Bog'liq Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti
§ 3.4. Tarifli boshqaruvning afzallik va kamchiliklari
TIF sohasidan cheklashlar siyosatini keng koiamda va faol amal- ga oshirish davlatga qisqa muddatda muvaffaqiyat olib kelishi mum- kin. Bu yutuqlami quyidagi jihatlar bilan bogiash mumkin: milliy
korxonalarda ishlab chiqarish hajmining ortishi, boj, soliq, yig‘imlar hisobiga budjet daromadining ko‘payishi, iqtisodiy xavfsizlik va mu- dofaa qobiliyatining ta'minlanishi.
Biroq haqiqatda esa, bu taktik ustunliklar strategik, uzoq muddatli istiqboldan kelib chiqsak, qarama-qarshi tomonga o‘zgaradi. Davlatning tarif miqdoriga ko‘paytirilgan import miqdoriga teng iqtisodiy yutug‘i iste’molchilar tomonidan davlat foydasiga transfert to‘lov hisoblana- di. Albatta, mablag‘laming bir qismi ijtimoiy ehtiyojlar (oyliklami oshirish, nafaqalar to‘lash)ga sarflanishi mumkin, biroq ulaming katta qismi byurokratik o‘zboshimchalik va mablag‘lami davlat tashkilotlari orqali o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlar tufayli qaytarib berilmaydi.
Bundan tashqari, boshqa mamlakatlaming proteksionistik javob tadbirlarini ham unutmaslik lozim. Bu tadbirlar tufayli tovar aylan- masi kamayib ketadi, ish joylari qisqaradi, oxir-oqibat bir qator kom- paniyalaming mahsulotlari milliy bozordan arzonroq va sifatsizroq tovar ishlab chiqaruvchi foydasiga surib chiqariladi.
Iste’molchilar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, ulaming asosiy qismi «belbog‘larini mahkam boylab olishlari» kerak bo‘ladi, chunki oddiy odamlaming daromadlari ishlab chiqaruvchilar foydasiga qayta taqsimlanadi, zero bojxona tarifi joriy etilishidan oldingi va keyingi ichki narxlardagi farq mehnatkashlar (iste’molchilar) yelkasiga tushadi. Faqatgina importni o‘mini qoplash sohasidagi kompaniyalaming aksi- yalariga ega bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan ayrim guruhlarga ki- mvchi iste’molchilar olib kirish bojlaridan daromad ko‘rishi mumkin. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida proteksionistik siyosatni amalga oshirish narx yuqorihgi sababli ichki iste'molning kamayishiga, soliq bazasining qisqarishiga va jamiyat uchun umuman olganda sof yo‘qotishlarga olib keladi.
Bosqichma-bosqich proteksionistik siyosat totalitar rejimlar tomo- nidan ma'muriy-buyruqbozlik tizimida cheklangan makon va zamonda olib borilgan.
Proteksionizmning salbiy xususiyatlariga quyidagilami kiritish mumkin:
• Aholi turmush darajasida sof yo‘qotishlaming ortib ketishi. Import bojlari kiritilganidan keyin xaridorlar olib kirilgan tovarlar uchun yanada
yuqoriroq haq to‘lashga majbur boMishadi. Bu investitsiyalarga ayla- nishi mumkin bo‘lgan iste’moldan ortadigan jamg‘armalaming ka- mayishiga olib keladi.
• Yanada ko‘proq mamlakatlar tomonidan tarif cheklashlari jo- riy etilishining zanjir reaksiyasi bilan bog‘liq xalqaro ko‘paytiruvchi etfektning paydo bo‘lishi.
• Milliy iqtisodiyotda samarasiz sohalar va korxonalaming saq- lanib qolishi. Milliy korxonalarga imtiyozlar berilishi sharoitida ishlab chiqaruvchilarda xarajatlami kamaytirish va raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga rag‘bat bo‘lmaydi.
• Iqtisodiy sohada kormpsiya va o‘z amalidan foydalanishning boshqa ko'rinishlari keng tarqaladi. Milliy iqtisodiyotning «yopiqligi» odatda TIFning kriminallashuvi uchun ozuqa muhitini yaratadi.
Hukumatning TIFni tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar kom- pleksini joriy etishga majbur etuvchi omillar (ijobiy omillar) ichida quyidagilami ajratib kocrsatish mumkin;
• Iqtisodiyotning yangidan shakllanayotgan sohalari qudratli xori- jiy kompaniyalar raqobatidan himoyalash.
• Davlat kocmagisiz tuzilmasini qayta qurishning iloji boimagan jahon bozorida raqobatbardosh bo'lmagan «eski» sohalami qoilab- quvvatlash.
• Diskriminatsion savdo siyosati olib borayotgan mamlakatlar yoki kompaniyalarga javob tariqasida demping va xorijiy raqobatning boshqa nohalol usullari bilan kurashish.
• Jahon bozor konyunkturasidagi tebranishlaming milliy iqtiso- diyotga ta’sirini kamaytirish. Bu omil xomashyo va tabiiy resurslar eksport qiluvchi mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi.
• Byudjetning daromad qismini ko‘paytirish - o'tish davri iqti- sodiyotli va rivojlangan mamlakatiarda davlat budjeti ko‘pincha proteksionistik siyosatning tarkibiy unsurlari boigan bojxona bojlari va boshqa egri soliqlar hisobiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, proteksionizm tashqi savdo operatsiyalariga turli- tuman cheklashlami joriy etuvchi davlatga vaqtinchalik, taktik yutuq keltirsa-da, strategik, uzoq muddatli rejada istiqbolsiz siyosat hisobla- nadi. Bu siyosat XX asr tajribasidan maTumki, hayot darajasining va
aholi turmush farovonligining pasayishiga olib keladi. Shunday bo‘lsa- da, iqtisodiy erkinlashtirish kursini saqlagan holda proteksionizmning ayrim unsurlaridan oqilona foydalanish ma’lum vaqt oralig‘ida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.