Телекоммуникацияда бошқарув тизимларининг аппарат ва дастурий таъминоти” кафедраси



Download 6,73 Mb.
bet31/82
Sana05.04.2023
Hajmi6,73 Mb.
#925010
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
ТТБА маъруза

Nazorat savollari

  1. TMN qanday konsepsiya.

  2. TMN ni telekommunikastiya tarmog’ida qo’llanilishini tushuntirib bering.

  3. TMN pog’onalarini tushuntirib bering.

  4. TMN ni fizik arxitekturasini tushuntirib bering.


10-Ma’ruza: OSS/BSS sinfiga oid boshqaruv tizimlar. NGOSS konsepsiyasi va tuzilishi.
Reja:
1. OSS/BSS sinfi boshqaruv tizimlari.
2. NGOSS konsepsiyasi, tashkil etilishi, xususiyatlari.

OSS/BSS sinfi boshqaruv tizimlari.
OSS/BSS (operations Support Systems/Business Support Systems- operatsiyalarni qo’llovchi tizimlar, biznesni qo’llovchi tizimlar). Korxona telekommunikatsion resurslarini kompleks boshqaruvi uchun mo’ljallangan. Azalda bunday qarorlar telekommunikatsion tarmoqlar ekspluatatsiyasini qo’llash bo’yicha to’liq y’onaltirilgan edi. Hozirda bunday biznes-masalalar zamonaviy OSS/BSS tizimlarining modullari ichidagina hal qilinadi. Boshqa modullar energetika, moliya va transport kompaniyalarida yetarlicha keng tarqala oldilar.




BSS










OSS






Network

1-rasm. OSS/BSS tizim sxemasi.


Aloqa sohasi rivojlanishi bilan operatorlar orasidagi raqobat kurashida asosiy omil bo’lib, ular ko’rsatadigan xizmatlar bo’lib qoldi. Aynan shuning uchun xizmat ko’rsatishlarning tezkorlik va sifati yangi ma’noga ega bo’ladi. Natijada telekommunikatsion tarmoqlarni ekspluatatsion qo’llab-quvvatlash funksional tizimi ancha kengaydi va IT yechimlari yangi sinfi OSS/BSS tizimlari paydo bo’ldi. Oxirgi paytda OSS/BSS yechimlari boshqa sohalarda ham keng tarqalishga muvaffaq bo’ldi, lekin ushbu sinf tizimlarini tatbiq etilishining ustivor birligi ayni telekom kompaniyalariga to’g’ri keladi. Zamonaviy operator biznesida telekommunikatsion tarmoqlar rolini hisobga olganda ma’lum bo’ladiki, ularni effektiv ekspluatatsiyasi asosiy vazifalardan biridir. Zamonaviy OSS/BSS tizimlari turli biznes-masalalarni yechishga yo’naltirilgan ko’pdan-ko’p modul (sinflarni) va quyi tizimlarni o’z ichiga oladi. Turli sinflarni korporativ tizimlar (CRM, Help Desk va boshqalar) bilan qo’shilishi aniq savollarni yechish uchun zarur funksionallikni ta’minlaydi.


Ekspertlar bahosi bo’yicha aloqa texnologiyalarini doimo takomillashtirishga qaramay, telekommunikatsion firibgarlik oqibatidagi yo’qotishlar umumiy aylanmadan 10-13% ga yetadi. Qizig’i ko’pchilik tashkilotlarda bu ko’rsatkich 507% atrofida tebranadi. OSS/BSS tizimi muhim sinflaridan biri Fraud Management so’zma-so’z tarjima qilganda, “firibgarlikni boshqarish” hisoblanadi. Fraud Management moduli birinchi navbatda aloqa operatorlari uchun mo’ljallangan bo’lib, operator resurslariga ruxsatsiz kirish hollarini topish, to’xtatish va oldini olishni ta’minlaydi. Har turli ulanishlar uchun monitoring vositalari bilan jihozlangan tizim shubhali nomer chaqiruvchi, mavjud emas foydalanuvchi yoki xizmat ko’rsatishga ruxsatsiz kirilgan holatlarni sezadi.
Fraud Management vositalarida har bir abonent profili quriladi (chastota, qo’ng’iroqlar davomiyligi, ularni bajarish vaqti, chaqiruvlarning asosiy yo’nalishlari va h.k.), shundan so’ng tizim olingan joriy bilan o’rtacha parametrlarni solishtiradi va vaziyat bo’yicha hujjatlashtirilgan analitikani keyingi harakatlar haqida tavsiyalar bilan uzatadi.
Bunday yechim nafaqat aloqa operatori resurslaridan ruxsatsiz foydalanish holatlarini tezkor oldini oladi balki o’tkazilgan tahlil asosida himoyaning ma’lum mexanizmini ishlab chiqadi. Ekspertlar ta’kidlashadiki, Fraud Management CRM-yechim bilan yaqin integratsiyasi firibgarlikdan himoyani maksimal tezkor va unumli qurishga imkon beradi. Fraud Management sinfidan tashqari katta ahamiyatga ega modul Fraud Management & Trouble Ticketing –buzilishlarni hisobga olish va boshqarish mavjuddir. Yechim ish rejalarini unumli boshqarishga hamda personal ishini optimizatsiyalashga imkon beradi. Uni tatbiq etganda ta’mir ishlari muddatini kamaytirish, kompaniyaga ancha tezkor ishlashga imkon beradi. Trouble Ticketing Fraud Management bilan ishlash prinsipida barcha o’xshash paydo bo’ladigan buzilishlar va muammolar yig’iladi va tartibga solinadi (sistematizatsiya qilinadi), bundan tashqari ularni bartaraf etish usullari to’g’risidagi va ishlarning joriy holatidagi ma’lumotlar saqlanib qoladi.
Fraud Management sinfi yechimlari yordamida telekommunikatsion resurslarni unumli boshqarish uchun tizimlar yaratiladi. Ko’pincha Fraud Management Help Desk yechimlari bilan integrallanadi. Ekspertlar baholari bo’yicha bu sinfdagi tizimlarni tatbiq etish ularni TCOsini (Total Cost Ownership-mulkning to’liq bahosi) jiddiy kamaytirishga imkon beradi. Ko’rsatilgan sinflardan tashqari zamonaviy OSS/BSS tizimiga ko’psonli boshqa modullar ham kiradi. Bu yechim ham boshqaruvni inventarizatsiyasi uchun (Invenntory Management) telekommunikatsion kompaniyaning zahiralarini to’ldirishni rejalashtirishni telekommunikatsion tarmoqlar ishini optimallashtirish uchun mo’ljallangan avtomatlashtirishga ko’rgazmali, jiddiy nazorat va nomdosh resurslar hisob kitobini ta’minlash samaradorligini boshqarish uchun yechimlarga imkon beradi.
Bundan tashqari, OSS/BSS yechimlarida buyurtmalarni bajarish uchun ham modul (Order Management) bor, hamda xizmat ko’rsatishlarni (Network & Service Provisioning Management) rivoji va rejalashtirishi uchun analitik sinflar territorial taqsimlovchi xizmatchilar komandasini boshqaruvi uchun mo’ljallangan keng taniqli Work Flov Management vositalari monitoring va real vaqt rejimida analitik hisobotlarni ham ta’minlaydi. Analitiklar korxonada OSS/BSS yechimlari qurilishini bir necha usullari imkonini ajratishadi. Shundaymi, yo’qmi har bir variant OSS/BSS turli sinflarini boshqa boshqa information tizimlar va/yoki sinflari bilan integratsiyaga olib keladi. Bu Fraud Management+billing tizimi+ CRM, hamda boshqa usullar bo’lishi mumkin. Har bir kombinatsiya buyurtmachi uchun nozikroq bo’lgan biznes- masalasining ma’lum sinfi yechimini ta’minlaydi. Tanlov kompaniyasining barcha biznes jarayonlarini kompleks tahlili asosida o’tkaziladi.
2011-yil 8 avgustda Amdocs OSS tizim modernizatsiyasi sohasida ochilayotgan tendensiyalar va ularni modifikatsiyaga yondashishdagi farq haqida global tatqiqotlar natijasini e’lon qildi. Tatqiqotlarda butun dunyo bo’yicha xizmat ko’rsatuvchilar qatnashdi. Uning natijalari kompaniyalarga OSS-tizim modernizatsiyasi bo’yicha o’z loyihalarini nisbiy holatini tahlil qilishga yordam beradi.
Tadqiqotning asosiy xulosalari.
2009-2011-yillarda 70% xizmat yetkazib beruvchilar OSS-tizimi loyihalarini modernizatsiyalashni boshladilar: faqatgina shu yili bunday loyihalar so’rov o’tkazilgan to’rtta kompaniyalarda start oldi. Innovatsion deb tavsiflanuvchi kompaniyalar yangilash jarayonlarini 75%ga tugalladilar. Qoganlari boshlang’ich bosqichlarda asosan 25%da qoldilar.
Operatsion omillar ustunroq hisoblanadi: OSS tizimining ish samaradorligini ko’tarish va operatsion pasaytirish kabi operatsion drayverlar, modernizatsiyasining boshlanishi uhcun muhim sabab hisoblanadi. Ammo, tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, IT –muhit borgan sari biznes bilan bog’lanib bormoqda, OSSni yangilash zarurati ko’proq biznes omilga va xizmat ko’rsatish sifatini ko’tarish zaruratiga ta’sir qilyapti.
33% xizmat yetkazib beruvchilar, OSSni modernizatsiyalashdan sanoqli natijani olmoqdalar: ko’pgina kompaniyalar loyihani yangilashning boshlang’ich bosqichlarida bo’lishlariga qaramay, ularning 39%i ushbu loyihadan sezilarli foyda olishni boshlaganlarini aytmoqdalar. Bu esa, qisman yangi mahsulotlarni chiqarish tezlashuvi, hamyonbop mahsulotlarni yaratish imkoniyati, pul mablag’lari harakatining tezlashuvi, opeatsion harajatlarning pasayishi, ko’proq foydalanuvchilarni quvvatlash va ulardan tushadigan shikoyatlarni kamaytirish, mijozlarnng qaytib ketishining kamayishi, yangi servislarni, misol uchun, mashine-to mashine (M2M)ni qo’llab turish demakdir. Hududlar OSSni modernizatsiyalashga turli munosabatlarni bildirmoqdalar. Kuzatuvlar shuni ko’rsatdiki, OSSni modernizatsiyalash uchun turli xil usullar ishlatilmoqda. Yevropada xizmat yetkazib beruvchilar harajatlar nazoratida yig’iladilar va OSSni yangilash maqsadi, bu yangi xizmatlarni quvvatlash va infratuzilma ishlab chiqarishni ko’tarish deb hisoblaydilar. Shimoliy Amerikadagi kompaniyalar OSS tizimi samaradorligi haqida o’ylayaptilar va yangi xizmat va servislarni ishga solishni, quvvatlash uchun ularning egiluvchanligini ko’tarishga harakat qilmoqdalar. Lotin Amerikasidagi kompaniyalar biznes-jarayon va biznesning alohida yo’nalishlari orasidagi konvergensiyaning tezlashuviga qiziqmoqdalar. Osiyoda modernizatsiyalashning asosiy drayverlari sarflarni kamaytirish va yangi xizmatlarni yo’lga qo’yish hisoblanadi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish