18.3. Issiqlik elektr markazi Issiqlik elektr markazi bir vaqtning o’zida ham issiqlik, ham elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tsansiyalar bo’lib, ular katta sanoat markazlarida va shaxarlarda quriladi. IEM larda yoqiladigan yonili issiqligidan ikki xil (issiqlik va elektr) energiya ishlab chiqarish yo’li bilan ulardan samarali foydalaniladi. Bu turbinasi ish bajarib bo’lgan budagi qoldiq issiqlik miqdoridan qozon agregatiga qaytarish hamda regeneratsiya usullari orqali undan to’laroq foydalaniladi.
Bu qoldiq issiqlik isitish tarmoqlarida suv va havoni itsishga sarflanadi. Ayrim xollarida kondensatordagi itsiklik almashinish usuli bilan isitish tarmoqlaridagi suvni qizdirishda foydalaniladi. Kondensatorda issiqlik almashinuvi orqali qizdirilgan suvning harorati 350—360 K ga yetadi. Bunday xolatlarda bu turbinasida sezilarii darajada vakuum hosil bo’lmaydi. Issiq suvga va buga itse’molchilarda talab katta bo’lganida kondensator ishlatilmaydi. Turli —tuman issiqlik almashinuvi asboblari (suv isitgichlar, kaloriferlar, bulatgichlar, avtoklav) kondensator vazifasini bajaradi va hosil bo’lgan kondensat imkoniyati boricha IEM ga qaytariladi. Bunday issiqlik almashinuvining qo’llanilishi natijasida itse’molchilardagi issiqlikka bo’lgan talabning 90% IEM zimmasiga tushadi. SHuning uchun ular sanoat markazlari va axoli zich joylashgan mintaqalarda quriladi.
Katta sanoat va metallurgiya markazlardagi umumiy issiqlik energiyasining taqriban 90% ini IEM lar beradi. IEM ning FIK ishlab chiqarilgan elektr va issiqlik energiyalari yiindisining yonili sarfini uning quyi yonish issiqligiga ko’paytmasiga nisbati orqali ifodalanadi:
bunda Wi.ch.va qi.ch. —ishlab chiqarilgan elektr va issiqlik energiyalari miqdori, kJ;
B— yonili sarfi, kg/s;
qyoq—yonilining quyi issiqlik berish hususiyati.
IEM ishlab chiqargan elektr va issiqlik energiyalariga mos ravishda uning brutto et va it quyidagicha ifodalanadi:
bunda Wyi.ch. —yillik ishlab chiqarilgan elektr energiyasi miqdori, kJ;
Bye va Byi —yil davomida elektr va issiqlik energiyalarini ishlab chiqarishga sarflangan yonili miqdorlari;
Be=B—Bi, issiqlik elektr markazi ishlatgan yillik yonili miqdoridan issiqlik ishlab chiqarishga sarflangan qismining ayirmasi bir yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyaga sarflngan yonilini beradi. Bunda qozon agregatiga Keltirilgan yonili hosil qilgan issiqlik to’laligicha foydalaniladi, deb faraz qilinadi.
IEM ning netto fik ni aniqlashda, tsansiyani issiqlik va elektr energiyalari bilan ta׳minlash uchun zarur bo’lgan energiya ham xisobga olinadi.
Atrof—muhitni ximoyalashda IES lar chiqindilari tabiatga ma׳lum darajada zarar ham keltiradi. Tutun gazlari tarkibidagi zaxarli ximiyaviy birikmalar atmosfera havosini ifloslantiradi. SHuning uchun ham yonilidan to’ri foydalanish talabi kun sayin ortib bormoqda.