“texnologiya va uni o’qitish metodikasi” fanidan



Download 4,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/83
Sana10.05.2023
Hajmi4,69 Mb.
#936715
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83
Bog'liq
TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH OQUV qollanma(1)

 
9 – amaliy mashgʻulot.
Oʻquvchilarni tejamkorlikka oʻrgatish. Chiqindi materiallardan turli 
buyumlar yasash. Chiqindi materiallaridan choynak tagligini yasash 
Reja:
1. Chiqindi materiallari va ulardan bajarilgan ishlar haqida maʼlumot berish.
2. Chiqindi materiallaridan choynak tagligini tikish texnologiyasi.
Amaliyotning maqsadi
: Mehnat darslari asosida bolalarni tejamkorlikka 
oʻrgatish tejamkorlikka oʻrgatish usullarini ishlab chiqish


165 
Oʻquv mashgʻulotining maqsadi: 
Talabalarga chiqindi materiallari va 
uning turlari haqida maʼlumot berish. Chiqindi materiallaridan choynak tagligini 
tikish texnologiyasini oʻrgatish.
Oʻqituvchining vazifalari:
• chiqindi materiallari va ulardan unumli foydalanishga oʻrgatish;
• chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida maʼlumot berish;
• chiqindi materiallaridan choynak tagligini tikish texnologiyasi bilan 
tanishtirish;
• amaliy ish natijalarini koʻrish, xato va kamchiliklarni koʻrsatish, baholash.
Taʼlim usullari: “Koʻrsatib ber, tushuntirib ber”, Aqliy hujum”, amaliy ish.
Taʼlim vositalari: Metodik qoʻllanmalar, slaydlar, koʻrgazmalar, baklajka 
qopqoqlari, qaychi, ip, igna, mato boʻlaklari.
Mashgʻulotni boshlashdan oldin oʻquvchilarning bilimlarini aniqlash va 
fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi.
1. Tejamkorlikni oʻrganish oʻquvchilarga nima beradi?
3. CHiqindi materiallaridan foydalanishni ahamiyati qanday?
4. CHiqindi materiallariga qanday asboblar bilan ishlov berish mumkin?
Ish joyini toʻgʻri tashkil etish
Oʻquvchining chap tomoniga qaychi, chizgʻich, qalam, oʻlchov metri 
joylashtiriladi. Oʻquvchining oʻng tomoniga turli chiqindi idishlar, mato boʻlaklari 
va har xil bezak materiallari joylashtiriladi. Oʻquvchining oldi tomoniga 
plastmassa yelim, chiqindilar uchun quticha, igna, ip va sochiqcha joylashtiriladi.
Suv idishlari qopqogʻidan choynak tagligi tayyorlash quyidagicha 
bosqichlardan iborat:
1. Bir qancha metall yoki plastmassa qopqoqlarini keraksiz narsalardan 
tozalab olinadi.
2. Har bir qopqoqni keraksiz mato boʻlaklari bilan oʻrab, tikib chiqiladi:
3. Mato boʻlaklari tikilgan qopqoqlarni bir-biriga yopishtirish uchun 
koʻrinmas choklar yordamida bir-biriga biriktirib tikib chiqiladi:


166 
4. Qopqoqlarni bir-biriga biriktirishimizda choynak tagligining shakliga 
eʼtibor berishimiz kerak. Taglikning shakli turli koʻrinishlarda boʻlishi mumkin 
(yumaloq, toʻrtburchak, uchburchak, besh burchak, romb va boshqa shakllarda)
Bolalarni yoshlik chogʻidan boshlab tevarak-atrofdagi moddiy neʼmatlarga, 
buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga, har qanday 
moddiy neʼmat inson mehnatining mahsuli ekanligini va uni asrab-avaylashga 
oʻrgatib borish zarur. Bolaning jamoatchilik va shaxsiy buyumlarga boʻlgan 
munosabati ilk yoshlik chogʻidanoq oilada, oila aʼzolarining shaxsiy va 
jamoatchilik mulkiga boʻlgan munosabatidan boshlanadi. Albatta, yosh avlodda 
tejamkorlik, ishbilarmonlik, uddaburonlik kabi sifatlarni shakllantirmasdan turib 
barkamol shaxsni tarbiyalab boʻlmaydi. Chunki aynan shu sifatlarda bolaning 
inson mehnati mahsuliga, jamoatchilik mulkiga toʻgʻri munosabati, uni asrab-
avaylash, boyitishga hissa qoʻshish istagi yotadi. Oʻsib borayotgan yosh avlodda 
bunday sifat va fazilatlarni shakllantirish koʻp jihatdan oʻqituvchining kasbiy 
tayyorgarligiga, pedagogik mahoratni qay darajada egallaganligiga bogʻliqdir.
Mehnat fanlar asosini chuqur va amaliy oʻzlashtirishda, bolalarni mehnatga 
boʻlgan munosabatini ijodiy ish faoliyatida mustaqil shakllantirishda, fikr 
yuritishga oʻrgatuvchi ilmiy vositalardan biridir. Koʻp asrlik tajriba shuni 
koʻrsatadiki, insonlarning mehnati tufayli cheksiz boyliklar va imkoniyatlarning 
yechiladi. Texnologiya fani iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili hisoblanib, 
oʻquvchilarning chuqur iqtisodiy bilimini mustahkamlaydi.
Hali-hanuz iqtisodiy mehnat tarbiyasida ilgʻor umumbashariy va milliy 
gʻurur, ularning tarbiyaviy xarakteri oʻz ifodasini topgani yoʻq. SHuning uchun 
mehnat darslarida oʻquvchilarning iqtisodiy faolligini oshirish va tadbirkorlik 
mehnat faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va kuchaytirish lozim.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. 
Bu vazifalardan biri tadbirkorlik boʻlib, bu mahsulot ishlab chiqarish uni sota 
bilish, tushgan mablagʻni joy-joyiga sarflay olishdir. Bu tadbirkorlik talablarini 
mehnat darslari jarayonida darslar nechogʻlik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, 
oʻquvchilar shunchalik iqtisodiy bilimga va malakaga ega boʻladilar. Avvalo bu 


167 
darslarning mazmunini toʻgʻri belgilab olish zarur. Texnologiya taʼlimi va 
tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yoʻnalganligi;
- Mehnat darslarini bozor iqtisodi talablari asosida pedagogik 
texnologiyalardan va malakalardan unumli foydalanish;
- Oʻquvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy toʻgaraklarga jalb qilish;
- Oʻquvchilarni mehnat darslarida iqtisodiy bilim berishda yoshi, shaxsiy 
xususiyatlarini hisobga olish;
- Oʻquvchilarni mehnat natijalarini ragʻbatlantirish va kamchiliklarni 
doʻstona hal qilish;
Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak- atrofdagi 
hayotni oʻziga xos tarzda bogʻlovchi omil boʻlishi lozim.
Shuning uchun hozirgi kunda mehnat darslarida “oʻz-oʻzini boshqarish” va 
“oʻz-oʻzini mablagʻ bilan taʼminlash” kabi tadbirkorlik ishlarini tashkil qilish 
lozim.
Masalan oʻquvchilarning mehnat darslarida materiallarni isrof qilmaslikni, 
ishning sifatliligini, estetik jihatdan bejirim va chiroyli boʻlishiga eʼtibor berishlari 
kerak. Shu bois boshlangʻich sinflarda texnologiya taʼlimi va tarbiyasi jarayonida 
tadbirkorlik tushunchalarini, kelgusi mehnat faoliyatida muhim oʻrin egallash 
ekanligi koʻrsatish, tushuntirish pedagog oʻqituvchilarning oldida turgan muhim 
vazifalardan biri ekanligini taʼkidlash zarur. Oʻquvchilarda texnologiya taʼlimi 
jarayonida tadbirkorlik tushunchalarining dastlabki bosqichlarini amalga 
oshirishda qoʻyidagi vazifalarni bajarish koʻzda tutiladi.
1. Oʻquvchilarni texnologiya taʼlimiga oid nazariy va amaliy bilim berishni 
uzviyligini mustahkamlash;
2. Kasblar xususiyatni farqlay bilishga oʻrgatish orqali ularni turli kasblarni 
toʻgʻri tanlashga yoʻnaltirish;
3. Unumli mehnat qilib yuqori samaradorlikka erishishni oʻrgatish;
4. Mehnat jarayonida erishilgan natijani maktab jamoasi va ota-onalar 
ishtirokida namoyish etish;


168 
5. Bajarilgan ishlar sifatini oshirishda kim oshdi savdo maskanlarini tashkil 
etish;
Oʻquvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini shakllantirishda maktab, mahalla, 
oila va jamoatchilikni birgalikdagi harakati oʻz-oʻziga xizmat qilishni tashkil etish, 
mahsulot sifati hamda turli ish turlari jarayonida mehnat natijalarining unumdorligi 
keskin oʻsishda oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Chunki tadbirlarda erishilgan yutuqlar 
boʻyicha oʻquvchilarning bajargan buyumlari maktab muzeylari yoki sinf 
burchagida namuna sifatida saqlash, ota-onalarga sovgʻa sifatida taqdim etish 
oʻquvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada oshirish, ijobiy natijalarga 
erishishda samarali taʼsir koʻrsatadi.
Oʻquvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib chiqib har xil 
koʻrgazmalar va oʻquvchilarning oʻzlari uchun maktab bozori tashkil qilinsa 
maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Bunda oʻquvchilar oʻzlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga, eʼtiborga 
sazovor boʻlganligini, oʻzini mablagʻ bilan qisman taʼminlanganligini, oʻzini 
boshqara olishini koʻrib, oʻz mehnatiga va oʻzgalar mehnatiga hurmat bilan 
qaraydi. Oʻquvchi ongida mehnatga muhabbat oʻz samarasini topadi.
Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga koʻtara oladigan, oʻzining 
kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning rivojlanishida oʻzini hissasini 
qoʻsha oladigan barkamol avlodni tarbiyalashimizda yordam beradi.


169 

Download 4,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish