II-MODUL. TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH
METODIKASI.
7- MAVZU. Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil
etish metodikasi
Reja:
1. Applikatsiya va mozaika ishida asosiy ish qurollari
2. Applikatsiya turlari oʻrgatilishi
3. Applikatsiya va mozaika ishlari bilan ishlashning ahamiyati
Applikatsiya – tasvirlash texnikasining turli formalarni qirqish va ularni fon
tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Bu applikatsiyadan faqat bezash maqsadlarida koʻrgazmali qurollar, turli oʻyinlar
uchun qoʻllanmalar, oʻyinchoqlar, bayroqlar, suvenirlar, devoriy gazetalar, stendlar
97
va hokazolarni bezashda ishlatiladi. Applikatsiya bilan shugʻullanish oʻquvchilarni
garmonik
rivojlantirishda
katta
ahamiyatga
ega.
Applikatsiya
ijodni
rivojlantirishda katta yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va
diqqatni faollashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni oʻstiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy eʼtibor uning umumiy koʻrinishiga qaratilishi
kerak. Yaxshi oʻylangan kompozitsiya, yaʼni tasvirlash lozim boʻlgan narsalarni
joylashtirish applikatsiyalar muvaffaqiyatining garovidir. Tasvirlash lozim boʻlgan
narsalar yordamida figura va narsalarning holati aniqlanadi, tasvirlangan
hodisalarning uygʻunligiga erishiladi. Tasvirning barcha detallari, hatto eng
kichiklari ham qogʻozdan qirqiladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, yaʼni fonga joylashtiriladi va
oʻylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir maʼqul boʻlmasa detallar
boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun
ularning oʻrnini qalam bilan belgilab qoʻyiladi.
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib koʻramiz. Ishni
boshlash uchun markazni topish, simmetriya oʻqini oʻtkazish va elementlarni
shunga koʻra joylashtirish lozim. Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi.
Koʻpincha ochiq fondagi qogʻoz va fon tanlanadi. Applikatsiya moʻljallangan
tasvir va elementlar miqdori qogʻozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida
ishlanganda asosiy eʼtibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar,
ularning oʻlchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir hajmiga koʻra eng katta
element asosiy tematik element boʻlishi kerak. Namuna tariqasida 1-sinf
oʻquvchilari 8-Mart uchun tabriknoma yasashlari mumkin. Bu ishda bolalar andoza
bilan ishlaydilar, taxlash va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash
koʻnikmalarini sinaydilar va rangli qogʻozdan ingichka oq va sariq toʻgʻri
chiziqlarni qirqadilar. Quyosh uchun kvadrat qogʻozdan doira qirqsa boʻladi.
Bolalar yasagan gullar turlicha boʻlishi mumkin. Novdalar ham qoʻlda qirqiladi.
Suhbatni oʻqituvchi “8-Mart kuni” haqida olib boradi va bunda sovgʻa
masalasini eslatib oʻtadi. Eng yaxshi sovgʻa oʻz qoʻli bilan yasagan sovgʻadir.
98
Suhbat mehribon buvijonlarimiz, onajonlarimiz, opa-singillarimiz haqida boʻlishi
mumkin. SHundan keyin namuna koʻrib chiqiladi, uning elementlari, ish usullari,
kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |