32-mashq.
Gaplarni ko‘chiring. Ularning qanday mavzuga oid
ekanligini aniqlang. Vatan mavzusidagi fikrlaringizni bayon qiling.
1. Ayrilmagin elingdan, quvvat ketar belingdan. 2. Baliq
suv bilan tirik, odam – el bilan. 3. Vatan qadrini bilmagan o‘z
qadrini bilmas. 4. Vatansiz inson – kuysiz bulbul. 5. Dushmanga
nafrati bo‘lmaganning Vatanga muhabbati bo‘lmas.
1. Matn deb nimaga aytiladi?
2. Mavzu deganda nimani tushunasiz?
3. Matndagi gaplarning mazmuniy bog‘lanishi qanday
bo‘ladi?
4. Matndagi gaplar grammatik jihatdan o‘zaro qanday
bog‘lanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |