroq dinamik quvvat talab qiladi.
Zamonaviy kompyuterlarda SRAM koʻpincha protsessor uchun kesh xotirasi sifatida
ishlatiladi
[3]
.
Hozirgi kunda asosan katta hajmdagi dasturlar, oʻyinlar bilan kompyuterni band qilganda,
kompyuterga tushayotgan yuklama asosan tezkor xotiraga tushadi. Bu xotiraning o’lchami
dastur va o’yinlarning ishlash tezligiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bu xotira turi vaqtinchalik
axborotni o’zida saqlaydi. Dastur yuklanganda dastlab tezkor xotiraga yuklanadi va u yerdan
ishga tushadi. Bundan kelib chiqadiki, tezkor xotiraning hajmi qancha katta bo’lsa, bir paytning
o’zida bir necha dasturlarni yuklab, ish olib borishingiz mumkin bo’ladi (misol uchun ashula
eshitib, o’yin o’ynash mumkin).
Biror dasturni ishga tushirib (dastlab tezkor xotiraga xotiraga yuklab), soʻng bu dasturdan chiqib
ketib, ya’na shu dasturni ishga tushirsangiz, dastur yuklanishi biroz tezroq amalga oshiriladi.
Chunki kompyuter dastlab tezkor xotiraga murojaat qiladi, agar yuklangan dastur u yerda
mavjud bo’lsa, o’sha yerdan dasturni yuklaydi, aks holda dasturni izlashni boshlaydi.
Tezkor xotira 2 ta asosiy xarakteristikaga ega va bu xotirani sotib olishda uning hajmi va shu
xotira ishlaydigan chastota miqdori inobatga olinadi. Tezkor xotira chastotasi ishlash tezligini
aniqlab beradi. Chastota bu vaqt birligidagi jarayondir. Misol uchun, 600 megagers chastotali
tezkor xotira 100 MB ma’lumotni 10 sekunda yuklasa, 1000 megagersli tezkor xotira bu
jarayonni 5 sekundda amalga oshiradi.
Tezkor xotira koʻrinishi va ona plata (материнская плата, motherboard)ga oʻrnatilishi boʻyicha
bir necha turlarga boʻlinadi. Hozirgi zamon tezkor xotiralariga DDR1, DDR2, DDR3, DDR4 kiradi:
DDR1 — maksimal ishlash chastotasi 400 megagersgacha;
DDR2 — maksimal chastotasi 800 megagersgacha;
DDR3 — maksimal ishlash chastotasi 1800 megagersgacha.


Har bir tezkor xotira turi o’zining platasiga ega, ya’ni platadagi slot faqat bir turdagi tezkor
xotirani qabul qiladi. Misol uchun, DDR1 uchun mo’ljallangan plataga DDR2 ni o’rnatib bo’lmaydi.
Chunki har bir tezkor xotira turi oʻzgacha ulanish tishlariga ega. Oʻlchami bir xil boʻlishi mumkin
lekin tishlari oʻrtasida farq bor.
Muhim ma’lumotlardan biri shuki, plata shinasini ham tezkor xotirani oʻrnatishda e’tiborga olish,
uning chastotasini ham bilib qoʻyish zarur. Bu ma’lumotni kompyuter platasi hujjatidan
topishingiz mumkin. Misol uchun, 800 MGʼda ishlaydigan DDR2 tezkor xotirasini 533 MG shinada
ishlaydigan plataga qoʻyilsa, tezkor xotira ham 533 MGʼda ishlaydi yaʼni shu chastotaga
moslashadi. Agar har xil chastotada ishlaydigan 2 ta tezkor xotirani bir plataga oʻrnatilganda,
umumiy ishlash chastotasi kichik bo’lgan chastota bilan bog’liq bo’ladi. Misol tariqasida 1000
MG va 600 MG chastotada ishlaydigan tezkor xotirani bitta plataga oʻrnatilsa, shunda tezkor
xotira 600 MGЦ chastota bilan ishlaydi. Tezkor xotira koʻplab oʻyin va dasturlar uchun
javobgardir.
1. 
Принципы организации основной памяти в современных компьютерах (http://citforu
m.ru/hardware/app_kis/glava_38.shtml)
2. Как повышают производительность компьютеров // Воеводин В. В., Воеводин Вл. В.
Параллельные вычисления. — СПб : БХВ-Петербург, 2002. — Гл. 2. — 608 с. — 
ISBN 5-
94157-160-7
.
3. Sze, Simon M. (2002). Semiconductor Devices: Physics and Technology (2nd ed.). Wiley.
p. 214. 
ISBN 0-471-33372-7
.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tezkor_xotira&oldid=2394661
" dan olindi
Izohlar


 
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval
 
Zafar Shamsiddinov
 tomonidan amalga oshirildi

Download 165,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish