1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Bojxona xizmati va uning tashkil qilinishi



Download 2,52 Mb.
bet88/91
Sana18.01.2017
Hajmi2,52 Mb.
#563
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
3. Bojxona xizmati va uning tashkil qilinishi.
Davlat savdo va iqtisodiy aloqalarni olib borar ekan milliy iqtisodiyotni ma’lum sohalariga maqsadli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir maxsus usullar majmui yordamida amalga oshiriladi:

  • ma’muriy;

  • iqtisodiy.

Ma’muriy vositalar hukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga asoslanadi. Ma’muriy tartibga solishning klassik vositalari uch turga bo‘linadi: ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish. Masalan, davlat organlari u yoki bu tovarning (qurol-yarog‘, spirtli ichim­liklar, dori-darmonlar) importini ta’qiqlashi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini bojxona nazoratidan o‘tishga majbur qilishi mumkin va hakozo. Ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish, litsenziyalar berish yoki ulardan voz kechish, qonunlar va qonuniy hujjatlarni qabul qilish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.

Tartibga solishning notarif usullari mohiyatiga ko‘ra bojxona siyosatining ma’muriy vositalari hisoblanadi va ularga quyidagilar kiradi:



  • tashqi iqtisodiy bitimlarni litsenziyalash va kvotalash;

  • tovarning bojxona tozalovidan o‘tishi bilan bog‘liq cheklovlar;

  • tovarni sertifikatlash;

  • import rejimiga asoslangan to‘lovlar bilan bog‘liq cheklovlar;

  • milliy tarkibiy, texnik va sanitar talablar bilan bog‘liq cheklovlar;

  • davlatning import operatsiyalarida qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar va h. k.

BMT notarif usullarni quyidagicha tasniflaydi;

  • birinchi tur - importni bevosita cheklashga qaratilgan usullardan foydalanish;

  • ikkinchi tur - tashqi savdoni turli rasmiyatchiliklarni joriy etish hisobiga cheklashga qaratilgan usullardan foydalanish (bojxona rasmiyatchiliklari, texnik me’yor va andozalarga nisbatan o‘ta talabchanlik va h.k);

  • uchinchi tur - bevosita eksportni rag‘batlantirishga yoki importni cheklashga yo‘naltirilmagan usullardan foy­dalanish.

Agar davlat litsenziyalash yoki kvotalashni amalga oshirsa, u holda bojxona bu rasmiyatchiliklarning bajari­lishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Bundan tashqari, umumiy tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda bojxona vakillari ishtirok etishadi yoki ularning fikr­lari bu siyosatni ishlab chiqishda albatta, e’tiborga oli­nadi.

Bojxona boshqaruvining iqtisodiy vositalariga, das­tavval, eksport va import tovarlarga nisbatan belgilanuvchi bojxona tarifi va soliqlari kiradi. Ular bozor munosa­batlarini shakllantirish sharoitida markaziy o‘rinni egallaydi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning iqtisodiy usullariga bojxona tariflari kiradi. Davlat importdan boj (soliq solishning bir ko‘rinishi) undirish orqali xorijiy tovarlar narxining o‘sishiga zamin yaratadi va bu tovarlarning raqobatbardoshligini pasaytiradi.

Davlat tovarlar eksportidan boj undirish orqali ularning mamlakatdan chiqib ketishini to‘xtatib turadi. Odatda, eksport bojlari tovarlarning chiqib ketishi (qandaydir sabablarga ko‘ra) maqsadga muvofiq bo‘lmagan yoki tovarga bo‘lgan talab o‘z iste’molchilari o‘rtasida qondirilmagan hollarda qo‘llaniladi.

U yoki bu rejimni qo‘llashda yo nisbatan yuqori, yo nis­batan past tarif ishlatiladi. Hozirgi davrda bojxona ta­riflari 100 dan ortiq mamlakatda qo‘llanilmoqda. Bojxona tariflarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:



  • sanoatni rivojlangan mamlakatlar tariflari;

  • rivojlanayotgan mamlakatlar tariflari.

Sanoati rivojlangan mamlakatlarning bojxona ta­riflari, odatda, ko‘pustunli bo‘ladi, ya’ni bir tovarning o‘zi kelib chiqqan mamlakatiga bog‘liq ravishda turli boj da­rajalariga ega bo‘lishi mumkin. Nisbatan yuqori bojlarni o‘zida jamlagan umumiy tarif stavkalari ustuni mumkin qadar qulaylik berish rejimidan foydalanmaydigan mamlakatlarda keng tarqaladi. Mumkin qadar qulaylik tug‘dirish rejimi deganda, o‘zaro kelishayotgan davlatlarning xalqaro savdo va iqtisodiy kelishuvlar doirasida bir-biriga nisbatan xuquq va imtiyozlar yaratib berishni ko‘zda tutadigan shart-sharoitlar tushuniladi (masalan, MDH mamlakatlari).

Sanoati rivojlangan mamlakatlar bojlarning mamla­katlar iqtisodiyotiga ko‘rsatadigan ta’sirini hisobga olgan holda ko‘ptomonlama tartibda kelishib oldilar va 1948-yil 1-yanvarida Savdo va Tariflar bo‘yicha Bosh SHartnomani (GATT) amalga kiritdilar. Bu shartnoma urushdan keyingi davrdan boshlab a’zo mamlakatlarning savdo rejimlarini tartibga solib kelmoqda. Uning asosiy maqsadi tashqi savdo siyosatini bojxona tariflari yordamida amalga oshirish va bu tariflarni pasaytirish bo‘yicha doimiy kelishuvlar olib borish edi. GATT doirasida sanoat tovarlariga qo‘llaniladigan tashqi savdo bojlariga bag‘ishlangan ko‘p­tomonlama muzokaralarni olib borish natijasida 1990-yillar o‘rtalariga kelib bu tovarlarga nisbatan o‘rnatilgan bojlar miqdori 85-90% ga qadar qisqardi. Bu esa tashqi savdo munosabatlarining bosqichma-bosqich erkinlashib borayotganidan dalolat beradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning bojxona ta­riflari ham rivojlanayotgan mamlakatlardan tovarni im­port qilishda preferentsial (imtiyozli) bojlar ustunidan foydalaniladi. Rivojlangan mamlakatlarning rivojla­nayotgan mamlakatlar tovari uchun joriy qilgan preferen­tsial bojlari BMT (YUNKTAD) doirasida tashqil etilgan Umumiy preferentsiyalar tizimiga kiradi.

Bojxona tariflarining cheklash funksiyasi, asosan, bir qator tovarlarga nisbatan yuqori boj stavkalarini saqlash orqali yoki import qilinayotgan mahsulotning qayta ishlanish darajasiga bog‘liq ravishda boj stavkalarini oshirib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Rivojlangan mamlakatlarda o‘z qayta ishlash sanoatla­rini himoya qilish maqsadida tariflarni bojlar eskala­tsiyasi (tariflar stavkalarini bir texnologik zanjir halqalarida qatnashayotgan tovarlarning qayta ishlanish darajalariga bog‘liq ravishda oshirishdir) asosida qurish usuli qo‘llanilmoqda. Odatda, sanoat xom ashyosini import qilish bojlarsiz yoki juda past miqdordagi bojlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Masalan Buyuk Brita­niyada xom-ashyo importi 0 stavkali bojlarga ega, mamla­katda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar importiga nisbatan 15-20% va undan ham yuqori boj stavkalari belgilanadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham importni tartibga solishda bojxona tariflarining roli katta. Bu mamla­katlarga olib kirilayotgan ko‘pchilik tovarlardan undiri­layotgan bojlarning o‘rtacha darajasi sanoati rivojlangan mamlakatlarnikidan bir muncha yuqori. Bu avvalo sanoat­ning yosh tarmoqlarini himoya qilish zaruriyati bilan bog‘liq.

Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlarning bojxona tariflariga bojlar bilan bir qatorda fiskal yig‘imlar va turli xil soliqlar ham kiritiladi. Bundan tashqari, ta­riflarga ko‘pincha ma’muriy va ichki soliqlar ham qo‘shiladi. Ko‘pchilik mamlakatlar tariflarida o‘ziga xos bojlar qo‘llaniladi (ayniqsa, Singapur, Tailand va Indo­neziyada). Milliy tariflar bilan bir qatorda bir qancha mamlakatlarning bojxona ittifoqlari ko‘rinishidagi bojxona-tarif birlashmalari ham amal qiladi.

Shu tariqa davlatlar o‘z rivojlanish xususiyatlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda umumiqtisodiy siyosatni amalga oshirishda yordam beruvchi bojxona siyosatlarini belgilaydilar.

Boj-tarif orqali tartibga solishning amaldagi mexanizmi mamlakatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan boj siyosati va bojxona organlari tomonidan davlatimizning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishning asosiy shartidir.

Boj tarifi – bojxona chegarasini kesib o‘tuvchi tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlari stavkalaridir. 1995-yil 3-noyabrda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlarining yagona tovarlar nomenklaturasi (TN) bo‘yicha Kelishuv imzolangan. Bundan tashqari 1983-yil 14-iyunda tovarlarni kodlashtirish bo‘yicha xalqaro Konvensiya qabul qilingan. Boj tariflarini belgilashda tovarlar nomenklaturasi ushbu xalqaro me’yoriy hujjatlarga mos bo‘lishiga e’tibor beriladi.

Boj tarifi funksiyalari ichida proteksionistik va fiskal funksiyalari alohida ahamiyatga ega. Boj tarifining proteksionistik funksiyasi milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoyalash bilan bog‘liq. Mamlakatga import qilinayotgan tovarlarga turli boj to‘lovlarining joriy etilishi ularning ichki bozorda sotilish narxini oshiradi va buning natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarining raqobatbardoshliligi oshadi.

Boj tarifining fiskal funksiyasi boj to‘lovlarini joriy etish orqali mamlakat byudjetining daromad qismiga mablag‘larning tushishini ta’minlaydi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish