Qila olishi kerak:PHP ni baza ma’lumotlari bilan bog‘lash va ular bilan ishlash
NAZARIY BО‘LIM Ushbu bо‘lim PHP va MySql MBBS (SUBD) о‘rtasidagi hamkorlik usullari bilan tanishishga mо‘ljallangan. Asosiy e’tibor ma’lumotlar bazasi bilan bog‘lanishni о‘rnatish, sо‘rovlar jо‘natish funksiyalari va javoblarni (mysql_connect, mysql_query, mysql_result, mysql_num_rows, mysql_close) qayta ishlashga qaratiladi. Misol sifatida virtual tarix muzeyi ma’lumotlar bazasining ma’muriyati uchun web-interfeys tuzish masalasini kо‘raylik. PHP distributiviga MySQL ma’lumotlar bazasi bilan ishlash uchun mо‘ljallangan funksiyalarni oluvchi kengaytma kiradi. Bu bо‘limda MySQL bilan ishlash uchun ba’zi bir ma’lumotlar bazasini tasvirlash va tо‘ldirish maqsadida web-interfeyslarni tuzish topshirig‘ini yechish uchun kerak bо‘ladigan asosiy funksiyalar bilan tanishamiz. Savol tug‘iladi: bunday interfeyslarni tuzish nega kerak? SQL sо‘rovlar tili bilan notanish odamlar ma’lumotni ma’lumotlar bazasiga kiritish va uning tarkibini kо‘rib turish imkoniyati bо‘lishi uchun shunday qilinadi. Ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarni qо‘shish uchun web-interfeys bilan ishlashda bu ma’lumotlarni shunchaki html-formaga kiritish va ularni serverga jо‘natish kerak bо‘ladi, bizning skript esa qolgan barcha amallarni bajaradi. Jadval tarkibini kо‘rib turish uchun havola ustiga bir marta bosish va kerakli sahifaga kirish kifoY.
Kо‘rinib turishi uchun bu interfeyslarni virtual muzey eksponatlari haqidagi ma’lumotlar joylanadigan Artifacts jadvallari uchun tuzamiz. Avvalgi bо‘limda bu kolleksiyaga strukturani hamda uning shaxs (Persons) va tasvirlar (Images) tavsiflari kolleksiyalari bilan aloqasini kiritgan edik. Artifacts kolleksiyasidagi har bir eksponat quyidagi xarakteristika yordamida tasvirlanishini eslatib о‘tamiz:
nom (title);
muallif (author);
ifoda (description);
о‘rindosh nom (alternative);
tasvir (photo).
Nomlanish va о‘rindosh nomlanish uzunasiga 255 belgidan kam satr (ya’ni VARCHAR(255)), tasvirlash – matnli maydon (TEXT turiga mansub) hisoblanadi, “muallif” va “tasvir” maydonlarida esa Persons kolleksiyasidan muallifning identifikatorlari va Images kolleksiyasidan eksponat tasvirlariga muvofiq mavjud bо‘ladi.