Darsda fodalaniladigan texnologiya: An`anaviy ta`lim texnologiyasi, “Klaster” metodi.
Darsda foydalanilgan jihozlar: Tirik o`simliklar, gerbariylar, hayvon, zamburug`lar va tueli o`simliklar aks etgan jadvallar.
Dars vaqt taqsimoti rejasi:
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
Uyga vazifani tekshirish va o`tgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Yangi mavzuni yoritish.
|
10-15 daqiqa
|
O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
8-10 daqiqa
|
Darsni yakunlash va uygavazifa berish.
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
Tashkiliy qism
O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o`simliklar tuzilishi, ahamiyati haqidagi bilimlarini faollashtirish.
O`quvchilar faolliyatini yangi mavzuni o`rganishga tayyorlash.
Yangi mavzuno o`rganish.
Dars uchun berilgan metod va ko`rgazmali qurollar hamda vositalar yordamida yangi mavzu yoritiladi.
Tugunak va ildizpoyalar ham o'simliklarning shakli o'zgargan yer osti novdasidir. Tugunak o'simliklarga hammamizga tanish bo'lgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali о'simliklarga esag'umay, qamish, ajriq, yalpiz, gulsafsar va shirin-miyaga o'xshash turlar kiradi. Ulardan eng ko'p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kartoshkaning tugunaklari uning yer ostidagi organlarida hosil bo'ladi. Demak, kartoshka shakli o'zgargan yer osti novda ekan (43- rasm). U, asosan, yumaloq shaklda bo'lib, o'zida ko'p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi j'ihatidan novdaga o'xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda — ko'zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yer osti novdalardan farq qiladi.
Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko'kara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o'sib chiqadi. Kur-taklarning ko'p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o'sa boshlaydi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko'rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini ko'rish mumkin.
Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko'karadi. Kraxmal boshqa o'simlikdagi singari barglarda hosil bo'lib, о'sha yerda shakarga aylanadi va po'stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to'planadi.
Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi. Ularning kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziq-lanadi va o'sadi.
So'nggi yillarda kartoshkani ko'zchalaridan ekib, hosil olish-ga katta e'tibor berilmoqda.
Kartoshkaning inson hayotida roli benihoya katta, u asosan oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.
Ildizpoya. Ildizpoyalarda qo'shimcha ildiz, shakli o'z-gargan barg va kurtaklar bo'ladi. Bu kurtaklar dan qulay sha-roitda yangi yer usti poya о'sib chiqadi. Bund ay o'simliklarni ariq bo'ylarida, zax yerlarda, o'simliklar orasida, xususan, paxtazorlarda ko'plab uchratish mumkin.
Ildizpoyalarda ham kraxmal va boshqa oziq moddalar to'p-lanadi.
Ildizpoyali o'simliklardan g'umay bilan tanishamiz (44-rasm). U ko'p yillik yo'g'on ildizpoyali o't. Poyasi 50—150 sm balandlikda. Barglari qalami nashtarsimon. Ildizpoyasi va urug'idan ко'payadi. G'umay sug'oriladigan ekinlarga katta zarar keltiradigan o'simliklardan hisoblanadi. Uni yo'qotish uchun kuzda yerni chuqur haydab, ildizpoyani terib tashlash kabi choralar ko'riladi.
Ildizpoya o'simlikning vegetativ ko'payishi uchun xizmat qiladi.
Ildizpoyalarda ham ko'p miqdorda oziq moddalar to'pla-nadi.
Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos qo'shimcha ildizlar, shakli o'zgargan barg va kurtaklar bo'ladi. Shunday qilib, tugunak va ildizpoya yer osti novdalari shaklining o'zgarishidan hosil bo'ladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`quvchilarni baholash.
Uyga vazifa berish: Mavzuga oid savol topshiriqlarni bajaribkelish va mavzuni o`qib kelish.
5 “A” sinf
|
____ ____ 2014 - yil
|
“Tekshirdim”
O`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha director o`rinbosari
_______Berdinov N. X. “__” ____ 2014 -yil
|
5 “B sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
5 “V sinf
|
____ ____ 2014 -yil
|
Mavzu: Oddiy va murakkab barglar. Barglarning shakllari va novdada joylashish tiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |