Texnologiya ta`limi praktikumi (chilangarlik) fanidan


Mustahkamlash uchun savollar



Download 4,13 Mb.
bet29/34
Sana07.03.2022
Hajmi4,13 Mb.
#485568
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
TTP amali mashg\'ulot

Mustahkamlash uchun savollar:
1.Parchin mixlar haqida ma’lumot bering?
2.Parchinlash asbob uskunalarini ayting?
3.Parchinlashni mashq qilib ko’rsatin?







AMALIY MAShG’ULOT №8
Mavzu: Rezbalar. Ishchi va tashqi rezbalar. Rezba qirqishni mashq qilish
Ishdan maqsad: Rez’ba turi bilan tanishish va metchiklar bilan ichki rez’ba hamda plashkalar bilan tashqi rezba qirqish usullarini egallash.
Asbob-uskuna va moslamalar: Xar xil rez’ba turlaridan namunalar, tiski, rez’ba qirquvchi asbob (metchik) va moslama (vorotok), plashka, plashka tutkich, nazorat o’lchov asbobi, rez’ba qirqish uchun zagatovka.
Topshirik: qo’lda ichki va tashqi rez’ba qirqish.
Tayanch iboralar: metchiklar, plashka (lerka), surilma plashka, vorotok, plashka tutkich, yumaloq plashka.
Nazariy ma’lumotlar.
Metchiklar ishlatilishiga qarab dastaki va stanoklarda rezba qirqadigan (mashina metchiklarga); qirqiladigan rezbaning profiliga qarab metrik sistemadagi, dyumli va truba rezbalar qirqadigan; konstruksiyasiga ko’ra yaxlit, yig’ma va maxsus turlarga bo’linadi. Ular asosan ish qismi va quyruqdan iborat bo’ladi.
Ish qismi qirquvchi va kalibrlovchi qismdan iborat. Uning quyrug’iga vorotok kiydiriladigan kvadrat shakldagi kallak chiqarilgan. Metchiklarda uchta yoki to’rtta ariqcha bo’lib, ular orqali qirqish vaqtida hosil bo’lgan qirindi chiqib ketadi. Ariqchalaraning chetlari kesuvchi tig’lardan iborat bo’lib, ular rezba qirqish uchun xizmat qiladi.
Metchiklar U10, U12A va 9X, 9XS markali uglerodli va legirlangan asbobsozlik po’latlaridan tayyorlanadi. Qirquvchi qismi konussimon shaklda bo’lib, metchik teshikka kira borgan sari undagi kesuvchi tig’lar ketma-ket vint chiziq- rezba izlarini hosil qilib uni chuqurlashtira boradi. Kalibrlovchi qismi esa rezbalarni tozalab, aniq shakl va o’lchamga keltiradi.
Biror o’lchamdagi rezba qirqish uchun mo’ljallangan metchiklar komplektida ikkita yoki uchta metchik bo’lib, ularning ishlatish ketma-ketligi quyruqlariga chizilgan chizilar orqali aniqlanadi. Chiziqlar soni metchik nomerini ifodalaydi. Birinchi navbatda bitta chiziqli metchik bilan rezba irqiladi. Bu bilan ma’lum chuqurlikdagi xomaki rezba ochiladi. So’ngra ikkinchi metchik bilan o’rtacha rezba qirqilib, uchinchisi bilan aniq rezba hosil qilinadi.
Birdaniga ikkinchi yoki uchinchi nomerli metchik bilan rezba qirqishga ruhsat etilmaydi. Bu narsa metchikning sinishiga sabab bo’ladi. Rezba silliq va sifatli chiqishi, metchikning ishdan chiqmasligini ta’minlash uchun rezba qirqish vaqtida uni moylab turish kerak. Dastaki metchiklar vorotok bilan aylantiriladi. Vorotoklvr iki xil bo’ladi: biri o’zgarmaydigan kvdrat teshikli, ikkinchisi o’zgaradigan, o’zgarmaydigan vorotokda har xil o’lchamli metchiklarning kallaklariga moslab ochilgan bir neta kvadrat shakldagi teshiklar bo’ladi, o’zgaradigan vorotokda surilma jag’’ bo’lib, uni surish bilan teshik o’lchamini metchik kallagiga moslanadi.
Ichki rezbalar qirqishda rezba mos parmalarni to’g’ri tanlashga alohida e’tibor berish kerak. Rezbag mos parma tanlash deganda bolt uchun gayka tayyorlashda metallni teshish uchun kerak bo’ladigan parma diametrini aniqlash tushuniladi. Metrik va truba rezbalarga mos parmalar diametrini jadvallardan foydalanib aniqlanadi. Jadvallardan foydalanishning iloji bo’lmagan hollarda metrik rezbaga mosparma (teshik) diametrini quyidagi formuladan topish mumkin:

Bu yerda: d - parma (teshik) diametri, mm;
D - rezba (bolt) diametri, mm;
S - rezba qadami, mm.
Boltning diametri shtengensirkul yordamida, rezba qadami o’lchash usuli bilan yoki rezbomer yordamida, rezba qadami o’lchash usuli bilan yoki rezbomer yordamida o’lchanadi. Topilgan qiymatlar formulaga qo’yilib, teshik ochish uchun kerak bo’lgan parma diametri aniqlanadi. Misol: boltning diametri D=6 mm (M6), rezbasining qadami S=1mm bo’lsa, unga mos parma (teshik)ning diametri d D-S=6-1=5 mm bo’ladi.
Demak, diametri 6 mm li boltga mos gayka tayyorlash uchun uni diametri 5 mm li parma bilan parmalanadi, so’ngra M6 metchik bilan rezba qirqiladi.
Rezbaga mos parma diametrini metchiklardagi yozuv (raqam) larga qarab ham aniqlash mumkin. Unda rezba diametri va qadami ko’rsatilgan bo’ladi. Rezba diametridan qadamini ayirib unga mos teshik ochish uchun ishlatiladigan parma diametri aniqlanadi. Shu tariqa hisoblash yo’li bilan normal rezbalar uchun sodda jadval tuzish mumkin.
5-j a d v a l

Rezba (bolt)ning diametri D, mm

Rezba qadami, S mm

Rezba mos parma (teshik) diametri d, mm

M5
M5
M8
M10
M12
M14
M16
M18
M20

0,8
1
1,25
1,5
1,75
2
2
2,5
2,5

4,2
5
6,75 (6,8)
8,5
10,25 (10,5)
12
14
15,5
17,5

5-jadvalda metrik rezba qirqiladigan teshiklar ochish uchun ishlatiladigan parmalarning diametrlari keltirilgan.


Rezba (boltga mos teshiklar ochishda unga mos keladigan parmani to’g’ri tanlash zarur. Parmalanadigan teshik rezbaning ichki diametriga mos qilib ochilishi kerak.Agar teshik rezbaning ichki diametridan kichikroq bo’lsa, rezba o’yishda metchik teshikda qisilib volib, sinadi yoki rezba uziladi. Agar teshikning diametri keragidan katta bo’lsa, rezba to’liq chiqmaydi.
Metchik bilan rezba qirqishda u ishlayotgan metallga bosim beradi. Buning natijasida rezba devorlari ko’tarilib, teshik diametri kichiklashadi. Bu hol turli metallarda turlicha ro’y beradi. Yumshoq va qovushoq metallarda ko’proq qattiq metallarda kamroq. Shuni hisobga olib, teshikni rezba (bolt)ning ichki diametridan kattaroq qilib parmalash kerak, diametrlar o’rtasidagi farq ishlanadigan metallning turiga qarab belgilanadi.

Download 4,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish