19-mashq.
Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlar ishtirokida gaplar tu-
zing, ularning talaffuzi va yozilishidagi farqlarni toping.
San’at, hujum, ma’rifat, shogird, mehmondo‘st, bota-
nika.
Namuna: O‘zbek san’atining dovrug‘i butun dunyoga yoyilmoqda.
1. Bo‘g‘in deb nimaga aytiladi?
2. Ochiq va yopiq bo‘g‘in haqida so‘zlab bering.
3. Urg‘u va uning turlari haqida gapiring.
20-mashq.
Matnni o‘qing. Undagi go‘ya haqida bahslashing. So‘zlarni
bo‘g‘inlarga ajrating va ularni quyida berilgan jadvalga joylashtiring.
Vatan tuyg‘usi — bu ozod xalqning munosib farzandi,
mustaqil mamlakatning fidoyi fuqarosi bo‘lmoqqa intilish
tuyg‘usidir. («Vatan tuyg‘usi»)
Do'stlaringiz bilan baham: |