Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1. Temir yo‘l kompaniyasining barcha soliq to‘lovlari summasida foyda
solig‘i ulushining pasayishi nimalar bilan tushuntiriladi.
2. Temir yo‘l transportining ijtimoiy soha sub’ektlarini soliqqa
tortishning zamonaviy xususiyat tavsiflab bering.
3. Temir yo‘l kompaniyasining tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan qan-
day soliq to‘lovlar mahalliy byudjetga to‘lanadi va nima uchun?
4. Temir yo‘l kompaniyasining byudjetdan tashqari jamg‘armalarga maj-
buriy badallar va ajratmalar tarkibini tavsiflab bering.
5. Temir yo‘l kompaniyasining byudjetdan tashqari jamg‘armalarga maj-
buriy badallar va ajratmalar tuzilmasini o‘zgarishining omillarini
sanab bering.
6. Temir yo‘l kompaniyasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning
xususiyatlari nimalardan iborat?
7. Temir yo‘l kompaniyasining soliqqa tortiladigan foydani hisoblash
tartibini tavsiflang.
8. Temir yo‘l kompaniyasining bo‘linmalarga er solig‘ini hisoblashda
qanday imtiyozlar va jazo choralari qo‘llanilishi mumkin?
9. Temir yo‘l kompaniyasi tomonidan qaysi soliklar hisoblanadi va
uning moliyaviy natijalaridan to‘lanadi?
10. Qaysi soliklar korxonaning sof foydasidan to‘lanadi?
Test savollari
Korxona to‘g‘ri soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?
a) foyda solig‘i
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i
c) aksiz solig‘i
d) mahalliy soliqlar
2. Korxona to‘laydigan egri soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?
a) foyda solig‘i
b) qo‘shilgan qiymat solig‘i
c) aksiz solig‘i
d) mahalliy soliqlar
3. Temir yo‘l transporti qaysi soliqlarni markazlashgan xolda to‘laydi?
a) foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i
b) mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun to‘lovlar
c) aksiz solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i
d) mahalliy soliqlar
4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini ko‘rsating?
a) 20%
b) 25%
c) 8%
d) 4%
5. Xozirgi kundagi foyda solig‘i stavkasini ko‘rsating
a) 20%
b) 25%
c) 8%
d) 4%
6. Joriy yil xolatiga mol mulk solig‘i stavkasini ko‘rsating
a) 20%
b) 25%
c) 8%
d) 4%
7. Maxalliy soliqlarga qaysi soliqlar kiradi?
a) mol mulk solig‘i, er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar
b) daromad solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i, mol mulk solig‘i
c) foyda solig‘i, mol mulk solig‘i, er solig‘i
d) aksiz solig‘i, er solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar
8 Mavzu. Asosiy vositalarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda qatnashuvining moliyaviy ta’minoti
Do'stlaringiz bilan baham: |