-rasm:Thuja occidentales –G’arb tuyasi
Archa - Juniperus turkumiga 14 ta tur kiradi. MDH florasida 21 turi uchraydi. Shundan 3 ta turi Zarafshon archasi - Juniperus seravschanica yarim sharsimon va Turkiston archasi (Juniperus turkistanica) O’zbekistonning togli hududlarida tarqalgan.
-rasm:Zarafshon
Archasi -
Juniperus
zeravschanica
-rasm:Turkiston archasi –Juniperus turkistanica
Bundan tashqari, eng chiroyli archalardan Virgin archa – (Juniperus Verginia) bo‘yi 15-30 m balandlikda, manzarali o‘simlik sifatida respublikamizning shaharlarida o'stirilmoqda. Qrim va Kavkazning janubiy qirg‘oqlarida o‘stiriladi, vog‘ochi yengil, yumshoq bo’lib, qalam, yog‘och- sozlikda ishlatiladi.
Zarafshon sarv archalaridan O’rta Osiyo xalqalari qadim zamonlardan pistako‘mir olishda ishlatganlar. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o‘simliklardir. Ularning erkak qubbalari 1-yil
daraxtdda qishlab, ikkinchi yilning bahorida pishib yetiladi. Urg‘ochi (urug‘chi) qubbalari - qisqargan novdalarning qo‘ltig‘ida kuzda hosil bo‘ladi. Ikkinchi bahorda ular kattalashib, ularda kurtaklar yetiladi. Urug‘lanishdan keyin yumshoq etli urg‘ochi qubbalarda urug‘ hosi! bo‘ladi. Pishib yetilgan qubbalari sharsimon etdor bo‘ladi. Urug‘i ko‘pincha ikkinchi yili yetiladi. 1-14 tagacha urug‘i bo‘ladi. Archalar tog’lik tumanlarda eroziyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o‘zida fitonsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xom ashyo, uy-ro‘zg‘or asboblari yasashda manzarali o‘simliklar sifatida ham katta rol o‘ynaydi. Archalar uzoq yil yashovchi o'simliklar bo‘lib, 2000 yilgacha umr ko‘radi. Archa O’zbekistonda muhofaza qilinadi. Archalar (Turkiston, Zarafshon archalari) Tyan-Shan , Pomir-Oloy tog‘ tizmalarida keng tarqalgan.
III.XULOSA
Ochiq urug’li yoki Qarag’aytoifa o’simliklar bo’limi vakillari daraxt va butalardan iborat bo’lib,ular tog’ va tog’oldi zonalarida keng tarqalgan.Ochiq urug’li o’simliklarda urug’ hosil bo’ladi,lekin meva vujudga kelmaydi.Qarag’aytoifa o’simliklar vakillarining ko’payish a’zolari mega va mikrosporofil bargchalarning yig’ilishidan hosil bo’lgan qubbalar hisoblanadi.Erkak gametofitda(mikrosporafil) chang hosil bo’ladi va u 2 qavatdan:ekzina va intinadan iborat.Chang tarkibida hujayralar va havoda uchib yurishga yordam beradigan havo pufakchalari shakllangan.
Urg’ochi qubbalardagi megasporofil bargchalardan joylashgan urug’kurtaklardan iborat.Urug’kurtak endosperm va arxegoniydan iborat.Uning tashqi tomoni integument va ichki nutsellus qatlamlaridan tuzilgan.Urug’kurtak otalangandan so’ng megosporofillarda ochiq holda urug’ hosil bo’ladi.
Yer yuzida ochiq urug’li o’simliklarning 700 ga yaqin turi borligi aniqlangan.Ularning urug’lari qubbalarda ochiq holda yetiladi.Qarag’aydoshlar oilasi vakillaridan manzarali daraxt sifatida xiyobonlarda o’stiriladi.Qarag’aylardan oliy nav qog’ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi.Ba’zi vakillari oziq-ovqat,manzarali o’sim-lik sifatida va xalq tabobatida foydalaniladi.Qizilchadoshlar oilasining vakillaridan tabobatda yurak kasalliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi,novdalari tarkibida efedrin alkaloidi olinadi.Ginkgo bilobaning bargidan qandli diabet kasalligida ishlatiladi.Sarvdoshlar oilasi vakillarining yog’ochlaridan qurilish uchun xom ashyo,smola,kanifal,glyukozidlar va texnik spirtlar olishda qo’llaniladi. Sarvdoshlar oilasidan archalar tog’lik tumanlarda eroziyaga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi.Ular o’zida fitonsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi.Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega.Archalar qurilish uchun xom ashyo,uy-ro’zg’or asboblari yasashda manzarali o’simliklar sifatida ham katta rol o’ynaydi.Archalar uzoq yil yashovchi o’simliklar bo’lib,2000 yilgacha umr ko’radi.Archa O’zbekistonda muhofaza qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |