Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi 1996 yil 30 - avgustida
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiklangan "Buxgalteriya xisobi
tugrisida"gi O‘zbekiston Respublikasining konuniga asoslanib tashkil etiladi.
Bu Konunga kura Respublikamizning sub’ektlarida buxgalteriya xisobi va xisobotini
tartibga solish, buxgalteriya xisobining standartlarini ishlab chikish va tasdiklash Respublika
Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya xisobini yuritish tartibi esa me’yoriy
xujjatlarda keltirilgan tegishli koidalariga asoslanadi. SHu jumladan kichik va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlari uchun buxgalteriya xisobini soddalashtirib yuritish standarti xam,
buxgalteriya xisobining milliy standartlari bilan belgilanadi.
Buxgalteriya xisobini yuritishning ushbu koidalari bu boradagi jaxon standartlariga
moslangan bulib, rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarning sub’ektlarida
yuritilayotgan buxgalteriya xisobi va xisoboti uchun zarur bulgan eng asosiy tamoyillari
konsepsiyalari
ni mamlakatimizning sub’ektlarida joriy etishga karatilgan.
Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda xozirgi paytda buxgalteriya xisobining 20
dan ortik tamoyillari mavjud.
Ma’lumki, rejali-ma’muriy iktisodiyot sharoitida buxgalteriya xisobining asosiy vazifasi
yukorida turuvchi vazirliklar, idoralar, statistika va solik organlari kabi davlat boshkaruv
organlari uchun axborotlarni yigish va ishlashdan iborat edi. Korxona faoliyati tugrisidagi eng
muxim masalalar, jumladan, rejalashtirish, narx-navolarni belgilash, mol sotib olish va ularni
iste’molchilarga etkazib berish, korxona xodimlarining belgilash va boshka shu kabi masalalar
yukorida turuvchi davlat organlari tomonidan xal kilinar edi. Korxonalar davlat mulkchiligini
boshkarishning aloxida bir boskichi sifatida karalar, buxgalteriya xisobi esa mulkning but
saklanishi tugrisidagi axborot bilan ta’minlar edi.
Davlat yagona mulk egasi va korxonaning investori bulib xisoblanar edi. Bunday sharoitda
korxonaning xisoboti davlat topshiriklarini bajarish, davlat byudjetiga kilinadigan ajratmalarning
tugriligini tekshirish va statistika axborotlarni yigish vositasi bulib xizmat kilar edi. SHuning
uchun buxgalteriya xisobi va xisoboti oldiga kuyiladigan asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat
edi:
-kat’iy birxillik (unifikatsiyalanganlik);
-ishlab chikarish topshiriklarining bajarilishini aks ettiradigan kursatkichlarga muljal
kilish;
- solik solish bazasini va byudjetga boshka ajratmalarni xisoblash ;
Sub’ektlarning faoliyati bozor iktisodiyotida oldingiga karaganda ancha fark kiladi. Bu
farklar kuyidagilar bilan boglik:
1) Bozor iktisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi uzgarib, davlat mulkchiligi
jamiyatdagi mulkchilikning fakat bir turiga aylanadi, sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bulgan
kuplab yangi mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu sub’ektga uz mablaglarini kuyadilar.
2) Sub’ektlar rakobatchilikda engib chikish va samarali moliyaviy natijalar beradigan
karorlarni kabul kilishga xarakat kiladilar va shu maksadda bozor kon’yukturasini urganadilar,
uz faoliyatini mustakil rejalashtiradilar, mol etkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx-
navolarni mustakil belgilaydilar va xokazo.
3) Byudjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashkari endilikda sub’ektlar fakat
xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun rakobatchilik kurashida katnashibgina kolmay,
undan tashkari, tijorat banklarining kredit resurslari xamda potensial investorlarning shunday
mablaglari uchun rakobatchilik kurashini olib boradilar.
SHuning uchun sub’ektda birinchidan boshkaruv karorlarini chikarish va ularning
natijalarini baxolash uchun uz vaktida va tulik bulgan axborotni olish extiyoji tugiladi. Ikkinchi
tomondan, sub’ektlar tegishli axborotni shu sub’ektlarga uz mablaglarini kuygan mavjud
investorlar va bulgusi investorlarga xam topshirishi kerak buladi. SHu bilan birga bozor
iktisodiyoti sharoitida solik ajratmalarining tugriligi xakida xam xisobot berish saklanib koladi.
SHunday kilib, buxgalteriya xisobi bozor iktisodiyotiga utish munosabati bilan xisobchilik
va statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan sub’ektlarning faoliyati tugrisidagi axborotni
yigish, ishlash va topshirish kuroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar uz
ixtiyoridagi vaktincha ortikcha mablaglarni samaralirok investitsiya kilish tugrisidagi
asoslangan karorlar kabul kilish uchun foydalanadilar.
Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya xisobini biznes tili deb atashadi.
Uni urganish xar kanday tilni urganishga juda uxshab ketadi va buxgalteriya xisobida
ishlatiladigan kupchilik suzlar xayotda kullaniladigan xuddi shunday suzlarga karaganda
boshkacha ma’noga ega bulganligi sababli uni urganish biroz kiyinrok tuyuladi.
Xar kanday til xam buxgalteriya xisobidek, jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojiga
javoban rivojlanib va uzgarib boradi. Buxgalteriya xisobida kullanib kelinayotgan koidalar xam
yoki ularning bir kismi jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojlarga karab uzgartirilishi mumkin.
Bunday huquqiy va me’yoriy hujjatlarning yaratilishi hamda ishlab chiqilishi respublikamizda
hisob siyosatini olib borish uchun asos bo‘ladi. Respublikamizda hisob siyosatini olib borishdan
asosiy maqsad jahon amaliyoti va bozor munosabatlari talablariga mos keluvchi hamda xalqaro
standartlar asosida buxgalteriya hisobi tizimining rivojlantirish konsepsiyasini yaratishdir.
YAratilgan konsepsiya davlatda buxgalteriya hisobi tizimini qayta qurish uchun asos
hisoblanadi. Respublikamiz iqtisodiyotining hozirgi holatida ushbu konsepsiyani yaratish
quyidagi ishlar bajarish bilan bevosita bog‘liqdir:
— mulkchilik shaklidan qat’iy nazar iqtisodiyotimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarda amaldagi buxgalteriya hisobi huquqiy va me’yoriy hujjatlariga bir xil
kuchda amal qilishini ta’minlash;
— amaldagi huquqiy va me’yoriy hujjatlarni hudu- diy, mahalliy sharoitlar, an’anaviy va
tarixiy tajriba hamda zamonaviy usul va xalqaro standartlar asosida sekin-asta takomillashtirib
borish;
— buxgalteriya hisobi xizmati tannarxini pasayti- rish bilan uning ma’lumotlari sifatini
yaxshilash asosida ichki va tashqi foydalanuvchilarning manfaatlarini esdan chiqarmagan holda
hisob ishlarini tashkil qilish;
— mulkdor yoki korxona rahbari talablari va davlatda umumqabul qilingan tartib-qoidalar
asosida korxona xususiyatlariga mos keluvchi hisobning usul va uslubiyotini yaratish;
— korxona hisob siyosatini yuritish va undan kelib chiqqan holda usullarni qo‘llashda
erkinlik berish;
— me’yoriy hujjatlarni tayyorlash va ishlab chiqishda fanning rivojlanish tarixi, an’anaviy,
zamonaviy xalqaro usullari hamda uslubiyotidan foydalangan holda uning mazmuni hamda
mantig‘iga alohida e’tibor berish;
— buxgalteriya hisobi hamda uning turlariga taal- luqli bo‘lgan xo‘jalik jarayonlarini
yoritish va asoslashda nazariy, ilmiy asoslangan so‘z hamda atamalardan foydalanish, ya’ni
o‘zboshimchalik bilan asossiz so‘z hamda atamalarni qo‘llashga chek qo‘yish;
—fan-texnika yutuqlari, xorijiy tajribalar, tarixiy, milliy va hududiy urf-odatlar asosida
mutaxas- sislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratish.
Keltirilgan ishlarni bajarish bilan buxgalteriya hisobining uzoq muddatga mo‘ljallangan
konsepsiyasini yaratish hamda bozor munosabatlari sharoitida raqobat- bardosh tizim sifatida
faoliyat ko‘rsatishi uchun zamin yaratiladi.
Markazlashgan buxgalteriya hisobida barcha boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlar xo‘jalikning
bo‘linmalarida tuzilib, markaziy buxgalteriyaga topshiriladi va u erda bu hujjatlarni ishlash,
xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobining tegishli sintetik va analitik schyotlarida aks
ettirish, choraklik, yarim yillik, to‘qqiz oylik va yillik buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzish
amalga oshiriladi.
Markazlashmagan buxgalteriya hisobi yuritilganda dastlabki va yig‘ma natijalarni ishlash,
sintetik va analitik hisobni yuritish hamda balans va hisobotlarni tuzish xo‘jalikning
bo‘linmalarida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |