70
kungacha etib kelgan. Biroq tarix mobaynida odamlar mavjud diniy matnlarni
turlicha talqin qilishlari natijasida turli oqimlar va toifalar paydo bo‘lganini
ko‘ramiz. Ayni din masalasida yuzaga kelgan noto‘g‘ri tasavvur va tushunchalar
xato ekanini ko‘rsatib beradigan olimlar ham paydo bo‘lib, ular islom ta’limotini
to‘g‘ri tushuntirib beradigan fanga asos soldilar. Mazkur fanni turli davrlarda «al-
fiqh al-akbar», «tavhid», «aqida», «kalom», «usul ad-din» kabi bir qancha nomlar
bilan ataldi. SHundan ma’lum bo‘ladiki, nomlar turlicha bo‘lsa-da, ularning
hammasi bir mavzuni, ya’ni aqida ilmini o‘rganish va tadqiq etishga qaratilgan.
«Al-Fiqh al-akbar» atamasini birinchi bo‘lib imom Abu Hanifa qo‘llab, ayni
shu mavzuga bag‘ishlab bir risola yozadi. Chunonchi, «fiqh» so‘zi biror narsani
har tomonlama o‘rganib, uning daqiq qirralarigacha fahmlab etish ma’nosini
bildiradi. SHuningdek, namoz, ro‘za, haj, nikoh va boshqa amaliy hukmlarni
o‘rganuvchi ilmni ham fiqh deb ataladi. Shuning uchun aqidaviy masalalarni
o‘rganuvchi ilmni «Al-Fiqh al-akbar», ya’ni «katta fiqh», amaliy fiqh ni esa kichik
fiqh deb yuritiladigan bo‘lgan. YAna bir «usul ad-din»da shariat va dindan olingan
e’tiqodiy hukmlarni o‘rganilib, dindagi asl hukmlarni tadqiq etiladi. Bir qator
olimlar shu nom ostida o‘z kitoblarni ta’lif etganlar. «Tavhid» ilmida Allohning
yagonaligini va Uning sifatlarini o‘rganishga e’tibor beriladi. Bu ilm asosida Alloh
taoloni yakkayu yagona
deb bilib, Uning sifatlarini sharhlab tushuntirishga ko‘proq
ahamiyat beriladi. Zero, musulmon kishi aqida borasida o‘ziga zarur bo‘lgan
dastlabki bilimga ega bo‘lishi kerak. Bu dastlabki ilm Alloh taoloning vahdoniyati,
ya’ni yakkayu yagonaligiga imon keltirish va uni o‘rganishdan iborat. YAna bu
atama «kalom ilmi» deb yuritiladi. Islom diniga oid manbalarda uni aqida ilmining
eng mashhur nomlaridan biri sifatida keltiriladi.
Islom ta’limotini o‘rganishda eng ko‘p qo‘llangan atama «aqida» (ko‘p.
aqoid) bo‘lib, bu nom boshqalaridan keyinroq, X asrda paydo bo‘lgan. «Aqida»
so‘zi bir narsani ikkinchisiga «mahkam bog‘lash» ma’nosini beradi. Islom aqidasi
musulmon kishini muayyan tushunchalar bilan mustahkam bog‘lab turadigan
aqidalar yig‘indisi hisoblanadi. YA’ni, biror narsaga e’tiqod qilish uchun uni hech
qanday shubha qoldirmaydigan darajada juda yaxshi bilish kerak. Muayyan bir
fikrni inson fikriga aylanib, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini boshqaradigan
holga etgandagina aqidaga aylangan, deb tan olinadi. Aqida ilmi to‘g‘ri, sog‘lom
va sof e’tiqodda bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan. Dindagi ayrim shar’iy hukmlar
makon va zamon taqozosiga ko‘ra, muayyan darajada o‘zgarishga uchrashi
mumkin. Ammo musulmon olimlar o‘z asarlarida sof va mustahkam e’tiqod hech
qachon o‘zgarishga uchramasligini ta’kidlab o‘tganlar. CHunonchi, Alloh
taoloning yakkayu yagonaligi, farishtalar, jannat va do‘zaxga imon keltirish kabi
72
olimlar kalom, ya’ni aqida ilmiga asos soldilar. Shu tariqa bu ilm turi musulmonlar
uchun zarur sohaga aylandi. Zero, har bir musulmon to‘g‘ri aqidani bilishi shart
deb hisoblanadigan bo‘ldi. Mashhur mutakallim olim Sa’duddin Taftazoniy
«Maqosid at-tolibin» asarida: «Kalom ilmi diniy aqoid usullarini ishonchli dalillar
asosida anglashni o‘rgatadigan ilmdir. Shu ilm tufayli shar’iy, nazariy, aqidaviy
masalalar hal qilinadi. Uning natijasi imonga komil ishonch bilan ziynat berish,
foydasi esa bu dunyoda tartibli hayot kechirish va oxiratda azob-uqubatdan xalos
bo‘lishdir. Shunday ekan, kalom ilmi eng sharafli ilmdir», deb keltiradi. Hujjatul
islom Abu Homid G‘azzoliy o‘zining «Ihyo ulum ad-din» nomli asarida:
«...CHuqur bilimga ega bo‘lmagan oddiy musulmonlarning diniy e’tiqodlarini turli
bid’at va noto‘g‘ri g‘oyalardan saqlash uchun kalom ilmini o‘rganish vojibdir»,
deb keltiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, aqoid yoki kalom ilmining
vazifasi: A) diniy e’tiqodlarni qat’iy dalillar bilan isbotlash va ular haqidagi
shubha hamda gumonlarni rad qilish; B) insonni aqidada oddiy taqlidchi
bo‘lishdan har bir e’tiqodga hujjat keltira olish darajasiga ko‘tarish; C) islomning
sof e’tiqodlarini adashgan zalolat ahlining shubha va gumonlaridan himoya qilish.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: