Texnologiyalardan foydalanish



Download 35,5 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi35,5 Kb.
#844557
Bog'liq
Geografiya Nabiyeva N


GEOGRAFIYA TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHDA YANGI PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Nabiyeva Nigora Xurshedovna
Samarqand viloyat Samarqand tuman
29-umumiy òrta ta'lim maktab geografiya fani òqituvchisi
Buyuk pedagoglarimiz o’qituvchini “amaldagi ruxshunos” deyishgan. Bir soatlik dars jarayonida o’qituvchi 100 dan ortiq muammoli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Jamoada sog’lom muxitni ta’minlashda, o’quvchining ma’naviy va axloqiy qiyofasini shakllanishida muammoli vaziyatlarning ijobiy yechimi aloxida axamiyat kasb etadi. Mustaqil fikr-mulohaza insonda mavjud bilimlarni, fikr va voqelikka bo’lgan munosabatlarning erkin yuzaga chiqarilishidir. Albatta, ushbu jarayon o’z-o’zidan royobga chiqmaydi, ayniqsa, ta’lim-tarbiyada. Ma’lumki, ta’lim o’qituvchi va o’quvchi orasida o’rnatiladigan pedagogik munosabatlar majmuidir. Ana shu munosabatlarda o’zaro ishonch, talab va tartib muhimdir, ya’ni bilimlar ortib boradi, intellekt mukamallashadi. Geografiya ta’lim tizimiga joriy etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalardan ko’zlanayotgan asosiy maqsad ham xuddi ana shundadir. Yangicha yondashuv jarayonida bilim talabalarning o’z ijtimoiy tartiblari asosida paydo bo’ladi va hulq-atvor shaklining ham o’zgarishga ta’sir qiladi. Mustaqil fikrlarni bildirar ekan, o’quvchi dars jarayonining faqat subyekt sifatida ham namoyon bo’ladi, ya’ni teng xuquqli ta’lim dialogini vujudga keltiradi. Ayniqsa, darsni muammoli tashkil etish o’quvchi o’quv faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu jarayonning yanada muvaffaqiyatliroq chiqishi uchun yangi pedagogic texnologiyalar bilan birga AKT ga ham e’tiborini qaratish kerak. Pedagogik texnologiyalar va AKT asosida o’quv jarayoni tashkil etilganda bilim egallashning bir qancha bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqichlari mavjud bo’lib, tayyor bilimlarni o’quvchi ongiga yetkazish, esga olish, esda saqlash, qayta esga tushirish, so’zlab berish, yozma ifodalash kabi holatlarni bilish, tushunish darajalarini ifodalaydi.
Umumiy o`rta ta`lim tizimida o`qituvchi tomonidan bajariladigan muhim vazifa o`quvchilarning olgan bilim, ko`nikma va malakalarini kelajak hayotida amalda qo`llash ya`ni kompetensiyaviy ta`lim-tarbiya berishdan iborat. Biz pedagoglar har bir o`quvchiga shaxs sifatida qarashimiz kerak. Sababi, maktab ostonasidan kirgan har bir o`quvchi – ertangi kundagi jamiyat a`zosi, kelajak egasidir. Yosh avlodga sifatli ta`lim-tarbiya berish uchun hozirgi taraqqiyot bosqichida bo`layotgan iqtisodiy-ijtimoiy va yangi texnologik o`zgarishlar, ta`lim tizimini yangi pog`onaga ko`tarish uchun ta`lim sohasida eng maqbul usullarni qo`llash ehtiyoji tug`ilmoqda.
Ta`lim tizimida geografiya fanining o`rni bo`lakcha. Geografiya yer yuzasining tabiati, aholisi va xo`jalik faoliyatini o`rganuvchi ko`hna hamda navqiron fandir. Fanlar ichida geografiya fanidagidek ko`plab ma`lumotlarga va qo`shimcha manbalarga boy fanni uchratish qiyin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta`lim tizimida ham izchil amalga oshirilmoqda. Chunki bu soha o`quvchilarga murakkab ilmiy tushunchalarni izohlashda, biron-bir hududning aniq tasvirini ko`rsatishda, turli interfaol mashg`ulotlarni o`tkazishda yengillik tug`dirmoqda. O`qituvchilar uchun dars o`tish jarayonida asosiy ko`makchiga aylanganligini aytib o`tish joizdir.
Geografiya darslarida ma`ruza, og`zaki bayon, tushuntirish orqali ko`p samaraga erishib bo`lmaydi. Biz o`qituvchilar har bir darsda o`quvchilarni lol qoldirishni unutmasligimiz kerak. Zero, "donolikga intilish lol qolishdan boshlanadi”.
Har bir geografiya o`qituvchisining o`z darslariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni avvalo Microsoft - Word, Excel, Power Point dasturlaridan boshlashi zarur. Word dasturida o`qituvchi kundalik dars rejasi va darsga ta`luqli bo`lgan yozuv ishlarini bajarsa bo`ladi. Excel dasturi murakkab hisoblanib, geografiya uchun ko`p xizmat qilishi mumkin. Ayniqsa iqtisodiy-ijtimoiy geografiya kurslaridagi jadval, chizma va diagrammalarni tayyorlashda ko`p qulayliklarga ega. Power Point dasturida darsning barcha bosqichlari uchun taqdimot tayyorlab ketma-ketlikda matn, rasm va videoroliklarni namoyish etish mumkin.
Geografiya ta`limida "Google Earth” dasturi o`qituvchining eng yaqin ko`makchisiga aylanishi zarur. Bu dastur sayyoramizning landshaftini va relyefini asl holida ko`rsatish imkoniyatiga ega. Hatto kichik hududlarni ham yuqoridan ko`rish imkoniyati mavjud. Bunda albatta kompyuter internet tarmog`iga ulangan bo`lishi zarur.
"Pinnacle studio” videorolik tayyorlovchi dastur hisoblanadi. Ma`lumki, geografiyaga ta`luqli videoroliklar ko`plab topiladi. Ammo u videoroliklarning barcha qismlari dars mavzusiga mos kelmaydi. Bunda biz ushbu dasturning imkoniyatlaridan foydalanib, kerakli, mavzuga mos joylarini olib va mikrofon orqali ovozlashtirgan holda o`quvchilarga namoyish etishimiz mumkin.
O`qituvchi darsga puxta tayyorgalik ko`rishi uchun wikipedia.org,ziyonet.uz, geografiya.uz kabi internet resurslarining o`rni katta. Bu saytlar orqali maktab geografiya ta`limining barcha mavzulariga mos qiziqarli va qimmatli ma`lumotlarni topish mumkin. Shuningdek, google.com qidiruv tarmog`idan foydalangan holda foto va videomanbalardn foydalanish yaxshi samara beradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.ВахобовХ. Ўзбекистон географиясининг долзарб назарий ва амалий муаммолари. “ География фанинг долзарб назарий ва амалий муаммоалари” Респ. Илм-амал. конф. материаллари. Т. 2006 3-7 б
2. Вахабов х., Тошева Н. Жадидчилик даврида география фанининг ривожланиши “ География фанинг долзарб назарий ва амалий муаммоалари” Респ. илм- амал. конф. материаллари. Т. 2006 145-146 б.
3.Вахабов Х., Рафиқиов А.А. Ўзбекистон табиатини мухофаза қилиш. Университет. Т. 2001, 38 б.
4. Вахобов Х., Тиллабоева М. Иқтисодий география асослари. Т.“ Ўқитувчи”, 2001, 150 б.
Download 35,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish